Абдураҳмонов Х., Рафиев А., Шодмонқулова Д. Ўзбек тилининг амалий грамматикаси. – Т.: Ўқитувчи,
Абдураҳмонов Х., Рафиев А., Шодмонқулова Д. Ўзбек тилининг амалий грамматикаси. – Т.: Ўқитувчи,
Sayfullayeva R. va b. Hozirgi o‗zbek adabiy tili. – T., 2009. 368-b.
16
Aniqlovchi predmetning belgisini yoki bir predmetning boshqasiga qarashli
ekanligini bildirib, qanday? qanaqa? qaysi? qancha? kimning? nimaning?
qayerning? so‗roqlaridan biriga javob bo‗ladi. Aniqlovchi otga bog‗lanib,
aniqlovchi aniqlanmish birikmasini hosil qiladi. Bir guruh aniqlovchilar
ifodalanishi va ma‘nosi jihatidan ikkinchi guruh aniqlovchilardan farq qiladi
35
.
Aniqlovchilarning predmet yoki shaxsni qayta nomlash uchun qo‗llanadigan turi
izohlovchi deyiladi
36
. To‗ldiruvchi singari so‗z kengaytiruvchisi sifatida gap
tarkibida qatnashayotgan otlarning lug‗aviy valentligini to‗ldiradigan vosita
sifatida namoyon bo‗ladi va gap konstruktiv tuzilmasidan o‗rin egallamaydi. Uning
lisoniy sathga aloqadorligi – muayyanlashuvchi otning qanday valentligiga
muvofiq kelishi va uni sintaktik aloqa bilan voqealantirishidir
37
. U mustaqil holda
biror bo‗lakka bog‗lanishi ham, kengaytiruvchilar tarkibida kelishi ham mumkin.
Yuqoridagi yuritilgan fikrlarga asoslanib, ularni quyidagicha umumlashtiramiz:
Gap bo‗laklarini ajratishda ularning gapdagi joylashish o‗rni muhim sanaladi.
O‗zbek tilida gap bo‗laklarining joylashish tartibi asosan erkin bo‗lsa-da, ular
gapda ma‘lum grammatik qoidalar asosida o‗rinlashadi. Ega va unga
bog‗langan bo‗laklar oldin, kesim va unga bog‗langan bo‗laklar keyin
joylashadi.
Ba‘zan so‗zlovchining nutqiy maqsadiga ko‗ra ushbu tartib o‗zgarishi
mumkin.
Gap bo‗laklarini tahlil qilishda nafaqat sintaktik bog‗lanish, sintaktik vaziyat,
balki semantika, ularning mazmuniy jihati e‘tiborga olinishi lozim.
Gap bo‗laklariga ajratishda sintaktik pozitsiya tamoyiliga amal qilish tahlilni
osonlashtiradi:
-gap bo‗laklariga ajratish;
-bo‗laklarni funksional turlarga ajratish. Bunda, masalan, holda nomustaqil va
mustaqillik hodisasi yuzaga keladi. N.Mahmudov aniqlovchilarni gapning
35
Абдураҳмонов Х., Рафиев А., Шодмонқулова Д. Ўзбек тилининг амалий грамматикаси. – Т.: Ўқитувчи,
1992. 219-б.
36
Абдураҳмонов Х., Рафиев А., Шодмонқулова Д. Ўзбек тилининг амалий грамматикаси. – Т.: Ўқитувчи,
1992. 220-б.
37
Sayfullayeva R. va b. Hozirgi o‗zbek adabiy tili. – T, 2009. 368-b.
17
konstruktiv bo‗lagi hisoblamagani holda to‗ldiruvchi va hollarning ham gapdagi
vazifasini farqlashni, gapda birdan ortiq predikat ishtirok etganda munosabatga
kirishgan to‗ldiruvchi va hol bilan ikkinchi darajali predikat bilan munosabatga
kirishgan to‗ldiruvchi va hol o‗rtasida gapning sintaktik tuzilishidagi vaziyati
bo‗yicha katta farq mavjudligini ta‘kidlaydi
38
, ular bo‗lakning bo‗lagi sifatida
e‘tirof etiladi.
Gap bo‗laklarini ajratishda sintaktik aloqa turi asos bo‗ladi:
-predikativ – ega-kesim munosabati,
-attributiv – aniqlovchi-aniqlanmish munosabati,
-kompletiv – to‗ldiruvchi-to‗ldirilmish,
-relyativ – hol-hollanmish.
Gap bo‗laklarini hosil qilishda grammatik vositalarga tayaniladi: kelishiklar,
ko‗makchilar, ohang kabi,
Gap bo‗laklarining turi bir-biriga nisbat berib tayinlanadi. Chunonchi ega
kesimga, kesim egaga nisbatan, to‗ldiruvchi to‗ldirilmishga, hol hollanmishga,
aniqlovchi aniqlanmishga nisbatan belgilanadi. Nisbat beriluvchi element
bo‗lmas ekan, u yoki bu bo‗lak haqida ham gapirish mumkin emas
39
.
Gap bo‗laklarining aniqlashda, asosan, ularning so‗z turkumligi nisbiy me‘zon
qilib olingan. Ega, asosan, ot bilan, kesim fe‘l bilan, hol ravish bilan
kabi.Lekin ba‘zan so‗z turkumlari o‗ziga xos bo‗lmagan funksiyada ham
qo‗llanilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: