7-sinfdaAbdullaQahhorning"O'g'ri"va“Dahshat”hikoyalarinio‘rganishuchun3soatvaqtajratilgan.O‘qituvchi darsning birinchi soatida har ikkala hikoya matnini o‘quvchilarga tanishtirishi, avval o‘zi keyin o‘quvchilarga o‘qitishi – hikoyalar syujetini o‘quvchilar obdon o‘zlashtirishlariga erishishi maqsadga muvofiqdir. Keyingi 2 soat (1 soatdan) hikoya tahliliga, matn ustida ishlashga bag‘ishlanadi.
"O‘g‘ri" hikoyasini tekstual tahlil qilish ko‘proq samara beradi. Negaki, hajman mo‘jaz bu hikoyada badiiy maqsadga xizmat qilmaydigan, personajlar tabiatini ochishga qaratilmagan bironta so‘z ham uchramaydi. Binobarin, asarda nomuhim, ikkinchi darajali badiiy unsurning o‘zi yo‘q. Shu bois, xuddi lirik asarlarni tahlil qilgandek, mazkur hikoyani ham tekstual usulda o‘rganish samarali bo‘ladi.
“O‘g‘ri” hikoyasi matni ustida ishlashni quyidagicha tashkil qilish mumkin. Darsning maqsadi Abdulla Qahhorning “O'g'ri” hikoyasi asosida o'quvchilarda o'zgalar baxtsizligi evaziga kun ko'ruvchi manfaatparast kimsalarga nafrat, zulmga isyon hissini shakllantirish, asardagi obrazlarni tahlil qilish, yozuvchining so'z qo'llash mahorati va istiqlol mohiyatini anglatishdan iborat.
Darsga Cho’lponning "Ko'ngil" she'ridan ushbu band shior qilib olindi:
...Na faryoding, na doding bor, Nechun sen buncha sustlashding? Haqorat dilni og'ritmas,
Tubanlik mangu ketmasmi?
...Tiriksen, o'lmagansen,
Sen-da odam, sen-da insonsen..."
O‘qituvchi darsni boshlashdan avval sinfdagi o'quvchilarni guruhlarga ajratadi.
Har bir guruh o'z vazifalariga ko'ra shior tanlaydi. Masalan, quyidagicha:
Insonparvarlarguruhi: "Odamlaming eng aziz va hurmatlilari qayg'u, hasrat- u tashvishli damlarda bilinur, go'yoki bu tashvishlar ular (hurmatli kishilar) uchun tug'ishgan opa-singildek yaqindir."(Zamaxshariy).
“Yosh aktyorlar” guruhi: "Adabiyot atomdan kuchli, lekin uning kuchini o 'tin yorishga sarf qilish kerak emas " (Abdulla Qahhor).