Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/66
tarix20.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#157879
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   66
h.dadaboev o‘zbek terminologiyasi

–(u)v //-(o)v 
affiksi kammahsul deb e’tirof 
etilsa (Kononov 1960; 117; Begmatov 1985; 140), boshqa birida 
mahsuldor 
tarzida 
baholangan(Karimov 
1985; 
22). 
Bizning 
kuzatishlarimiz tahlil etilayotgan so‘z yasovchi affiksning harbiy, 
ijtimoiy-siyosiy, yuridik va h.k. terminologik tizimlarda haqiqatdan ham 
sermahsulligini tasdiqladi. 
-(u) v//-(o) v affiksi
(-i fonemali asoslar ushbu affiks bilan 
birkkanda –i ning –u fonemasiga o‘tishi kuzatiladi):
a) jarayon, voqea, hodisani ifodalaydi
– siquv, tintuv; qurshov
(-a 
fonemali fe’l asoslari bu qo‘shimcha bilan munosabatga kirishganda 
undagi –a fonemasining –o fonemasiga o‘tishi voqelanadi), 
kechuv, 
qidiruv, ishlov, surishtiruv, cheklov, almashuv, singuv, o‘rnashuv, 
yemiruv, kemiruv
va h.k.; 
b) ish-harakatning nomi yoxud natijasini anglatadi
: to‘qnashuv, 
tergov, to‘lov, o‘lchov
va h.k. 
Demak, 
-(u)v//-(o)v
affiksli modelning hozirgi o‘zbek adabiy 
tilida ot-terminlar hosil qilishdagi vazifasi ancha faollashgan. 
Ta’kidlangan jihatni mazkur affiks ko‘magida yuzaga chiqqan turfa 
xarakterdagi terminlar ham tasdiqlaydi:
tortishuv
(fiz.; tib.) 
saylov, 
to‘lov, kelishuv, bitishuv
(til.), 
so‘rov, aralashuv, kuzatuv
(harb.) va h.k. 
- (i)m//-(a)m/-/(u)m
affiksli so‘z yasovchi model 
Bu model nisbatan kammahsul hisoblanib, quyidagi ma’nolarni 
ifodalovchi terminlarni hosil qiladi: 
a) natija, voqea-hodisa, jarayon yoki ish-harakat nomini anglatadi

bosim, chiqim, kirim, bitim, ajrim
(ajra-moq), 
bo‘lim, qatlam, yuqum, 
cig‘im, otim, oqim, tizim 
va h.k.;
b) kam hollarda narsa,buyum otini bildiradi (Kononov 1960;140; 
Begmatov 1977;117) -
to‘plam, to‘qim, so‘qim
( so‘q-moq “urmoq”)), 
sig‘im, qoplam
va h.k. 
 –g‘i/ - gi/ –g‘u//-qi/- ki
affiksli so‘z yasovchi model 
Mazkur 
–g‘i/-gi-/g‘u//-qi/- ki 
affiksi nisbatan keyingi davrlarda 
shakllangan 
–(u)v
varianti qatori muayyan ma’noga ega ot-terminlar 
yasaydi ( Kononov 1960;121; Shoabdurahmonov 1980): 
a) ish-harakat vositasini ifodalaydi
: tepki 1
(1. harb.; 2.maxs.), 
tepki II (tib.), 
chopqi, chalg‘i , chalg‘u
(mus
.), burg‘i, burg‘u
va h.k.; 
b) onda-sonda ish -harakatni ataydi: 
urg‘u
;
v) natija, ish - harakat predmetini bildiradi: 
achitqi, yoqilg‘i, 
yonilg‘i, ko‘chki, kuydirgi
(tib.), 
sachratqi 
1 (bot.); 
sachratqi 
II (tib.) va 


67
h.k.
– (a)q, -//-(i)q, - (i)
k affiksli so‘z yasovchi model 
Tarixan -
g‘oq//-qoq
affiksal shaklga borib taqaluvchi 
-(a)q//-(i)q
affiksi (Kononov 1960;121; Shoabdurahmonov 1980; 183) nisbatan 
mahsuldor bo‘lib, bir qancha ma’noni ifodalovchi ot-terminlarni hosil 
qilishda qatnashadi: 
a) ish-harakat nomini yoki uning amalga oshganligini bildiradi : 
o‘toq, guldurak, buyruq
(buyur-moq), 
chaqiriq, ko‘rik, so‘roq, tarqoq
(harb.) va h.k.;
b) ish-harakat natijasi yoxud jarayonini anglatadi: 
to‘siq, yoriq, 
qavariq, chirik, soliq, yoyiq
(harb. saf) va h.k.; 
v) obyekt, o‘rin, joy nomini ifodalaydi: 
yo‘lak, kechik
,
toshloq 
(toshla-moq), 
qamoq 
(qama-moq) va h.k.;
g) ish-harakat vositasini ataydi: 
o‘roq, pichoq, tuzoq, taroq;
d) o‘xtin-o‘xtin ish-harakat egasi (subyekti)ni
anglatadi: 
qochoq
va h.k. 
-qon//-gan/-kan
affiksli so‘z yasovchi model 
Mazkur kammahsul model yordamida ish-harakatning vositasi
narsa-predmeti ma’nosini ifodalovchi ot (sifat) turkumiga xos terminlar 
yasalgan bo‘lib, ular azaldan o‘zbek adabiy tili so‘z xazinasida o‘z aksini 
topgan: 
bosqon, qopqon, yelkan, o‘pqon
va h.k. 
–qoq//-g‘oq
affiksli so‘z yasovchi model 
Ushbu 
–qoq//-g‘oq
affiksli kammahsul model ba’zi bir 
terminlarni yasashdagina qatnashganligi bilan xarakterlanadi: 
qazg‘oq
(qazi-moq), 
qadoq
(qada-moq), 
yorg‘oq
(anat.), tutqoq (1.epilepsiya; 2. 
epileptik), 
botqoq
va h.k.
–dak//-doq
affiksli so‘z yasovchi model 
Faqat sanoqli ot (sifat) - terminlargina ushbu kammahsul affiks 
ko‘magida yasalganligini o‘zbek tili lug‘at boyligida bor bo‘lgan faktik 
materiallar tasdiqlaydi: 
qo‘ndoq, kekirdak, yugurdak, qovurdoq, likildoq 
(likilla-moq) va h.k. 
– di
affiksli so‘z yasovchi model 
Ba’zi bir miqdordagi terminlarning mazkur –di affiksli 
kammahsul so‘z yasovchi qolip ishtirokida voqelanishi hamda ish-
harakat natijasi ma’nosini ifodalashi kuzatiladi: 
yig‘indi
(mat.), 
qirindi, 
chirindi, chiqindi, cho‘kindi, oqindi
va h.k.
–diq/-dik affiksli so‘z yasovchi model 
Barmoq bilan sanarli terminlar ushbu o‘ta kammahsul -
diq//-
dik
affiksli model ishtirokida yuzaga kelgan: 
qoldiq
(mat.), 
siydik.
-ich
affiksli so‘z yasovchi model 
Ushbu –ich qo‘shimchali model ishtirokida narsa-predmet, 
buyum nomini ifolalovchi ba’zi bir terminlargina yasalgan: 
cho‘kich, 
cho‘mich



68

qin / -kin
affiksli so‘z yasovchi model 
Bu kammahsul model jarayon, natija nomini anglatuvchi 
terminlarni yasashda qatnashgan: 
otqin
(geol.), 
toshqin, qochqin, sotqin, 
to‘lqin
(to‘l-moq), 
bosqin, chirkin, chopqin
va h.k. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin