42
o‘xshah fanlarning dalillariga suyanib, tilning kelib chiqishi masalasiga
yondashishi mumkin.
Turli
nutq tovushlarini biriktirib, so‘zlar hosil qilish va so‘zlar vositasida
gap tuzib, istak va maqsadni ifodalash kishilik jamiyatining boshlang‘ich
davrlarida yashagan odamlarni o‘ylantirib kelgan. Shuning uchun tilning paydo
bo‘lishi to‘g‘risida qadimgi kishilar turli rivoyatlarni to‘qiganlar. Bu
rivoyatlarning ba’zilarida til ma’budlar, ba’zilarida
Alloh tomonidan yaratilib,
kishilarga taqdim qilinganligi, ayrimlarida esa tilni ajoyib bir donishmand
yaratganligi talqin qilingan.
Yuqorida ta’kidlanganidek, antik zamonlardan
beri tilning kelib chiqishi
to‘g‘risida bir qancha nazariyalar yaratilgan. Antik faylasuflar tilning kelib
chiqishini bir-biriga qarama – qarshi bo‘lgan ikki xil nazariya bilan
tushuntirishga harakat qilganlar. Ba'zi faylasuflar til tabiiy yo‘l
bilan paydo
bo‘lgan, ya'ni so‘z va predmetlar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri tabiiy bog‘lanish
bo‘lganligi uchun kishilar predmet va narsalarni tabiiy holda bilib olishgan,
deb isbotlamoqchi bo‘lganlar. Ba'zi faylasuflar esa til kishilarning bir-biri bilan
o‘zaro kelishishi natijasida vujudga kelgan, deb hisoblaganlar.
Ana shu bir-
biriga qarama-qarshi ikki nazariyaning o‘zaro kurashi natijasida yana bir qancha
nazariyalar vujudga kelgan.
Dostları ilə paylaş: