7
I bob. Gap bo„laklarini o„qitishning mazmuni
1.1 Gap bo„laklarini o„qitishning nazariy asoslari
Mustaqil fikrli, ma‘naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda ona tili ta‘limining o‗rni
beqiyos. Ma‘lumki, ona tili ta‘limining bosh maqsadi o‗quvchilarda og‗zaki va
yozma nutq ko‗nikmasini, to‗g‗ri va ifodali fikrlash malakasini tarkib toptirish,
ularni imlo va uslubiy jihatdan savodxon qilishdan iborat. ―Umumiy o‗rta ta‘lim
maktablari ona tili konsepsiyasi‖da ham fanni o‗qitishdan ko‗zlangan asosiy
maqsad: ―o‗quvchilarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, fikrini og‗zaki va yozma
shakllarda to‗g‗ri, ravon ifodalash ko‗nikmalarini shakllantirish va
rivojlantirishdan iboratdir‖, - deya qayd qilinadi. Bu xususida Ayub G‗ulomov
shunday deydi: ―O‗quvchi va talabalarni ona tili darslarida mustaqil, ijodiy
fikrlashga o‗rgatish, ular ongida ma‘naviy-ma‘rifiy inqilob qilishga intilish
lozim‖
3
. U, shuningdek, ―Zotan, Chinakam mustaqil, ijodiy tafakkurni
grammatikasiz, faqat so‗z yoki iboralarni yodlatish, matn o‗qitish orqaligina
shakllantirishning aslo imkoni yo‗qligini‖
4
ta‘kidlab o‗tadi. Zero, o‗zbek xalq
maqollarida aytilganidek, uy mustahkamligi uning poydevoriga bog‗liq.
Bizning ravon nutqimiz esa sintaksis birligi bo‗lgan gaplardan tuziladi.
Sintaksisda asosiy mazmun va mohiyat gapga qaratiladi. Gapni tashkil etuvchi
bo‗laklar esa gap bo‗laklaridir. Umuman olganda, o‗zbek tili fani bo‗yicha nashr
qilingan ko‗pgina ilmiy adabiyotlarda gap bo‗laklari mavzusi bo‗yicha
ma‘lumotlar keltirilgan. Maktab darsliklarida gap bo‗laklarilarni o‗rganishda
nimalarga e‘tibor berish kerak? Bu haqida olimlarimizning fikrlari, ilmiy qarashlari
jamlangan kitoblarini o‗qishimiz maqsadga muvofiqdir. Chunki har bir
o‗rgatilayotgan bilim ma‘lum bir adabiyotlarga tayangan holda olib borilishi
yaxshi samara beradi. Ya‘ni, fan taraqqiy etib borar ekan, fanda yangi-yangi
qarashlarni kuzatamiz, ilmiy tadqiqotlarga tayanib ish ko‗ramiz.
3
G‗ulomov A. va boshqalar. Ona tili o‗qitish metodikasi. –T.: Fan va texnologiya, 2002. B-4
4
Shu kitob, B-5.
8
Tilshunoslik tarixida ma‘lumki, gap bo‗laklari bo‗yicha ko‗pgina tadqiqotlar
olib borilgan. Ayniqsa, bosh bo‗laklarning o‗rganilishida tilshunos olimlarimizdan
G‗.Abdurahmonov, A.Hojiyev, B.O‗rinboyev, N.Mahmudov, A.Nurmonovlarning
nomlarini faxr bilan tilga olsak arziydi. Quyida gapning bosh bo‗laklari haqida
fikrlari bilan tanishamiz. Ularning o‗xshash va farqli jihatlariga guvoh bo‗lamiz.
Til tizimida rivojlanish bo‗lar ekan, o‗zgarishlar ham davom etaveradi.
Umuman olganda, gap bo‗laklari mavzusi yuzasidan ko‗plab olimlarimiz
ish olib borishganini ilmiy adabiyotlarni o‗rganganimizda, ilmiy jurnallarni
o‗qishimizda
ko‗rishimiz
mumkin.
Ulardan
G‗.Abdurahmonov,
X.Abdurahmonov, Sh.Iskandarova, T.Yusupova hamda H.Ne‘matov kabi
olimlarning ishlarini
5
, shuningdek, ko‗pgina turli yillarda nashr qilingan ―Hozirgi
o‗zbek adabiy tili‖ kitoblarini misol keltirish mumkin. Shuningdek, Ona tilidagi
yangi ma‘lumotlarni ommaga tatbiq etuvchi ―O‗zbek tili va adabiyoti‖ jurnalining
turli yildagi turli sonlaridagi ilmiy maqolalarni keltirish mumkin. Masalan,
M.Ochilova, M.Qurbonova, H.Shokirovalarning ilmiy maqolalari shular
jumlasidandir
6
. Shuningdek, M.Mirtojiyevning ―Gap bo‗laklarida semantik-
sintaksis nomutanosiblik‖ nomli monografiyasida ham gap bo‗laklari va ularning
gap tarkibidagi qo‗llanishi xususida atroflicha to‗xtalib o‗tilgan
7
.
Dunyo fani rivojlanish bosqichida davom etar ekan, fan sohasida yangi-
yangi ma‘lumotlar ko‗plab uchrab turadi va shu yangiliklar asosida darslarni
tashkil etamiz. Hozirda o‗tiladigan darslar yangi pedagogik texnologiyalar asosida
olib borilmoqda. Bu, albatta, o‗quvchiga yangi ma‘lumotni tez va oson yetkazishi
5
Qodirov M., Ne‘matov H., Abduraimova M., Sayfullayeva R. Ona tili.8-sinflar uchun darslik. – T.:Cho‗lpon,
2010.
Абдураҳмонов Ғ. Қўшма гап синтаксиси асослари. – Т, 1960.
Абдураҳмонов Х. Ўзбек халқ оғзаки ижоди асарларининг синтактик хусусиятлари бўйича кузатишлар. –
Т,1971.
Iskandarova Sh. ―Qilmoq‖ fe‘lining maqollardagi semantikasi. O‗zbek tili va adabiyati jurnali. – T, 2007, 4-son,
71-b.
Yusupova T. Gapning bosh bo‗laklarini o‗rganish jarayonida o‗quvchilar nutqini o‗stirishning lingvometodik
asoslari. Dissertatsiya. – T, 2005.
6
Ochilova M. ―Kesim‖ terminining definisiyasi. O‗zbek tili va adabiyoti jurnali. – T, 2003, 3-son, 36-b.
Qurbonova M., Shokirova H. Kesimlik shaklidagi shaxs-son aktanti va uning agens valentligiga munosabati. – T,
2008, 3-son, 36-b.
7
Mirtojiyev M. Gap bo‗laklarida semantik-sintaksis nomutonosiblik. – T.: Universitet, 2008.
9
mumkin. Va dars jarayonida vaqtdan unumli foydalanish ham ko‗zda tutilgan.
Chunki ma‘lum innovatsion pedagogik texnologiyalaridan foydalanib olib
boriladigan dars sifatli va oson tushuniladi. Bunda o‗quvchi bir paytning o‗zida
ham eshitib, ham ko‗rib bilimni qabul qiladi. Aslida, jahon andozalariga
asoslangan dars usuli ham shudir. O‗quvchiga tushuntiriladigan mavzu, albatta,
nazariy jihatdan isbotlangan bo‗lmog‗i lozim. Agarda biror ilmiy adabiyotga
asoslanmasdan, biror mavzu yuzasidan ma‘lumot berilsa, mavzuda xatoliklar
paydo bo‗ladi, mashqlarni bajarishda ketma-ket xatoliklarga yo‗l qo‗yiladi.
Aslida gap bo‗laklari nima? ―Gap tarkibida ma‘lum bir so‗roqqa javob
bo‗lib, ma‘lum bir sintaktik vazifada keluvchi so‗z yoki so‗z birikmalari gap
bo‗laklaridir‖
8.
Masalan, gap tarkibida bosh va ikkinchi darajali bo‗laklarning
ishtirok etishi yoki ishtirok etmasligini nazarda tutsak, gapga tegishli yangi nazariy
qoidalar ham kelib chiqadi. Shunday ekan, avvalo, gap bo‗laklari haqida to‗liq
ma‘lumotga ega bo‗lish, va ular tahlili bilan to‗liq tanishib chiqish keyingi
bilimlarni olishda o‗quvchi uchun ahamiyatlidir. Ona tili darslarida gap bo‗laklari
xususida gapirilganda O‗zbek tili grammatikasiga oid kitobidagi fikrlarga
asoslanib darslarni tashkil qilish ham ma‘lumotlarning yanada to‗liq bo‗lishini
ta‘minlaydi.
Avvalo, gap bo‗laklari haqidagi ta‘riflarga to‗xtalsak. ―Gap tarkibida
ma‘lum so‗roqqa javob bo‗luvchi so‗z yoki so‗zlar birikmasiga gap bo‗lagi
deyiladi‖
9
. Nurmonov esa gap bo‗laklarining ―tobe bog‗lanishi‖ga alohida urg‗u
beradi: ―Gap tarkibida tobe bog‗lanib, ma‘lum so‗roqqa javob bo‗luvchi so‗z yoki
so‗zlar birikmasiga gap bo‗lagi deyiladi‖
10
. A.G‗ulomov va M.Asqarovalar esa
―gapning bo‗laklari ma‘lum grammatik munosabat bilan xosil bo‗lgan
butunlikning bo‗laklaridir‖
11
, deya qisqa ta‘rif berib o‗tishgan. Demak, ―Tobe
aloqa tarkibida muayyan sintaktik vaziyatda keluvchi eng kichik sintaktik shakl
8
Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. – Т, 2002. 29-b.
9
Mahmudov N., Nurmonov A., Sobirov A., Qodirov V., Jo‗raboyeva Z. Ona tili. 5-sinflar uchun darslik. – T.:
Ma‘naviyat, 2015. 38-b.
10
Nurmonov A., Mahmudov N., Sobirov A., Yusupova Sh.. Hozirgi o‗zbek adabiy tili. Akademik litsey 3-kurs
talabalari uchun darslik. – T.: Ilmi ziyo, 2015. 430-b.
11
Ғуломов А., Асқарова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Т.: Ўқитувчи, 1987. 76-б.
10
gap bo‗lagi sanaladi‖
12
. Gap bo‗laklarining aniqlashda, asosan, ularning so‗z
turkumligi nisbiy me‘zon qilib olingan. Ammo gap bo‗laklarining belgilashda
asosiy xususiyat ular orasidagi sintaktik aloqadir. So‗zlarga so‗roq berish, ularning
qaysi turkumga mansubligi gap ichida joylashish tartibi, qanday qo‗shimchalar
olishi tom ma‘noda gap bo‗laklarining turlarini belgilashda asos bo‗la olmaydi.
Tobe aloqaga kirishayotgan so‗z shakllar juftligida tobe qism hokim qism talab
etgan vaziyatda keladi. Ko‗rinadiki, tobe qismning vaziyati aniq, hokim qismning
vaziyati noaniq bo‗ladi. Uning qaysi vaziyatda kelayotganligi nutq zanjirining
keyingi halqasida aniqlanadi. Gap bo‗lagi ham til birligi sifatida shakl va mazmun
qarama-qarshiligi birligidan tashkil topgan murakkab qurilmadir. Ana shunday
murakkab qurilmaning, ya‘ni sintaksisning, gap bo‗laklarining o‗rganilishi ham
ancha qiyinchiliklarni talab qiladi.
Gap bo‗laklari murakkab shakliy va mazmuniy tuzilishga ega ekanligini
profеssor A.Nurmonov alohida ta‘kidlagan holda: ―Har qanday gap bo‗lagi shakliy
jihatdan moddiy asos (morfologik shakl) va sintaktik vaziyat (sintaktik shakl)
qarama-qarshiligi va birligidan iborat‖, -dеydi.
13
Gapning bo‗laklari gapni tashkil qilishdagi, uning strukturasidagi rollariga
qarab
G‗.Abdurahmonov,
A.Hojiyev,
B.O‗rinboyev,
N.Mahmudov,
A.Nurmonovlar ikkiga bo‗ladilar:
-bosh bo‗laklar;
-ikkinchi darajali bo‗laklar.
O‗zbek tili sintaktik tuzilishi tarkibidagi barcha sintaktik shakllar gap
bo‗laklari tarkibiga kiritilmaydi. An‘anaviy tilshunoslikda sintaktik shaklning
aloqaga kirishi haqida turli–tuman fikrlar mavjud:
14
1. Gap bo‗laklari sintaksisi dunyoga kеlgandan buyon gap bo‗laklariga
ajratish masalasida tilshunoslar bir umumiy fikrga kеlgan emas. Buning bosh
12
Mahmudov N., Nurmonov A. O‗zbеk tilining nazariy grammatikasi. – T.: O‗qituvchi, 1995. 59-b.
13
Mahmudov N., Nurmonov A. O‗zbеk tilining nazariy grammatikasi. – T.: O‗qituvchi, 1995. 60-b.
14
Ўринбоев Б. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. – Самарқанд, 2006. 57-60-б.
11
sababi butunni bo‗laklarga ajratish tamoyilining ko‗pchilikka ma‘qul kеlmaganligi,
bo‗lish tamoyilining buzilganligidir.
2. Gap bo‗laklari sintaksisi sohasida gapni bo‗laklarga ajratish va ularning
darajalanishida ham bahslar mavjud. Sintaktik birlik hisoblangan gapning shakliy
tuzilish jihatdan uning zidiyatini hisobga olgan holda quyidagi sintaktik shakllarga
bo‗lib o‗rganib kеlmoqdalar:
15
1) sintaktik aloqaga kirishadigan sintaktik shakllar. Buni ―gap bo‗laklari‖ atamasi
bilan ataydilar. Bular ega, kesim, to‗ldiruvchi, aniqlovchi, hol sanaladi.
2) sintaktik aloqaga kirishmaydigan sintaktik shakllar. Buni ayrim tilshunoslar
ikki cho‗qqili nazariyaga asoslangan holda gap tarkibida ikki cho‗qqi – ega va
kesim bosh bo‗laklar, bosh bo‗laklarga tobe bog‗lanib, ularning ma‘nosini izohlab
kelgan bo‗laklarni ikkinchi darajali bo‗laklar, har ikki guruhga kirmaydigan
sintaktik birlik – undalma, kirish, kiritmalarni bo‗lsa ―uchinchi darajali bo‗laklar‖
16
nomi bilan yuritadilar.
3. Bosh bo‗laklarga qaysi tamoyil asosida qanday bo‗laklarning kiritilishi
ham muammoli. Attributiv mantiqqa asoslangan tilshunoslikning gapning ikki
cho‗qqilik tamoyiliga amal qilgan, bosh bo‗laklarni ikkiga bo‗lgan holda ular
orasida egaga mavqe beriladi. Gapning sodda va qo‗shmaligini aniqlashda egaga
tayaniladi.
17
Tilshunos R.Sayfullayeva ta‘kidlaganidek, ―bosh bo‗lakllarga bunday
yondashish mantiqiy subyekt predikat munosabatini grammatik ega-kesim
munosabati bilan qorishtirib yuborishga olib keladi‖
18
. Munosabat mantig‗iga
tayanib, tillarning grammatik xususiyatlarini e‘tiborga olgan tilshunoslar faqat
kеsimni eng muhim, konstruktiv bo‗lak – bosh bo‗lak hisoblaydilar.
4. Gap bo‗laklarini ikki guruhga-bosh va ikkinchi darajali bo‗laklarga ajratib
o‗rgangan tilshunoslar ham ikkinchi darajali bo‗lak – to‗ldiruvchi, aniqlovchi,
15
Ўринбоев Б. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. – Самарқанд, 2006. 57-60-б.
16
Sayfullayev R. Hozirgi o‗zbek tilida gap bo‗laklarining semantikasi va grammatikasi- T., 2000.
17
Ғуломов А., Асқарова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Т.: Ўᴋитувчи, 1987. 23-б.
18
Sayfullayeva R. Hozirgi o‗zbek tilida qo‗shma gaplarning formal-funksional talqini: monografiya. – T.: Fan,
1994. 40-b.
12
hollarni o‗rganish jarayonida bu bo‗laklarning gap tuzilishida ishtirok etishi bir xil
emasligini angladilar. Natijada ularni gap bo‗laklari va gap bo‗lagining
bo‗laklariga ajratdilar. Shuning o‗ziyoq gap bo‗laklarini ikki darajali bo‗laklarga
ajratishning yеtarli asosga ega emasligini ko‗rsatdi. Bu bo‗laklar gapning
tuzilishidagi ishtirokiga ko‗ra bir nеcha darajaga bo‗linishi mumkin ekanligini
tasdiqladi. Ular bir nеcha darajalarga bo‗linishi mumkin.
5. Gap bo‗laklariga ajratishning tamoyilini ham qayta ko‗rib chiqish va uni
butunni bo‗laklarga ajratishni eng qulay tamoyili bilan almashtirish lozimligini
ko‗rsatadi. ―Ana shunday tamoyil shakl va mazmun munosabat tamoyilidir‖, -
dеydi B.O‗rinboеv. Bu tamoyilga muvofiq har qanday mazmun muayyan shakl
orqali o‗z ifodasini topadi: shaklsiz mazmun, mazmunsiz shakl mavjud emas.
Shunday ekan, gapning tarkibidagi kirish va kiritmalar ham muayyan mazmuniy
munosabatning uzvlari sanaladi. Ular ma‘lum mazmuniy munosabatni ifodalar
ekan, u muayyan tashqi ifodasiga ham ega bo‗ladi. Shuning uchun ularni
grammatik aloqadan tashqaridagi bo‗laklar sifatida qarash mantiqqa xilof.
Kеltirilgan fikr-mulohazalar shuni ko‗rsatadiki, o‗zbеk tilshunosligida hali
o‗rganilishi lozim bo‗lgan masalalar yеtarli.
O‗zbek tilshunosligidagi mavjud sintaktik nazariyalarda bosh bo‗laklarning
gapdagi maqomi aynan bir xil emas:
1. Gapda ega absolyut hokim, kesim ham unga tobe;
2. Ega va kesim o‗rtasida muayyan teng huquqlilik mavjud;
3. Gapni gap qilib shakllantiruvchi asos – markaz kesimdir
Bosh va ikkinchi darajali bo‗laklarni ajratishdagi farqlilik turli
yo‗nalishlarda predikativ asosni har xil tushunish bilan bog‗liq. Bu esa gapning
ikki cho‗qqili va bir cho‗qqili nazariyalarining vujudga kelishiga sabab bo‗ldi.
So‗nggi davrlarda bu ikkisi bir-biriga qarshi qo‗yildi va, natijada, gapning
mazmuniy-qurilish markazi kesim deb qaraldi. Gapning qolgan barcha bo‗laklari
kesimga bo‗lgan munosabatiga qarab belgilanadi.
Bosh bo‗laklar haqidagi sintaktik nazariyalar ta‘sirida ularga berilgan
ta‘riflar bir qanchani tashkil qiladi. A.G‗ulomov hamda bir qator tilshunos olimlar
13
ta‘biri bilan aytganda, ikki sostavli gaplardagi har bir sostavning grammatik
hokim so‗zlari –bo‗laklari birlikda gapning bosh bo‗laklarining tashkil qiladi. Bu
bo‗laklar – so‗zlar ega bilan kesimdir
19
. Gapda eganing umumiy belgisini bildirgan
bo‗lak kesim deyiladi.
20
Demak, gap bo‗laklari gapda egallaganligi mavqeiga
qarab ikki turga ajratiladi. Bosh bo‗laklardan biri bu - kesimdir. 8-sinf Ona tili
darsligida kesimga quyidagicha ta‘rif beriladi: Kesim gapning markazi bo‗lib,
tasdiq -inkor, zamon, mayl, shaxs-son ma‘nolarini ifodalab keladi, hukmni
ifodalaydi va gapning boshqa bo‗laklarining o‗z atrofida birlashtiradi. Kesim nima
Dostları ilə paylaş: |