Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə7/25
tarix09.02.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#83569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
1sifat olomjon qaxxor va a oripovlarni ijodi

«Jo‘xori tuyayotgan xotini uning qo‘lidagi tugunchani ko‘rib, kelisopni kelining ustiga qo‘ya chopdi». Erning ehtiyotsizligi yetmaganday xotin ham ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘ydi: shoshilib kelisopni noto‘g‘ri qo‘ydi, kelining ustiga pasangisini keltirib qo‘ymadi.
Natijada «Keli lapanglab ag‘anadi, chala tuyulgan jo‘xori yerga to‘kildi». Nochor kun kechirayotgan oila uchun (epigrafda bunga ishora bor edi) ikkita ko‘ngilsiz hodisa: qalami yaktak yengining yirtilishi, jo‘xori (ozuqa)ning yerga to‘kilishi. Biroq har ikki qahramon ham har ikki ko‘ngilsizlikka e’tibor bermadi, Chunki, ularning ko‘nglida boshqa bir ko‘ngilli narsa bor edi – bu tuguncha. Yozuvchi uning ichida nima borligini aytmaydi, har kim tugunchadan o‘zicha ma’no kutadi (syujet tuguniyu yechimi ham mana shu tugunchada). Turobjon bir necha kundan beri yuzi yorishmagan xotinini quvontirmoqchi, xotini esa, hamma narsadan aziz bilgan mevasini tugunchada ko‘rmoqchi. Albatta, er «sovg‘a»ni xotiniga shundoqqina tutqazib qo‘ya qolmaydi. «Turobjon tugunchani orqasiga bekitib, tegishdi (juda o‘zbekona oilaga xos detal, ehtimol, yevropali kelinlar buni tushunmay, tugunni qo‘lidan shartta tortib olar, undan kutgani chiqsa, betidan cho‘lp etib o‘pib qo‘yar; agar kutgani chiqmasa, xudo ko‘rsatmasin, uning yuziga otishi mumkin edi): «Akajon, degin!» - yalintirmoqchi bo‘ldi er. «Akajon! Jo-on aka!..» - Turobjon kutganidan ortiqroq javob berdi xotin. Er kutganiga erishsa ham bo‘sh kelmadi: «Nima berasan!» Xotin bisotidagi borini o‘rtaga soldi:
«Umrimning yarmini beraman!..» Umrning qolgan yarmi o‘tib bo‘lgandi, shuning uchun ham dono xotin qolganini eriga bag‘ishlashini aytdi. Er rozi bo‘ldi shekilli: «Tugunchani berdi. Xotini shu yerning o‘zida, eshik oldida o‘tirib tugunchani ochdi-da, birdan bo‘shashib ketdi va ...» Erning shashti qaytishi va xotinning bo‘shashishi – parallel kechadi.
Aslida bunday parallellar asarning boshidayoq kuzatilgandi. Turobjonning eshikdan hovliqib kirishi – xotini tugunchani ko‘rishi; er yaktagining yengi zulfinga ilinishi – xotin kelisopni kelining ustiga qo‘yishi; erning yengi tirsakkacha yirtilishi

  • kelining ag‘anashi va jo‘xorining to‘kilishi. Biroq so‘nggi parallel holat har ikkisining ruhiyatini, hikoyadagi xarakterini, asarning yakunini belgilovchi asos bo‘ladi7.

Erning shashti qaytishi – xotinning «sekin boshini ko‘tarib eriga qarashi».
Endi holat, dialog va syujet rivoji parallellikka emas, ziddiyat (antiteza)ga aylanadi:
«O‘z qilmishiga gerdayib turgan Turobjon» - ko‘zi jiqqa yoshga to‘lgan xotin.
Turobjonning gerdayishicha bor. U hayotdagi eng tansiq narsani xotiniga olib keldi:
«Nima ekanini bildingmi? – Asalarining uyasi. Turgan- bitgani asal!» Kambag‘al xotin umrida asal yemagan, Turobjonning o‘zi ham atigi bir marta yegan:
«Shokirxo‘ja qandolatchi asal qiyom qildirayotganda qozoniga ammaning jo‘jasi tushib ketgandi, shu jo‘jani yalagan... Yo, qudratingdan, ishonmaydi-ya, - dedi Turobjon keltirgan matoini titkilab». Xotini esa, ishonmaganidan emas, balki tugunchadan kutgan narsasi chiqmaganidan ma’yuslandi. «Turobjon qizardi». Yozuvchi bu holni ham asoslaydi: «U bir zamon betob o‘rtog‘ini yo‘qlab eltgan tarvuzini, bemaza chiqqan bo‘lsa kerak, sigirning oxurida ko‘rib shunday xijolat bo‘lgandi».
Ikki qahramonning biri - ma’yus, biri xijolatda. Tashqarida esa «hovli yuzida aylanib yurgan oqsoq mushuk jo‘xorini iskab ko‘rdi». Bu kambag‘al oila uchun yana bir yo‘qotish, to‘kilgan jo‘xorini terib, tozalab, ishlatish mumkin, biroq mushuk tekkanini yeb bo‘ladimi?! Turobjon battar asabiylashdi: «do‘ppisini boshidan oldi





7Шарафиддинов О, Абдулла Каххор.- Ёш гвардия, 1988.- B.128

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin