Guruh a’zolaridan Qobil bobo va u kabi kishilarning bunday ayanch holati sabablari, inson qadri har narsadan ulug‘ ekani, bugungi nurafshon kunlarda inson manfaatlari yo‘lida qilinayotgan ezgu ishlar, ayniqsa, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor maqom tutganligi, bugun o‘g‘ri bo‘lgan emas, to‘g‘ri bo‘lgan odam saodatga erishishi haqida yorqin fikrlar bildirishlari so‘raladi.
Ekspert guruhi guruhlar bergan javoblarni o‘qituvchi hamkorligida sarhisob qiladi, guruhlar qo‘lga kiritgan rag‘bat kartochkalarini hisoblaydi, shu tariqa eng faol guruh aniqlanadi. O‘qituvchi darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilarni ma’naviy rag‘batlantiradi, ularni ilm olishga, kasb-hunar egallashga, xalq xizmatida bo‘lishga chorlaydi, bilimlar reyting asosida belgilanib rasmiylashtiriladi.
Hozirda pedagogik texnologiyalarning boshqa yo’nalishlari ham mavjud bo’lib, ulardan asosiylari empirik, kognitiv, evristik, kreativ, inversion, integrativ, adaptiv, inklyuziv pedagogik texnologiyalardan iborat. Bu yo’nalishlarning asosiy xususiyatlari quyidagicha:
Empirik-(tajriba) sezgi a’zolari orqali bilim olish. Bu texnologiyada asosiy e’tibor sezgi a’zolarining tabiiy rivojlanganlik imkonyatlariga tayangan holda bilim berish va ularni yanada takomillashtirib borishga qaratiladi.
Kognitiv-(bilishga oid) atrofdagi olam to’g’risidagi bilimlar doirasini kengaytirish texnologiyasi. U tabaqalash (tarkibiy qismlarga ajratib o’rganish) tafakkurini shakllantiradi, bilish ehtiyojlarini rivojlantiradi.
Evristik-(haqiqatni topish) yo’naltiriuvchi savollar berish yo’li bilan ta’lim berish tizimi. Topqirlik, faollikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi, o’quv-izlanish ta’lim metodi. Optimallashgan (ko’p variantlardan eng ma’qulini, mosini, muvofig’ini tanlash) tafakkurni rivojlantiradi.
Kreativ-(ijodiy) tadqiqot xarakteriga, xususiyatiga ega bo’lib, o’quvchilarda maqsadga yo’naltirilgan ijodiy tafakkurni jadal rivojlantiradi.