38
Mahmudov N. Funksional va nofunksional to‗ldiruvchilar haqida // O‗zbek tili va adabiyoti, 2002.
39
O‗zbek tili grammatikasi. II tom, sintaksis. – T.: Fan, 1976.
18
1.2. Ta‟lim bosqichlarida gap bo„laklarini o„qitishning huquqiy-me‟yoriy
asoslari
Ma‘lumki, davlat mustaqilligining belgilaridan biri – uning davlat tiliga ega
ekanligidir. Zero, mustaqillik tildan boshlanadi. Muhtaram birinchi prezidentimiz
I.Karimov ta‘biri bilan aytganda, ―o‗zlikni anglash milliy ong va tafakkurning
ifodasi, avlodlar o‗rtasidagi ruhiy-ma‘naviy bog‗liqlik til orqali namoyon bo‗ladi.
Ja‘miki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror
jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir‖
40
.
1989-yilning 21-oktabrda O‗zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi
milliy mustaqillik uchun kurashning qizg‗in pallalariga to‗g‗ri kelib, ushbu hodisa
milliy mustaqillikning ma‘naviy poydevoriga asos bo‗lib xizmat qildi. Mustaqillik
o‗zbеk tilini ozod va erkin rivojlanishning shoh ko‗chasiga olib chiqdi. ―Davlat tili
haqidagi qonun qabul qilinishi munosabati bilan ona tilimizni boyitish va
soflantirish niyatida qizg‗in islohot jarayoni boshlanib ketdi‖
41
. Buning isboti
o‗laroq ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ hamda ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi
qonunlarning yaratilishi bo‗ldi.
―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ hamda ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi qonunning
qabul qilinishi ona tili hamda uni o‗qitishni yuqori pog‗onaga olib chiqib,ushbu
qonunlariga muvofiq, ―umumta‘lim fanlarini o‗qitishning uzluksizligi va
izchilligini ta‘minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, umumiy o‗rta va
o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi davlat ta‘lim standartlarini kompetensiyaviy
yondashuv asosida takomillashtirish, o‗quv-metodik majmualarning yangi avlodini
ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni tashkil etish‖
42
maqsadida davlat ta‘lim
standarti joriy etildi.
Bugungi kunda har bir o‗qituvchi Davlat ta‘lim standarti talablarini bilishi va
ularni bajarish uchun yetarli malakaga ega bo‗lishi shart. Shundan kelib chiqib,
40
Karimov I. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma‘naviyat, 2016. 83-b.
41
Jumaxo‗jayev N. Istiqlol va ona tilimiz. – T.: Sharq,1995. 7-b.
42
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori: O‗rta va o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi-
230
ning
davlat ta‘lim standartlarini tasdiqlash to‗g‗risida. 2017-yil, 10-aprel.
19
avvalo, ―standart‖ atamasining ma‘nosi, uning qo‗llanish sohalari, ―ta‘lim
standarti‖ tushunchasi, uning umumiylik va xususiylik jihatlariga izoh berib
o‗tsak. Standart bu muayyan soha bo‗yicha asos qilib olingan namuna, andoza,
etalon yoki namunaga mos me‘yorlar, qoidalar, talablar majmuidir. ―Ta‘lim
standarti‖ esa aynan ta‘lim sohasiga bog‗liq muayyan fan, kasbiy soha bo‗yicha
beriladigan ta‘lim darajalari, me‘yorlarini belgilab beruvchi rasmiy me‘yoriy hujjat
bo‗lib, u davlat buyurtmasi asosida qabul qilingani uchun ―Davlat ta‘lim standarti‖
deb nomlanadi. Davlat ta‘lim standarti har bir fan, soha bo‗yicha qabul qilingan
davlat tomonidan kafolatlangan pirovard natijalarni qayd etuvchi me‘yoriy hujjat
bo‗lib, u o‗quvchilarning umumta‘lim fanlari bo‗yicha tayyorgarlik darajasini,
ta‘lim muassasalari bitiruvchilariga nisbatan qo‗yiladigan malaka talablarini, o‗quv
yuklamasining hajmini, ta‘lim muassasalari faoliyatini va kadrlar tayyorlash
sifatini baholash tartibi, mexanizmini belgilaydi
43
. ―Davlat ta‘lim standarti o‗z
mohiyatiga ko‗ra o‗quv dasturlari, darsliklar, qo‗llanmalar, nizomlar va boshqa
me‘yoriy hujjatlarni yaratish uchun asos bo‗lib xizmat qiladi‖
44
.
Bugungi rivojlangan texnologiyalar asri va shiddatli zamon taraqqiyoti
bevosita ta‘lim sohasi va shu bilan bir qatorda ta‘limning asosiy ish quroli bo‗lgan
dasrliklarning ham zamon talabi darajasida bo‗lishini taqozo qiladi. Shu tufayli
O‗zbekistonda ham ushbu masala kun tartibida asosiy o‗rinni egallagan. Ayniqsa,
rivojlangan davlatlar tajribasi asosida darsliklar yaratish, ularni milliy ruh bilan
hamohanglikda shakllantirish eng dolzarb masalalardan biridir. Shuningdek,
bolalikda o‗qilgan asarlarning ta‘siri insonga butun umri davomida hamrohlik
qiladi, bolaning sof, qog‗oz kabi qalbi va shuuriga nima zarhallansa, u shuni
tashnalik bilan o‗zlashtiradi. Shunday ekan, bugungi ona tili darsliklari qay ahvoli
qay darajada?
Darsliklar yaratish mas‘uliyatli va murakkab ishligini hisobga olsak, uzluksiz
ta‘lim tizimi uchun tayyorlangan darsliklar bir-birini takrorlamasligi, aksincha,
mazmunan to‗ldirishi, o‗quvchi bilimini bosqichma-bosqich yuksaltirishga xizmat
43
Davlat ta‘lim standarti haqida. Til va adabiyot ta‘limi. 2017-yil, 7-son, 8-b.
44
Umumiy O‗rtа tа‘limning Dаvlаt tа‘lim stаndаrti vа o‗quv dаsturi. Тоshkеnt, Shаrq, 1999, 1-mахsus sоn, 6-b.
20
qilishi kerak. Umumiy o‗rta ta‘lim maktablari uchun ona tili fanidan birinchi marta
davlat ta‘lim standarti yaratildi
45
. Unga muvofiq ravishda darsliklar quyidagi
talablarga javob berishi lozim topildi:
– Davlat ta‘lim standarti talablariga javob berishi;
– dastur asosida yaratilishi;
– yo‗riqnoma (konsepsiya)ga muvofiq bo‗lishi;
– ta‘lim bosqichlari orasidagi uzviylik va uzluksizlikka javob bera olishi;
– darsliklar hajm jihatidan katta bo‗lmasligi;
– tili sodda, ravon, tushunarli bo‗lishi;
– misol va mashqlar uchun tanlangan asarlar (parchalar) o‗quvchining yoshiga mos
bo‗lishi;
– misol va mashqlar uchun tanlangan asarlarning rang-barang uslublarga mansub
bo‗lishi; uning turi va janriga ham e‘tibor berish; eng sara va yuksak badiiyat
talablariga javob beradigan badiiy asarlardan olinadigan misollarning salmog‗i til
darsliklarida hamma vaqt juda baland bo‗lishi;
– bayon etilgan fikrlarni umumlashtirib, matnlarni tanlashning quyidagi
tamoyillariga diqqatni qaratish lozim, deb hisoblaymiz:
– o‗rganish, tahlil qilish uchun tanlangan mashq va misollar, matnlar
o‗quvchilarning tanlaydigan kasblari bilan bog‗liqligi; qiziqishlariga mos kelishiga
e‘tibor berish;
– matn mazmuni, unda ko‗tarilgan muammolar o‗quvchiga tushunarli bo‗lishi,
uning yoshiga mos bo‗lishi;
– ta‘limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‗lgan matnlarni tanlash;
– tanlanadigan matn til jihatidan tushunarli bo‗lishi yoki o‗quvchida tushunish
bilan bog‗liq ko‗plab qiyinchiliklar tug‗dirmasligi;
– asar tilining hozirgi adabiy til me‘yorlariga yaqin bo‗lishiga e‘tibor berish;
45
Umumiy o‗rtа tа‘limning DТS vа o‗quv dаsturi. Та‘lim tаrаqqiyoti ахbоrоtnоmаsi.T.: Shаrq, 1999, 1-mахsus sоn.
21
– tanlangan matn badiiy jihatdan yuksak bo‗lmog‗i, o‗quvchiga estetik ta‘sir
ko‗rsata oladigan, uning badiiy didini tarbiyalashga, ma‘naviy yuksaltirishga
xizmat qiladigan bo‗lishi;
– mavzu va janrlari xilma-xil, uslubi rang-barang matnlarni tanlashga e‘tibor
berish;
– hajm jihatidan juda katta bo‗lmagan asarlarni mo‗ljallash.
46
Darsliklarning yangi avlodi o‗z tarkibida o‗quv predmetining mazmuni
hamda o‗quvchilar bilish faoliyatining ko‗rinishlarini mujassam tarzda ifodalashi
zarur. Faqatgina ko‗p tarmoqli fanlargina o‗quvchi shaxsining rivojlanish
jarayonini ta‘minlay oladi. Masalan, ona tili darsliklaridagi matnlar bir tomondan
shaxsning til boylgini muntazam oshirishga, ikkinchi tomondan, uning moddiy
borliq, tabiat, jamiyat haqidagi tasavvurlarini kengaytirishga qaratiladi.
Shuningdek, darsliklarning yangi avlodi tarkibiga kiritiladigan mashq va matnlar
multimedium yondashuv asosida tanlanib, o‗zida yangidan-yangi axborotlarni
joylashtirishni talab etadi. Bunda darsliklarning yangi avlodi mavjud modellarni
inventarizatsiyalash xulosalari hamda tasnif qilish natijalariga tayanadi.
Uzluksiz ona tili fani uchun darsliklar yaratish muammosining muhim
masalalari sifatida quyidagilarni ko‗rsatish mumkin:
1. Darsliklarning, shuningdek, o‗quv qo‗llanmalarining yangi avlodida o‗quv fani
asoslarining mazmuni, ya‘ni o‗quv modeli bilan ta‘lim oluvchilar bilish faoliyati
ko‗rinisharini uyg‗un holda ifodalash.
2. Ko‗p tarmoqli o‗quv materialini taqdim etish.
3. Multimedium yondashuvga asoslanish.
4. Darsliklarda (o‗quv qo‗llanmalarida), informatsion (axborot) banklarini taqdim
etish.
5. Darslik va o‗quv qo‗llanmalarida o‗quv materiallarini texnik va texnologik
talablar asosida ifodalash.
6. Darslik va o‗quv qo‗llanmalarining ta‘lim oluvchi bilan bevosita muloqotga
kirishishini ta‘minlash.
46
To‗xliyev B., Oxunjonova O., Jumashev D. Ozbek tili o‗qitish metodikasi. – T, 2011. 85-86-b.
22
7. Ta‘lim jarayoniga darsliklar, o‗quv qo‗llanmalar, metodik vositalar, o‗quv
lug‗atlari va videofilmlar bilan kompleks ta‘minlashga erishish.
8. Darslik, o‗quv qo‗llanmalar mazmunini milliy istiqlol g‗oyasining tushuncha va
tamoyillari bilan boyitish.
Uzluksiz ona tili ta‘limi shu fanga oid davlat ta‘lim standarti, turli darajadagi
o‗quv dasturlarining izchilligi asosida ta‘minlanadi va quyidagi bosqichlarni o‗z
ichiga qamrab oladi:
1) Maktabgacha ta‘lim muassasalari va oilada bolalar nutqini o‗stirish jarayoni.
2) Umumiy o‗rta ta‘lim maktablarida adabiyot ta‘limi jarayoni.
3) Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida adabiyot ta‘limi jarayoni.
Ushbu bosqichlarga yondoshgan holda yaratilgan ona tili darsliklari va biz
yuqorida fikr yuritayotgan soha ―gap bo‗laklari‖ mavzusining ushbu darsliklarida
yoritilish darajasiga to‗xtalib o‗tsak, 2–4-sinflar o‗quv dasturida avval talaffuz
qilish, o‗qish, yozish, so‗ngra lug‗at, nutq namunalari, tinglab tushunish, so‗zlash,
o‗qish, yozish bo‗yicha o‗quvchilarda og‗zaki va yozma nutqni shakllantirish
ko‗zda tutilgan. Gap bo‗laklari mavzusi 4-sinf ona tili darsligida ilk bora o‗rin
egallaydi. Va 5soat dars davomida gap bo‗laklari haqidagi bilimlarni
o‗zlashtiriladi. Ta‘lim bosqichlarida gap bo‗laklari, ularning grammatik
xususiyatlarining turli tomonlari o‗rganiladi. ―O‗quvchilar boshlang‗ich sinflarda
gap nima haqida aytilganini bildirgan so‗zni (egani) va u haqda nima deyilganini
bildirgan so‗zni (kesimni) topishga o‗rgatiladi. Ega gapning kim yoki nima haqida
aytilganini bildirib, kim?, kimlar?, nima?, nimalar? so‗roqlaridan biriga javob
bo‗lishi, kesim ega haqida nima deyilganini bildirib, nima qildi?, nima qilayapti?,
nima qilmoqchi? kabi so‗roqlarga javob bo‗lishi, ega bilan kesim gapning bosh
bo‗lagi ekanligi, bosh bo‗laklardan boshqa bo‗laklar gapning ikkinchi darajali
bo‗lagi bo‗lishi, ikkinchi darajali bo‗laklar bosh bo‗laklarni va boshqa ikkinchi
darajali bo‗laklarni izohlab kelishi bilan tanishtiriladi‖.
47
O‗quvchilarning gap
47
Оmilxonova M. Маktabda оna tili sintaksisini o‗rgatish. Оna tili o‗qituvchilari uchun qo‗llanma. – Т.:
O‗qituvchi,1991. 20-b.
23
bo‗laklari to‗g‗risida boshlang‗ich sinflarda hosil qilingan bilimlari 5- sinfdan
boshlab yanada mustahkamlanadi va kengaytiriladi. Endi nazariy tushunchalar
ko‗lami kengayadi. 5-sinflarga tegishli ona tili dasturida gap bo‗laklari ―Sintaksis
va punktuatsiya‖ degan umumiy bo‗limda o‗rganiladi va undagi mavzularni
o‗zlashtirish uchun 46 soat ajratilgan. Shunga ko‗ra, 5-sinf ona tili dasturida
gapning ikkinchi darajali bo‗laklarini (hol, to‗ldiruvchi va aniqlovchilarning
ifodalanishi, qanday so‗roqlarga javob bo‗lishi) o‗rganish xususida kerakli
tavsiyalar berilgan. Demak, 5-sinf o‗quvchisi gap bo‗laklari to‗g‗risida,
boshlang‗ich bilimlardan farqli ravishda, anchayin keng ma‘lumotga ega bo‗lishi
lozim. Endi ular :
- kesimning qanday grammatik birlik ekanligi;
- kesimning ega haqidagi xabarni bildirib kelishi;
- kesimning gap markazi ekanligi;
- faqatgina kesimdan iborat gaplarning o‗ziga xos xususiyatlari;
- kesimning fe‘l kesim va ot kesimlarga ajralishi;
- eganing grammatik xususiyatlari;
- sodda yoyiq va sodda yig‗iq gaplar tuzish, ularni ikkinchi darajali bo‗laklar
bilan boyitish kabi yanada chuqurroq bilim va malakalarni egallashlari lozim.
Bu bosqichda o‗quvchilarning ikkinchi darajali bo‗laklar to‗g‗risidagi
bilimlari ham mustahkamlanib, rivojlantiriladi. Bu jarayonda o‗quvchilar hol,
to‗ldiruvchi va aniqlovchilarning grammatik xususiyatlari, gapda qanday
so‗roqlarga javob bo‗lishini bilishlari bilan bir qatorda ayni shu bo‗laklarni
qatnashtirib, gaplarni kengaytirishlari, muayyan qolipli gaplar hosil qilishlari,
yoyiq gaplar tuzishlari nazarda tutiladi. 5- sinf o‗quvchisiga hol va to‗ldiruvchining
grammatik tuzilishini o‗rganish anchayin murakkablik tug‗dirishini e‘tiborga olgan
ona tili dasturi mualliflari faqatgina aniqlovchilar to‗g‗risida batafsil ma‘lumotlar
berishni tavsiya qilishgan. Bu jarayonda o‗quvchilar sifatlovchi va qaratqich
aniqlovchilar haqida ham muayyan nazariy tushunchalarni egallaydilar, ularning
bir-biridan farqini ajratadilar, aniqlovchili birikmalar tuzish bo‗yicha amaliy
mashqlar bajaradilar.
24
Ona tili dasturida belgilanganidek, o‗quvchilar 6-, 7-sinflarda sintaksis
bo‗limiga tegishli mavjud bilim va ko‗nikmalarini faqatgina takrorlash
darslaridagina mustahkamlaydilar. Bu davrda ular ona tilining boshqa bo‗limlari
(leksikologiya, morfemika, morfologiya kabi) haqida kengroq ma‘lumot
o‗zlashtiradilar, amaliy mashqlar bajaradilar. 8-, 9-sinflarda esa, asosan, sintaksis
bo‗limini o‗rganadilar. Umumiy o‗rta ta‘limda o‗quvchilar gap bo‗laklari tasnifiga
tegishli mukammal ma‘lumotni 8-sinfda o‗zlashtiradilar. 8- sinf Ona tili dasturida
102 dars soati belgilangan bo‗lib, shundan ―Sodda gap sintaksisi‖ bo‗limida
gapning bosh bo‗laklarini o‗rganish uchun 20 soat rejalashtirilgan bo‗lsa, ―gapning
ikkinchi darajali bo‗laklari‖ uchun alohida bo‗limda berilgan mavzularni batafsil
o‗zlashtirish nazarda tutilgan. Bu dasturda quyidagicha ifodalangan:
Ikkinchi darajali bo‗laklar (uyushiq, ajratilgan hamda gap bo‗laklari bilan
aloqaga kirishmaydigan bo‗laklar bilan birgalikda) (35 soat):
• Hol haqida umumiy ma‘lumot;
• Payt holi va o‗rin holi;
• Ravish holi va daraja-miqdor holi;
• Sabab holi va maqsad holi;
• Murakkab holli gaplar;
• To‗ldiruvchi haqida umumiy ma‘lumot;
• Vositasiz to‗ldiruvchi;
• Vositali to‗ldiruvchi;
• Aniqlovchi haqida umumiy ma‘lumot;
• Sifatlovchi aniqlovchi;
• Qaratqichli aniqlovchi;
• Izohlovchi;
• Gap bo‗laklari tartibi;
• Gap urg‗usi;
• To‗liq va to‗liqsiz gaplar;
• Gapning uyushiq bo‗laklari haqida ma‘lumot;
25
• Uyushiq kesim;
• Uyushiq ega;
• Uyushiq hol;
• Uyushiq to‗ldiruvchi;
• Uyushiq aniqlovchi;
• Uyushiq bo‗lakli gaplarda umumlashtiruvchi so‗z;
• Ajratilgan bo‗lakli gaplar, ularda ohang va tinish belgilari;
• Ajratilgan hol, ajratilgan to‗ldiruvchi va ajratilgan aniqlovchi;
• Kiritmalar;
• Undalma;
• Undalmalarda tinish belgilarining ishlatilishi;
Bu jarayonda o‗quvchilar gapning ikkinchi darajali bo‗laklari, ularning ma‘no
va grammatik tuzilishiga ko‗ra turlari to‗g‗risida anchayin keng nazariy
tushunchalarni egallaydilar, muayyan amaliy mashqlar tizimi orqali ko‗nikmalarini
rivojlantiradilar. Yuqoridagi ma‘lumotlardan ko‗rinadiki, gap bo‗laklarini
o‗rganish ta‘lim bosqichlarining o‗ziga xos xususiyatlari, o‗quvchilarning
o‗zlashtirish qobiliyatlari bilan bog‗liq holda tizimlashtiriladi va uzviylashtiriladi.
Qadimgi yunonlarning ―Takrorlash – bilimning onasidir‖degan maqoliga amal
qilgan holda 9-sinf ona tili darsligining ―Takrorlash‖ bo‗limida gap bo‗laklariga
oid mavzular uchun 3 soat dars ajratilgan:
- Gap bo‗laklari bo‗yicha o‗tilganlarni takrorlash;
- Uyushiq va ajratilgan bo‗laklar bo‗yicha o‗tilganlarni takrorlash;
- Undalmali va kirish so‗zli gaplar bo‗yicha o‗tilganlarni takrorlash.
A.Rafiyev va M.G‗ulomovalar muallifligida yaratilgan ―Ona tili va adabiyot‖
darsligiga to‗xtaladigan bo‗lsak, ―ushbu darslik kasb-hunar kollejlari uchun
mo‗ljallangan bo‗lib, unda asosiy maqsad umumiy o‗rta ta‘lim bosqichida
egallangan bilim va ko‗nikmalarni mustahkamlash va to‗ldirishga qaratilgan.
Darslikning ―Ona tili‖ qismida o‗rta maxsus bilim yurti o‗quvchisining ona tili
fanidan davlat ta‘lim standartida ko‗zda tutilgan talablarni bajarish uchun zarur
26
bo‗lgan materiallar‖
48
berilgan. Shu sababli sintaksis, gap haqida umumiy
ma‘lumotlar berilib, gap bo‗laklari mavzusiga aynan to‗xtanilmaganini ko‗rishimiz
mumkin.
Ta‘limning uzviyligi va uzluksizligi amalda bo‗lgan bugungi kunda hamma
narsadan yangi sifat bosqichlariga o‗tish talab etilmoqda. Ushbu talabning
O‗zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev nutqida ham aks etganini ko‗rishimiz
mumkin: ―bugungi kunda O‗zbekiston jadal rivojlanmoqda. Biz ajdodlarimizning
donishmandlik an‘analariga amal qilib, teran anglagan holda, qat‘iy islohotlarni
amalga oshirmoqdamiz, mamlakatimizning yangi qiyofasini shakllantirish yo‗lidan
bormoqdamiz‖
49
. Ushbu fikr isboti o‗laroq yaratilgan ―Hozirgi o‗zbek adabiy tili‖
darsligining 3- kitobida gap bo‗laklariga oid mavzular ham ancha keng qamrovli
yangiliklarni o‗z ichiga oladi. Akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarining 3-
bosqich talabalari uchun mo‗ljallangan bu darslik 40 soatlik dars soatini o‗z ichiga
qamrab olib, shundan 13 soat dars gap bo‗laklari hamda unga daxldor mavzularga
bag‗ishlanadi.
Dastlab joriy darsliklarda yutuqlarga to‗xtaladigan bo‗lsak, ular quyidagilar:
– birinchidan, til materiallarini o‗zlashtirishda ona tili metodikasining eng
muhim talablaridan biri til sathlarining alohida-alohida emas, balki o‗zaro
uyg‗unlikda, yaxlitlikda o‗rganilishi
50
ga amal qilgan holda mavzular ketma-
ketlikda, bir-biriga bog‗liq ravishda darsliklarga joylashtirilgan(bu narsa
o‗quvchida mantiqiy va grammatik izchillikning shakllanishiga yordam
beradi);
– akademik litsey darsliklarida mavzularning davrlashtirilgan holda berilishi;
– darsliklarni yaratishda yosh va o‗quvchi psixologik shakllanishining qisman
bo‗lsa-da hisobga olinganligi;
– mashqlar, o‗quv- topshiriqlari tarkibiga, shuningdek, nazariy qoidalar isboti
uchun keltirilgan misollar tarkibiga o‗zbek va jahon adabiyotidagi eng nodir
namunlaridan matnlar va gaplar kiritilganligi;
48
Rafiyev A., G‗ulomova M. Ona tili va adabiyot. – T.: Sharq, 2015. 4-b.
49
Mirziyoyev Sh. BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqi. 2017-yil, 9-sentabr.
50
To‗xliyev B. va b.lar O‗zbek tili o‗qitish metodikasi. T., 2011. 36-b.
27
– nazariy qoidalardan so‗ng misollar bilan dalillanishi;
– nazariy qoidalar berilishidan oldin mavzuga doir topshiriqlar berish orqali
o‗quvchi-talabalarni darsga jalb etishga qaratilganligi;
– ibratli hikoya va biror ibratli mavzuga doir matnlarning keltirilishi;
– akademik litsey darsliklarida qomusiy olimlarimiz, dunyo ilm-u faniga hissa
qo‗shgan olim-u fuzalolar, tilshunoslik, xususan, o‗zbek tilshunosligiga iz
qoldirgan tilshunoslar bilan o‗quvchi-talabalarni tanishtirish maqsadida ular
haqidagi qisqacha ma‘lumotlar berib borilishi;
– o‗rta maxsus ta‘lim bosqichi uchun yaratilgan ona tili, hozirgi o‗zbek adabiy
tili darsliklarida ma‘lum bir tilshunoslik bo‗limi boshlanish qismida ushbu
bo‗limga doir tayanch tushunchalarining berib borilishi(bu orqali bilim
oluvchilar ushbu bo‗limga doir mavzu va tushunchalarni esga oladilar, yangi
tushunchalar bilan tanishishga tayyorlanadilar);
– o‗quvchini fikrlashga qaratilgan topshiriqlar berilishi(og‗zaki va yozma
nutqini o‗stirishga yordam beradi);
– rasmli topshiriqlarning mavjudligi;
– darslik mundarijasidan oldin asosiy atamalar izohining keltirilishi;
– mavzular tugaganidan so‗ng test topshiriqlarining keltirilganligi.
Bu kabi yutuqlar darsliklarning ma‘lum bir darajada bo‗lsa-da jahon
standardlariga mos kelishiga zamin yaratadi. Biroq zamon, ilm-fan shu bilan bir
qatorda adabiy jarayonlar va adabiyot harakatda ekan, bu omil darsliklar ustida
yanda jiddiy ishlashga, bu ishga ijodiy yondashishga majbur etmay qolmaydi.
Eng avvalo, joriy darsliklardagi ayrim muammo va kamchiliklarni qayd etib
o‗tish joiz.
darslik va o‗quvchi yoshining nomutanosibligi
– 5-sinf ona tili darsligining o‗quvchi yoshiga mos emas. Ushbu sinfda
sintaksis bo‗limi va unga doir tushunchalar, jumladan, gap bo‗laklarini
tushunish o‗quvchiga qiyinchilik tug‗diradi.
Darslik mavzularning chalkash va nomutanosib joylashganligi
28
– 5-sinf ona tili darsligi bunga yorqin misol bo‗lishi uning
mundarijasidan ma‘lum bo‗ladi:
• Avvalo, boshlang‗ich sinflarda o‗tilgan mavzular bo‗yicha takrorlash
Dostları ilə paylaş: |