topshiriq. Quyidagi gaplarni kim aytganligini aniqlang, munosabat bildiring. 1.Yig'lama, yig'lama, deyman! Ho'kizing oqposhsho qo'l ostidan chiqib
ketmagan bo'lsa, topiladi.
- Endi bizga qiyin bo'ldi-da... Peshonam sho'r bo'lmasa, ...
- Yo'qolmasdan ilgari bormidi? Qanaqa ho'kiz edi?
- Ey, yosh bolamisiz? Nega yig'laysiz? Kap-katta odam...
- Ha, ho'kizni uylariga eltib berishsinmi? Axir, borilsin, arz qilinsin-da.
- Yo'q sigir emas, ho'kiz, ola ho'kiz edi.
Birovni eri uradi, birovning uyi xatga tushadi Ammo kampirning
dodiga odam tez to'plandi.
topshiriq. "O'g'ri" hikoyasidagi quyidagi obrazlaiga qisqacha tavsif bering.
Masalan:
Qobil bobo: Yoshi ulug', kampiri bilan zo'rg'a kun kechiradi. Ho'kizining yo'qolganiga juda qayg'uradi, uni topish niyatida mansabdorlarga pora berib, bor- budidan ayriladi.
Kampir:
Ellikboshi:
4 Amin: , Tilmoch:
Pristav:
Egamberdi:
Odamlar: topshiriq. "O'g'ri" hikoyasidagi berilgan poralarni aniqlang. Masalan:
Ellikboshi: mingboshiga 700 bog' beda, bir toy paxta bergan.
Azaimxonga:
Tilmochga:
Pristavga:
Aminga:
7. Egamberdiga:
topshiriq. Boshqotirma. Doiralar ichiga Abdulla Qahhor asarlari nomlarini yozing. O’quvchilar adib asarlarini dora ichiga joylashtirish barobarida, asrning qaysi janrga mansubligini ham aytib beradilar. Masalan, “O’g’ri” – hikoya, “Sarob”
roman …
Navbatdagi topshiriq — qisqa vaqt ichida har bir guruh o'z vazifasidan kelib chiqib, matn ustida ishlash.
Bunda o'quvchilarning asarni tahlil qilib, matndagi tagma'noni ilg'ashlari, badiiy haqiqatlarni ko'ra olish salohiyatlari alohida rag'batlantirildi. Matnni idrok etish uchun “Aqliy hujum” usulidan foydalanib, ushbu savollar beriladi:
Kampirning dodlashiga nega odamlar tez to'planishdi?
Nega chol dag'-dag' titraydi? Sovuqdanmi?
Amin hamisha ham o'zini shunday tutarmikin?
Nega bu hikoyaga yozuvchi "Otning o'limi - itning bayrami" maqolini epigraf qilib olgan?
Asosiy qahramonning Qobil bobo deb atalishida qanday ma'no bor?
Hikoya nima uchun "O'g'ri" deb nomlangan?
O'g'ri muallif nazarida kim?
Qobil boboning uyiga o'xshagan uylarni ko'rganmisiz?
Voqea qaysi faslda bo'lib o'tgan?
Hozirgi kunda bunday voqea sodir bo'lishi mumkinmi? Agar bo'lsa, nima chora ko'riladi?
O‘quvchilar diqqati hikoyada birgina tovushdan iborat "O!.." gapi tashiydigan serqirra ma’noga, u ifodalaydigan holatlar ekstratsiyasiga qaratilishi lozim. Bu
tovush-gap zamirida kampirning qanday kechinmalari borikin? Kitobxonlar kampirning ayni paytdagi holatini to‘liq his qilishsa, uning kechinmayu sezimlarini ilg‘ab olishsa, estetik maqsadga muvofiq bo‘ladi. So‘ng hikmatga o‘xshab ketadigan: "Dehqonninguyikuysakuysin,ho‘kiziyo‘qolmasin" jumlasiga kitobxonlar e’tibori tortilgani ma’qul.
Kambag‘al odamda yuksak orzular bo‘lmaydi. Chunki qashshoqlik atalmish bedavo dard insonni, avvalo, baland orzulardan mahrum etadi. Havas - imkoniyatdan tug‘iladigan ruhiy hosila. Shu bois dehqonning uyi betakror me’moriy obida yoki kuyib ketsa kishining joni achiydigan koshona emas, shunchaki "...birqopsomon,o‘n-o‘nbeshtaxoda, biraravaqamish" bilan tiklanadigan kulba. Binobarin, uning kuyib ketishi uy egasi uchun juda katta yo‘qotish emas va unchalar qiynalmay, yangisini tiklab olish mumkin. Kambag‘alda uyi kuyganda yonib ketadigan boylik ham yo‘qki, unga achinsa.
Tahlilchi syujet rivojidagi har bir nuqtada kampirning reaktsiyasi qanday bo‘lganiga diqqat qilishi kerak: ho‘kizning yo‘qolganini bilgan kampir eng avval nima qildi? Hamma ayollarning qurolini ishga soldi, ya’ni dodladi. Boshqacha bo‘lishi mumkinmidi? Uning o‘rnida Qobil bobo nima qilgan bo‘lardi? Bu haqda jiddiy o‘ylab ko‘rish har bir timsolning o‘ziga xosligini tushunish imkonini beradi.
Matn ustida ishlashdan avval o'qituvchi quyidagilarni ta'kidladi: "AbdullaQahhor: "Biron hodisaning yaxshi yoki yomon ekanligini bildirish bilan unganisbatan nafrat yoki muhabbat hissi tug'dirish orasida juda katta farq bor. Bilgankishi bilib qo'ya berishi mumkin, lekin his qilgan kishi his qilib qo'ya bermaydi",-der edi. Shunday ekan, bo'layotgan voqealarni his qilib, qahramonlaming o 'rnigao 'zingizniqo‘yib ko'rganholda fikrlang,tahlilqiling". Asar ustida ishlashda har bir guruh o'z zimmasiga olgan vazifalari yuzasidan quyidagilarni havola etadi: