Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/66
tarix20.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#157879
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   66
h.dadaboev o‘zbek terminologiyasi

dardchil, izchil, xalqchil, epchil
va h.k. 
– simon
affiksli so‘z yasovchi model 
Mazkur model hozirgi o‘zbek tili zoologiya hamda 
biologiya terminlari tizimida o‘xshashlik, bir xillik ma’nosini 
ifodalovchi nisbatan salmoqli miqdordagi leksemalarni hosil 
qilishda o‘z ifodasini topgan
. –simon 
affiksli sifat-terminlar ma’no 
jihatidan rus tilidagi ikkinchi komponenti «...podobniy», 
«…obrazniy», «vidniy» elementlaridan tashkil topgan qo‘shma 
sifatlarga muvofiq kelib, boshqa terminologik tizmlarda ham faol 
ishlatilishi bilan ajralib turadi
: ivasasimon (
kit), 
tumshuqsimon, 
zanjirsimon
(biol.), 
odamsimon, qisqichbaqasimon, kitsimon, 
krotsimon
(ko‘rsichqonlar), 
o‘rgimchaksimon, maymunsimon, 
tatinsimon
(masalan, burunduqlar, olasichqonlar), 
mushuksimon, 
itsimon, bug‘usimon
. Ba’zan tibbiyot, kimyo va anatomiyaga doir 
tushunchalarni ifodalashda qatnashadi:
bargsimon 
(tib. barg), 
gazsimon, qalqonsimon
( anat. bez), 
ipsimon, kipriksimon
va h.k. 
– aro
so‘z - affiksli so‘z yasovchi model 
Asl turkiy –aro (“promejutok”) so‘z - affiksli ushbu 
sermahsul model ilmiy va texnikaviy sohaga xos terminlarni 
yasashda faol ishtirok etadi: : 
xalqaro, qit’alararo, planetalararo, 
fanlararo, 
korxonalararo, 
millatlararo, 
xo‘jaliklararo, 
hujayralararo
(biol. hujayra ), 
qobirg‘alararo
(tib. qobirg‘a), 
turlararo (biol.tur ), 
zonalararo, banklararo
(iqt.) va h.k. 
be-
prefiksli so‘z yasovchi model 
Kelib chiqishi jihatidan fors - tojik tiliga xos
be-
prefiksli 
ushbu kammahsul model asosdan anglashilgan sifat, fazilatning 
mavjud emasligi, yo‘qligini ifodalaydi: 
betaraf, bevosita
(harb. 
vosita ), 
begunoh, bexatar, bevatan
va h.k. 
no-
prefiksli so‘z yasovchi model 
Fors-tojik tilidan ancha barvaqt o‘zbek adabiy tiliga kirib 
kelgan 
no-
old qo‘shimchali mazkur kammahsul model ishtirokida 
inkor ma’nosini bildiruvchi sifat-terminlar yasaladi: 
nomahfiy, 
noqonuniy, noma’lum
(harb. ma’lum), 
nodavlat, notijorat, noaniq
(lingv. aniq 
), nochiziqli, norasmiy, nostandart, nokontakt, 
nobiologik, nokristallilik
va h.k. 
ser-
prefiksli so‘z yasovchi model 


73
Forscha – tojikcha ser – prefiksli bu mahsuldor model ot 
so‘z turkumli so‘zlardan asosda voqelangan mo‘l-ko‘llik ma’nosini 
ifodalovchi sifat-terminlarni yuzaga chiqaradi
: sersuv, sergo‘sht, 
seryomg‘ir, serildiz, serkepak, sersut, sertola, serchiqit, serunum 
va h.k. 
Ser –
prefiksli modelning nafaqat sof o‘zbekcha (turkcha) 
shuningdek, forscha-tojikcha, arabcha va ruscha-baynalmilal 
leksik birliklardan ham sifat-terminlar yasashini alohida ta’kidlash 
kerak bo‘ladi- 
serdaromad, sermahsul
va h.k. 
kam
- prefiksoidli so‘z yasovchi model 
Kam-
o‘zbek tili grammatikasiga tegishli ba’zi bir 
asarlarda qo‘shma sifatlarning birinchi komponenti tarzida 
baholansa, boshqa birlarida esa prefiksoid sifatida belgilanadi. 
Ilmiy terminologiyada ancha mahsuldor hamda faol 
hisoblanuvchi 
kam-
prefiksoidi qatnashgan model boshlang‘ich 
asosdan anglashilgan miqdorning ozligi ma’nosini ifodalovchi 
sifat-terminlarni yasaydi: 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin