45
narsalarning ham turli xususiyatlarini bila boradi. Bu esa narsalarni bir-biriga
solishtirib, ularning xususiyatlarini aniqlashni o‘rgatadi. Oqibatda tafakkurning
rivoj topishiga imkoniyat tug‘iladi.
Odamlar
mehnat
qilishni
bilganlaridan
keyin,
oziq-ovqat
topish
uchun
zarur
narsalar
haqida,
yani
mehnat
qurollari
tayyorlash,
undan
qanday
foydalanish,
qaysi
tarafga
borish,
oziq-ovqat
topish
harakatini
jamoa
bo‘lib
bajarish
va
boshqalar
to‘g‘risida
ozmi-ko‘pmi
fikr
yuritadigan
bo‘ladilar.
Ular
guruh-guruh
bo‘lib,
birgalikda
harakat
qila
boshlaydilar.
Bu
esa
insonlar
tili
va
tafakkurining
borgan
sari o‘sishiga, ularda mavhum tushunchalarning paydo bo‘lishiga asos
bo‘ladi.
Endigina mehnat qilish qobiliyatiga erisha boshlagan,
eng ibtidoiy
mehnat qurollarini yasashni o‘rgana boshlagan odamlardan bir necha bosqich
yuqori darajada yashayotgan qabila jamoasi holatidagi xalq tillarining so‘z
boyligi, grammatik tuzilishi hamda tafakkurining rivojlanish farqlari qiyoslab
bo‘lmaydigan darajada ekanligini, rivoj topganini faraz qilish mumkin. Shu
tariqa Afrika, Amerika qit’alarida qabila bo‘lib
yashayotgan xalqlarning
rivojlanish darajasi, so‘z boyligi, grammatik tuzilishi, tafakkur qilish qobiliyati
eng taraqqiy topgan ingliz, rus, nemis, arab kabi xalqlar tillarining so‘z boyligi,
grammatik tuzilishi va boshqa til hodisalaridan, tafakkur
etish darajasidan juda
katta farq qiladi. Yuqoridagi fikrlar til va tafakkurning rivojlanib borishi kishilik
jamiyati taraqqiyoti bilan uzviy bog‘langanining yorqin dalilidir.
Dostları ilə paylaş: