Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə21/25
tarix09.02.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#83569
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
1sifat olomjon qaxxor va a oripovlarni ijodi

Yangi mavzu bayoni.


Yangi mavzuni yoritishda ,,Mozayika “ usulidan foydalaniladi. Bunda o‘qituvchi yangi mavzuni uch qismga bo‘lib, oldindan o‘quvchilarga vazifa qilib beradi. Guruhlar Abdulla Qahhorning hayoti va ijodi yuzasidan ma’lumot berishadi.
O‘qituvchi; O‘zbek milliy nasrining zabardast vakillaridan biri yozuvchi Abdulla Qahhor 1907- yilning 17- sentabrida Qo‘qon shahridan uncha uzoq bo‘lmagan Asht qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning otasi usta Abduqahhor temirchilik bilan shug‘ullanardi. Yozuvchi hayoti juda og‘ir kechdi.
Abdulla Qahhor yetti yoshga to‘lganda 1-jahon urushi boshlanib, uning hayotini yanada og‘irlashtirdi. Usta Abdulla Qahhor tirikchilik uchun pul topish ilinjida Qo‘qon atrofidagi qishloqlarga ustaxonasini ko‘chirib borar, oila ham uning ortidan sarson – sargardon sudralib yurardi. Bularning bari Abdullajonning bo‘lg‘usi yozuvchining ruhiyatiga, dunyoqarashi va xarakteridaga ta’sir qilmasligi mumkin emas edi, albatta.

“Bilimdonlar” guruhi


Abdullajonning savodi o‘sha qishloqlardagi eski maktablarda chiqqan bo‘lsa-da, ota- onasi Qo‘qonga ko‘chib kelib, muqim o‘rnashgandan keyingina u chinakkam maktab ta’limni oladi. Avvaliga shahardagi sobiq xotin- qizlar gimnaziyasi o‘rnida tashkil etilgan internatda, keyin esa o‘qituvchilar tayyorlanadigan texnikumda o‘qiydi. U yillari savodli, qo‘lida qalami bor yoshlarga talab nihoyatda katta edi. Shu tufayli ham Abdulla Qahhor Turkiston o‘lkasining markazi Toskentga keladi va ,,Qizil O‘zbekiston” gazetasida adabiy xodim bo‘lib ishga joylashadi. 1926-1930-yillar oralig‘ida O‘rta Osiyo davlat universitetida o‘qiydi. O‘qib yurgan ketma- ket chop etiladi. Yozuvchi bu asarlari ostiga Norin shilpiq , Sarimsoq singari taxalluslar qo‘yardi.
Yozuvchining dastlabki qissasi ,,Qishloq hukm ostida’’ 1932-yilda chop etilgan.

“Zukkolar” guruhi:


Abdulla Qahhor 1934-yilda ,,Sarob” deb atalgan yirik romanini yozib tugatdi. 1935-1939-yillar oralig‘ida adibning uchta ,,Hikoyalar” to‘plami, 1937-yilning oxirida esa ,,Sarob” romanini o‘quvchilarga kitob shaklida taqdim etdi.
1939-1945-yillarda bo‘lib o‘tgan Ikkinchi jahon urushi Abdulla Qahhorning ijodida ham o‘z izini qoldirmay qo‘ymadi. O‘sha yillari adib fashist gazandalarini la’natlagan qator felyetonlar, urushda mardlik namunalarini ko‘rsatayotgan o‘zbek jangchilarini madh etgan maqolalar, urush ortida zahmatli mehnat qilayotgan qariyalar va ayollar to‘g‘risidagi o‘nlab hikoyalarini bitdi.
Urushdan keyin 1949-yilda Abdulla Qahhor qishloq xo‘jaligini jamoalashtirish mavzusi yoritilgan ,,Qo‘shchinor” nomli romanini yozib e`lon qildi. Biroq noo‘rin tanqidiy gaplar tufayli bu asar liddiy qayta ishlanadi va ,,Qo‘shchinor chiroqlari” nomi bilan qayta chop ettiladi.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin