Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati. BMIda bayon etilgan ilmiy- nazariy xulosalardan oliy o‘quv yurtlarining talabalari, o‘rta maxsus ta’lim tizimi uchun maxsus kurslar va seminarlarda foydalanish mumkin. Shuningdek,, tadqiqot XX asr milliy adabiyot tarixi, yangi davr o‘zbek adabiyotini rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganishda muhim manba bo‘ lib xizmat qiladi.
Tadqiqotning tarkibiy tuzilishi.BMI kirish, uchbob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Ta’lim - tarbiya jarayonining barcha jihatlarini qamrab oluvchi Davlat ta’lim standartlari bugungi kunda yosh avlodning vatanga sadoqat, yuksak axloqqa, ma’naviyat va ma’rifat, mehnatga vijdonan munosabatda bo‘lish hamda komil farzand bo‘lib yetishish yo‘lida qunt bilan ta’lim olishlari uchun kafolat bo‘lib xizmat qilmoqda. Ta’lim – tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri ta’lim – tarbiya jarayonini yangi pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash, ta’lim tizimining ilg‘or tajribalarini o‘rganish va ularni dars jarayonida tadqiq etishdan iboratdir.
Abdulla Qahhor o’z asarlarida xalq dardini, davr fojialarini ochiq-oshkora ifoda etgan. Abdulla Qahhor asarlarini yanada kengroq o’rganish kerakligini qo’yish ham uning aynan xalq qalbining kuychisi bo’lganligidadir.
Abdulla Qahhor o‘zbek adabiyotining yetuk namoyandalaridandir. U o‘zining 40 yildan oshiqroq ijodiy faoliyatida barcha ijtimoiy sohalarni aks ettiradigan asarlar yaratdi, asarlari turli tillarga tarjima qilindi. Abdulla Qahhor ajoyib asarlari bilan o‘zbek adabiyotini yuksaltirish va jahonga tanitish borasida alohida xizmat ko‘rsatgan nodir iste’dod sohibidir. Adabiyotimizning hech bir sohasi yo‘qki, ko‘p qirrali talant egasi bo‘lgan Abdulla Qahhorning xizmati singmagan va u o‘z talantini namoyish qilmagan bo‘lsin. Abdulla Qahhor hikoya va ocherk janrida ham, qissa va romanchilikda ham, komediya va drama yaratishda ham hammani qoyil qoldirdi, bu janrlarda, xususan, hikoyachilikda, original va yetuk badiiy asarlar yaratdi.
Abdulla Qahhor so‘zga xasis, fikrga saxiy san’atkor. Adib ijodining fazilatlari ko‘p. U ko‘pchilikni qiziqtiradigan masalalar haqida yozadi, adabiyotda “qo‘riq”larni ochadi, yangi gap aytadi, yangi timsollar yaratadi. Abdulla Qahhorning badiiy ijodidagi novatorligi ham, avvalo, ana shundadir.
Yozuvchining asarlari yuksak badiiyligi, g‘oyaning aniqligi, ijtimoiyligi, xalqchilligi bilan xarakterlanadi. Abdulla Qahhor ijodining bunday fazilatlari adabiy tanqidchilik va adabiyotshunosligimizda o‘z vaqtida atroflicha ochib berilgan hamda Abdulla Qahhor ijodiga haqli ravishda yuqori baho berilgan.
Abdulla Qahhor o‘zbek realistik hikoyachiligining asoschilaridan biri bo‘lib, adabiyotimizda bu janrning shakllanishi va o‘sishi uning nomi bilan chambarchas bog‘liqdir. Abdulla Qahhor G‘.G‘ulom, A.Qodiriy, Oydin, Oybek kabi yozuvchilar bilan hamkorlikda ijod etib, hikoya janrining ko‘pgina namunalarini yaratdi. Uning “Bemor”, “Anor”, “Millatchilar”, “Tomoshabog‘”, “O‘g‘ri”, “Maston”, “Qanotsiz chittak”, “Sat’atkor”, “Jonfig‘on”, “Yillar”, “Adabiyot muallimi” kabi hikoyalari o‘zbek adabiyotida hikoya janrining sezilarli darajada taraqqiy etishiga ta’sir ko‘rsatgan asarlar sirasiga kiradi.
Abdulla Qahhor hikoyalarini mazmuni va janr xususiyatlariga ko‘ra ikki guruhga ajratib tahlil etish mumkin. Bularning bir guruhini o‘tmish haqidagi hikoyalar tashkil qilsa, ikkinchi guruh hikoyalarning bosh qahramonlari zamondoshlarimizdir5.
Yaqin o‘tmishdagi o‘zbek voqeligi «Anor», «O‘g‘ri», «Bemor»,
«Tomoshabog‘», «Millatchilar» kabi hikoyalarda aks etgan. Keyinchalik esa, adib o‘tmish mavzuida yana «Dahshat» hikoyasini yaratdi. Shuningdek,, «O‘tmishdan ertaklar» qissa deb atalgan bo‘lsa-da, mohiyati bilan ayrim-ayrim hikoyalardan tashkil topgan. Shuning u ularni ham adibning o‘tmish haqidagi asarlari deb bilish mumkin.
Abdulla Qahhor qissa va roman janrlarini taraqqiy etishiga ham salmoqli hissa qo‘shdi. U “Sarob”, “Oltin yulduz”, “Qo‘shchinor chiroqlari”, “Sinchalak”, “O‘tmishdan ertaklar”, “Muhabbat” singari ajoyib roman va qissalar yozib, katta janrda ham mohir san’atkor ekanini isbotladi. Yozuvchi ajoyib o‘xshatishlar, go‘zal sifatlashlar, original mubolag‘alar va metoforalar, hikmatli so‘z va iboralar yaratish orqali o‘z fikrini g‘oyat siqiq va obrazli qilib ifodalaydi. Abdulla Qahhorni o‘ziga va o‘zga mualliflarga nihoyatda talabchan yozuvchi bo‘lganligini e’tirof etadilar. U qo‘zlyozma ustida ishlashdan hech bir erinmagan, o‘z asarlarini qayta-qayta ishlab pishitgan, ularga sayqal va jilo bergan. Asarlari kitob bo‘lib chiqqandan yoki pesa sahnaga qo‘yilgandan so‘ng ham qo‘lyozma ustida ishlashni davom yettiravergan.
5 Normatov U. Ustoz ibrati. - T.: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007. – B.18
Abdulla Qahhor adabiyotimizning kelajagi uchun jon kuydiruvchi, yosh yozuvchilarni tarbiyalab voyaga etkazishni doimo muhim ish deb bilgan, bu sohada ko‘p yozuvchilarga namuna ko‘rsatgan, adabiyotimizda o‘ziga xos maktab yaratgan va ko‘plab shogirdlar etishtirgan ustoz san’tkor sifatida qadrlidir.
Adabiy ta’limda Abdulla Qahhor ijodi va u yaratgan hikoya, qissa va romanlarni o‘rganishga doimo jiddiy e’tibor qaratilgan. Umumta’lim maktab dasturlariga yillar davomida uning “O‘g‘ri”, “Bemor”, “Adabiyot muallimi”, “Kampirlar sim qoqdi”, “Asror bobo”, “Sinchalak”, “Anor”, “Sarob”, “Qo‘shchinor chiroqlari” kabi asarlari kiritilgan, chuqur o‘rganilgan. Amaldagi umumta’lim maktablari adabiyot dasturida adibning “O‘g‘ri”, “Dahshat”, “Bemor”; akademik litsey o‘quchilari uchun mo‘ljallangan adabiyot dasturida “Sarob” romanini o‘rganish ko‘zda tutilgan.
Ta’lim bosqichlarida Abdulla Qahhor ijodini o‘rganish yuzasidan yetarli tajribalar to‘plangan, ommalashtirilgan. Lekin sobiq sho‘rolar davrida adib asarlarini o‘rganish, tahlil qilish komfirqa mafkurasi doirasida, uning talablari asosida o‘rganilgani bugun hech kimga sir emas. Istiqlol sharofati bilan adabiyotga adabiy ta’limga e’tibor keskin o‘zgardi, ijobiy yuksalishlar davri boshlandi. Adib asarlarini o‘rganishga yangilangan badiiy tafakkur asosida yondashish; uning asarlarini o‘rganish orqali o‘quvchilarda ma’naviy va mafkuraviy immunitetlarni hosil qilish; adib mahorati, iste’dodini tadqiq qilish vositasida o‘quvchilarning fikrlash quvvatini oshirish, ona tilimiz qadrini ulug‘lash, tildan foydalanish madaniyatini yanada rivojlantirish; o‘quvchilarning adabiy tur va janrlar haqidagi ilmiy–nazariy bilimlarini adib asarlari misolida yanada yorqinroq aks ettirish; adib asarlarini zamonaviy axborot vositalari va yangilangan pedagogik texnologiyalar asosida o‘rgatish ko‘lamini kengaytirib, adabiy ta’lim maqsad va vazifalarining ro‘yobini ta’minlash kabi ezgu maqsadlar mavzumizning, ilmiy ishimizning dolzarbligini ham belgilab beradi.
Adabiy ta’limda yozuvchi ijodini o‘rganish, tadqiq qilish hamisha dolzarb masalardan biri sanalgan. Ijodkorning o‘ziga xos uslubini, timsol yaratish mahorati, so‘zga bo‘lgan e’tiborini kuzatish, tahlil etish orqali badiiy asarni idrok qilish, uning
g‘oya va mazmunini to‘la tushunish, ayni paytda, satrlarga singdirilgan ma’no sirlaridan voqif bo‘lish imkoniyati yanada kengayadi. S.Ismatovning “Maktabda Abdulla Qahhorning hayoti va ijodini o‘rganish”1 adabiyot o‘qituvchilari uchun qo‘llanmasi ham adib ijodiy uslubini tahlil etishga yo‘naltirilgan. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’lim vazirligining ilmiy-metodik jurnali “Til va adabiyot ta’limi” jurnalida adib ijodini o‘rganish yuzasidan qator yillar davomida turkum maqolalar berilgan: S.Matjonov, X.Saidmurodovlarning “Ulug‘ adib ijodini o‘rganishda oshkora muloqot”2, M.Nurmatovaning “Uch avlod Abdullasi” sinfdan tashqari mashg‘ulot ssenariysi3, X.Hamraqulovaning “Sarob” romanida shaxs fojiasi va uning tanqidchilikda o‘rganilishi”4, M.Mirzarahimovaning “7-sinfda Abdulla Qahhorning “O‘g‘ri” hikoyasini o‘rganish”, G.Nurmatovaning “6-sinfda Abdulla Qahhorning “Bemor” hikoyasini o‘rganish”5, SH.Mahkamovaning “Abdulla Qahhor ijodini o‘rganish tajribasidan”6, R.Umrzaqovning “Bemor” hikoyasining struktural tahlili”7, S.Abdurahmonovaning “Abdulla Qahhorning “O‘g‘ri” hikoyasini o‘rganish usullari”8 kabi metodik maqolalarda adib ijodini o‘rganishning samarador metod va usullari qayd etilgan. Shunday bo‘lsa-da, adib ijodini yangilangan pedagogik tafakkur asosida o‘rganish ishlari hali o‘z yakunini topgan emas.
Abdulla Qahhor ijodining boshlanishidayoq hajvga moyil ekanini namoyish qilgandi. Keyinchalik «Qishloq hukm ostida», «Sarob» kabi asarlarida ham hajviy lavhalarga, hajviy tasvirga anchagina o‘rin bergan. Lekin shunday bo‘lsa-da, uning
1 Исматов С. Мактабда Абдулла Қаҳҳорнинг ҳаёти ва ижодини ўрганиш. – Т: Ўқитувчи. 1978.
2 Матжонов С., Саидмуродов Х. Улуғ адиб ижодини ўрганишда ошкора мулоқот. // “Тил ва адабиёт таълими” илмий-метод. журнали, 1910, № 10, 16-17-бетлар.
3 Нурматова М. “Уч авлод Абдулласи” // “Тил ва адабиёт таълими” илмий-метод. журнали, 1993, № 2, 23- 25-бетлар.
4 Ҳамрақулова Х. “Сароб” романида шахс фожиаси ва унинг танқидчиликда ўрганилиши. // “Тил ва адабиёт таълими” илмий-метод. журнали, 2002, № 4, 53-58-бетлар.
5 Нурматова Г. 6-синфда Абдулла Қаҳҳорнинг “Бемор” ҳикоясини ўрганиш. // “Тил ва адабиёт таълими” илмий-метод. журнали, 2010, № 3, 15-20-бетлар.
6 МАҳкамова Ш. Абдулла Қаҳҳор ижодини ўрганиш тажрибасидан. // “Тил ва адабиёт таълими” илмий- метод. журнали, 2011, № 4, 11-14-бетлар.
7 Умрзақов Р. “Бемор” ҳикоясининг структурал таҳлили. // “Тил ва адабиёт таълими” илмий-метод. журнали, 2012, № 2. 17-21-бетлар.
8 Абдураҳмонова С. Абдулла Қаҳҳорнинг “Ўғри” ҳикоясини ўрганиш усуллари. // “Тил ва адабиёт таълими” илмий-метод. журнали, 2012, № 6, 13-18-бетлар.
hajviyot bobidagi iste’dodi butun bo‘y-basti bilan XX asrning 30-yillardagi hikoyalarida namoyon bo‘ldi. Bular «Mayiz yemagan xotin», «Jonfig‘on»,
«Munofiq», «Adabiyot muallimi», «San’atkor», «O‘jar», «Qizlar» kabi hikoyalardir. Bir vaqtlar adabiyotshunoslar adibning bu hikoyalarini keskin tanqid ostiga oldilar va unga turli-tuman siyosiy ayblar qo‘ydilar. Ularning tasdig‘icha, Abdulla Qahhor bu hikoyalarida sho‘ro kishilarining nuqsonlarini, sotsialistik tuzumning kamchiliklarini tanqid qilgan, binobarin, u sotsialistik realizm metodidan chekingan, sho‘ro voqeligini buzib ko‘rsatgan. Bunday tanqid hech qanday real zaminga ega emas edi9.
Abdulla Qahhor hikoyalarida hayotdagi va inson tabiatidagi turli-tuman nuqsonlarni tanqid etgan. Odamzod mavjud ekan, bahillik, johillik, ochko‘zlik, maqtanchoqlik, hudbinlik va boshqa qusurlar, albatta, yashaydi. Bu qusurlar kimdadir kamroq bo‘lishi mumkin, lekin bu illatlar insonning qadr-qimmatini pastga uradi, chinakamiga barkamol bo‘lishiga halaqit beradi. Jahon adabiyoti namunalarida bunday masalalar doimo dolzarb bo‘lgan.
Abdulla Qahhor hikoyalarida hayotdagi va inson tabiatidagi turli-tuman nuqsonlarni tanqid etgan. Odamzod mavjud ekan, bahillik, johillik, ochko‘zlik, maqtanchoqlik, hudbinlik va boshqa qusurlar, albatta, yashaydi. Bu qusurlar kimdadir kamroq bo‘lishi mumkin, lekin bu illatlar insonning qadr-qimmatini pastga uradi, chinakamiga barkamol bo‘lishiga halaqit beradi. Jahon adabiyoti namunalarida bunday masalalar doimo dolzarb bo‘lgan.
Abdulla Qahhor o‘zbek adabiyotida o‘z uslubiga, o‘z ovoziga ega bo‘lgan, adabiyotimiz taraqqiysiga sezilarli ijobiy hisa qo‘shgan zabardast adiblarimizdan biridir. Uning yorqin ijodi katta mahorat maktabi sifatida hamisha ijodkorlarning diqqat markazida bo‘lgan. Uning asarlariga qayta-qayta murojaat qilmagan, uning uslubiy mahoratidan bahra olmagan, uni o‘ziga ustoz deb sanamagan ijodkorlarni topish yaqin-yaqingacha aslo mumkin emas edi; adabiy ta’lim jarayoni Abdulla Qahhor asarlari bilan mazmunga boy, ma’rifatga to‘la bo‘lgan.
9 Karimov N.XX asr adabiyoti manzaralari. – T.: O’zbekiston, 2008. – B.334
Adabiyotimizning yirik vakili, o‘zbek professional prozasining oyoqqa turishida tinimsiz mehnat qilgan yozuvchi Abdulla Qahhor ijodi necha o‘n yillardan buyon xalqimizning ongu shuurini band etib kelmoqda. Adibning badiiy mukammal hikoyalari, qaytarilmas xarakterlar talqini joy olgan qissa, roman va pesalari, aforizm darajasidagi tesha tegmagan fikrlari hali uzoq yillar ko‘p avlodlar uchun mulohaza ob’ekti bo‘lib qolishi shubhasizdir1.
“... ustoz har bir uchrashuvga yangi, tesha tegmagan gap bilan kelar edilar, bir soatmi, ikki soatmi butun auditoriya u kishining og‘izlariga qarab o‘tirardi. Bu – noyob talant namunasi edi, bu uncha-muncha notiqning qo‘lidan keladigan ish emas edi. ... ustoz, umuman, jamiyatga, xalqqa, insoniyatga xiyonat bo‘ladigan hamma narsaga murosasiz edilar. Ustozning murosasiz bo‘lishlari bitta narsa bilan izohlanadi xolos: xalqpavarlik. Xalqparvarlik ustozning shiori edi...”2.
Abdulla Qahhor ajoyib asarlari bilan o‘zbek adabiyotini yuksaltirish va jahonga tanitish borasida alohida xizmat ko‘rsatgan nodir iste’dod sohibidir. Adabiyotimizning hech bir sohasi yo‘qki, ko‘p qirrali talant egasi bo‘lgan abdulla Qahhorning xizmati singmagan va u o‘z talantini namoyish qilmagan bo‘lsin. Abdulla Qahhor hikoya va ocherk janrida ham, qissa va romanchilikda ham, komediya va drama yaratishda ham hammani hayron qoldirdi, bu janrlarda (xususan, hikoyachilikda) original va etuk badiiy asarlar yaratdi.
Abdulla Qahhorning asarlari yuksak badiiyligi, g‘oyaning aniqligi, chuqur ijtimoiyligi va xalqchilligi bilan xarakterlanadi. Abdulla Qahhor ijodining bunday fazilatlari adabiy tanqidchilik va adabiyotshunosligimizda o‘z vaqtida atroflicha ochib berilgan hamda Abdulla Qahhor ijodiga haqli ravishda yuqori baho berilgan. Turkman adabiyotining oqsoqoli Berdi Kerboboev “Abdulla Qahhor faqat o‘zbek yozuvchisigina bo‘lib qolmay, u ummumittifoq yozuvchisidir. Shu bilan birga, Abdulla Qahhor zamonamizning sevikli yozuvchilaridan biridir”, degan edi.
K. Simonov, A.Surkov, N.Tixonov, Vera Smirnova, Irina Borolina kabi rus yozuvchi va adabiyotshunoslari, Ivan Le singari ukrain, Garegin Sevuns kabi arman
1 Раҳмон Қўчқор. Мен билан мунозара қилсангиз... –Т.: “Маънавият”, 1998, 4-бет.
2 Асрор Самад. Абдулла Қаҳҳор ҳикматлари. – Т.: “Ўзбекистон” 1990, 4-5-бетлар.
adabiyoti oqsoqollari uchun ham Abdulla Qahhor ijodiga ana shunday yuqori, adolatli baho berganlar.
Abdulla Qahhor hayotni va inson psixologiyasini chuqur o‘rganish tamoyillarini N.V. Gogol, A.P. Chexov, A. Qodiriy singari ustoz adiblarning mahoratini jiddiy o‘zlashtirish orqali asardan asarga o‘sa bordi, hikoya yozish “siri”ni “ faktlar rudasidan haqiqat nuqrasini topish” san’atini egalladi.
Abdulla Qahhor hikoyalarida aytilmoqchi bo‘lgan fikr, g‘oya, maqsad nasihat qilish yo‘li bilan emas, aksincha, timsollarning faoliyatidan, asarning umumiy ruhiyatidan keltirilib chiqariladi1.
Ozod Sharafiddinovning “Abdulla Qahhor”2 – adib hayoti va ijodiy faoliyati haqida lavhalar kitobi ijodkor hayoti va ijodini o‘rganishda alohida ahamiyat kasb etadi. Muallif o‘z asari debochasida shunday yozadi: “O‘zbek adabiyoti asoschilaridan biri – Abdulla Qahhor bosib o‘tgan sharafli va mashaqqatli yo‘l har bir qalamkash, har bir oddiy kitobxon uchun ibrat maktabidir. Ulkan iste’dod egasi so‘nggi nafasigacha adabiyot dargohini muqaddas bildi, so‘zning sofligi, jangovorligi va hayotiyligi uchun qat’iy kurashdi. Mana shu tufayli adib yaratgan g‘oyaviy – badiiy yuksak romanlar, qissalar, hikoyalar, pesalar adabiyotimiz xazinasidan munosib o‘rin egalladi”.
O‘zbekiston Qahramoni munaqqid Ozod Sharafiddinov Abdulla Qahhorning yaqin shogirdlaridan biridir. Uning mazkur kitobi, avvalo, shogirdning ustozga bo‘lgan cheksiz muhabbatining ifodasi, qolaversa, kitobxonlarni adib haqida yanada boy ma’lumotlar bilan ta’minlash, o‘sib kelayotgan yosh avlodnining badiiy tafakkurini o‘stirish, ijod ostonasiga qadam qo‘yayotgan yosh ijodkorlarga ijodiy ibrat va ilhom berish kabi maqsadlarni ham ko‘za tutgandir. Kitobda: Bolalik so‘qmoqlari, Ilk izlanishlar, ikkinchi cho‘qqi, kichik janrning katta olami, Qalam yolqini, Adib saboqlari, Ulg‘ayish yo‘lida, “Sinchalak”, So‘nggi sahifalar, Adib hayoti solnomasi, Ilova, Abdulla Qahhor: Ozgina o‘zim haqimda fasllari mavjud
1 Мирзаев С. Халқ севган адиб – Т.: “Ўзбекистон”. 3-5-бетлар.
2 Шарафиддинов О. Абдулла Қаҳҳор. – Т: “Ёш гвардия”, 1988. 2-бет.
bo‘lib, har bir fasl adabning ma’lum ijod qirrasini kashf etishga yo‘naltirilgani bilan yanada xarakterlidir.