Alisher navoiy nomli samarqand davlat unversiteti jismoniy madaniyat fakulteti



Yüklə 243,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix27.12.2023
ölçüsü243,55 Kb.
#200109
1   2   3   4   5   6   7   8
CHAQQONLIKNI RIVOJLANTIRISH

CHaqqon xarakat qilish

xarakat vazifalarini tez va to’g’ri echa 
olish uchun
 
kuchli, tezkor, chidamli bo’lish va mustahkam irodali 
bo’lish kerak. K
UCHLILIK
,
tezkorlik va boshqa fazilatlarsiz, xarakatlarda 
chaqqonlik bo’lishi mumkin emas. Xarakat yoki faoliyat kanchalik 
notanish, qanchalik murakkab bo’lsa, qanchalik tez chaqqonlik 
ko’rsatish kerak bo’lsa, chaqqonlik shunchalik takomillashgan 
bo’lish kerak. Masalan, boskon uloqtirishda tortilish kuchi 300 kg dan 
ortiq sim uzilsa, uloqtiruvchi xavfdan kutilishi uchun juda katta 


chaqqonlik qilishi kerak.
Ko’pgina yoengil atletika turlari bilan shug’ullanish, ayniqsa 
g’ovlar osha yurish, har xil tusiqlar osha estafetali yugurish bilan 
shug’ullanish faqat tezkorlik, chidamlilik va boshqa shu kabi 
fazilatlargina emas, balki chaqqonlikni ham rivojlantirishga yordam 
berada. Maxsus chaqqonlikni rivojlantirishga ko’proq e`tibor berish 
kerak. Masalan, sakrovchining havoda mo’ljal ola bilishiga va uchish 
fazasi xarakatlariga o’zgarishlar kirita olishga o’rgatish kerak. 
Uloqtirish, g’ovlar osha yugurish, langar cho’p bilan sakrashdagi 
maxsus chaqqonlikning o’ziga xos xususiyatlari bor.
Uning rivojlanishi uchun, yengil atletikaning tanlangan
turidagi xarakat strukturasiga yaqin xarakterdagi turli mashqlar 
yordam beradi. Ular avvalo atletga ma`lum, lekin odatda tashqari
sharoitda bajariladigan mashqlardur. Masalan, nayza uloqtirishda, 
uzunlikka sakrashda va langarcho’p bilan sakrashda yugurib 
kelish 
masofasi va tezligini o’zgartirilsa, atlet yangi o’rganilmagan sharoit 
yaratib, unga moslab xarakatni uzgartiradi, yangi chaqqonlik 
ko’rsatadi.
Masalan, langarcho’p bilan sakrovchiga ozroq vaqt faqat 
qisqartirilgan masofadan yugurib kelib mashg’ulot qilib yurgandan 
keyin, birdaniga maksimal tez yugurib kelib sakrash qiyin bo’ladi.
Balandlikka va langarcho’p bilan sakrashda maxsus chaqqonlikni 
rivojlantirish uchun tirgak bilan (planka) tusin holatini depsinish 
nuqtasiga nisbatan o’zgartirish kerak. Bu sakrovchilarni 
musobaqalarda u chrashi mumkin bo’lgan turli vaziyatlarga o’rgatadi. 


Ko’z bilan mo’ljal olishni yaxshilash uchun, sakrovchi mashg’ulotda 
xar xil masofadan yugurib kelib, depsinish oyog’ini
aniq tushirishga 
xarakat qilib sakrashi kerak. 
Odatda jixoz ogirligini kamaytirish yoki ko’paytirish bilan ham 
sharoit o’zgaradi. Jihoz og’irligi kamaytirilsa, harakat telashadi. 
Natijada
 
xarakat boshqacharoq bo’ladi. Jixoz og’irligi ko’payganda 
tezkorlik kamayadi, kuchlilik ortadi, balki chaqqonlikni ham 
rivojlantiradi.
Musobaqalarga tayyorlanish uchun shamolga nisbatan turli 
yo’nalishlarda sakrash, uloqtirish va yugurish ayniqsa chaqqonlikni 
rivojlantirish mumkin.
CHaqqonlikni 
rivojlantirish 
uchun 
qishda: 
gimnastik 
jihozlarda turli mashqlar, to’siqlarni oshib o’tish estafetalari, sakrash 
o’yinlari, xarakatli o’yinlar, kross yugurishlar va boshqa chaqqonlikni 
oshiruvchi mashqlarni bajarish kerak.
YOzda va musobaqa davrida esa chaqqonlikka qaratiltan maxsus 
mashqlar uchun vaqt kam bo’ladi. Bu vaqtda chaqqonlik yengil 
atletikaning ixtisos olayotgan turi bilan birga yo’l-yo’lakay 
takomillashtiriladi.
 


XULOSA 
Xulosa qilib aytganda kurs ishinining kirish qismida asosiy 
maqsadi mamlakatimizda sport ommaviyligini oshirish, yoshlarimiz 
o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, iqtidorlilarni kashf 
etishda muhim omil bo‘lib xizmat qilishini yoshlar o’rtasida 
kuchaytirish .
I.BOB da Yengil atletikada sport mashg’ulotlarining asoslari. 1.1. 
Sport mashg’ulotlari tamoyillari. 1.2. Sport mashg’ulotlarining asosiy 
vositalari va uslubiyatlari. 1.3. Yengil atletikachilarning asosiy sifatlarini 
rivojlantirish va tarbiyalash. Bu boblarda xozirgi kunda yengil atletika 
sport turlari oldida qanday vazifalar turganligi, sport mashg’ulotlarini 
tashkillashtirishning samarali yo’llari to’g’risida, yengil atletika sport 
mashg’ulotlarini qanday tamoillar asosida, qaysi uslub va vositalardan 
foydalanib rejalashtirish va tashkil etish, yengil atletikachilarning asosiy 
va qo’shimcha sifatlarini qaysi yo’llar bilan rivojlantirish va tarbiyalash 
to’g’risida kengroq yoritilgan. Bu bobda umumiy jismoniy 
tayyorgarlikning, 
maxsus 
jismoniy 
tayyorgarlikning, 
nazariy, 
psixologik, irodaviy va ma’naviy tayyorgarlikning ahamiyati qay 
darajada muhim ekanligi to’g’risida ham ma’lumotlar berilgan. 
II. Bobda esa . Qisqa masofaga yuguruvchi yuqori raziryadli 
sportchilarning 
sport 
mshg’ulotlarining 
to’zilish. 
2.1. 
Sport 
mashg’ulotlarining tuzilishi va mazmuni. 2.2. Yengil atletika sport 
mashg’ulotlarining rejalashtirilishi. 2.3. Qisqa masofaga yugurish 
texnikasi va xususiyatlari haqida yoritilgan. Ikkinch bobda qisqa 
masofaga yuguruvchi sportchilarning sport mashg’ulotlarini tuzish va 
rejalashtirishda nimalar talab qilinadi va qaysi talablarga javob berish 


kerakligi to’g’risida ma’lumotlar, shuningdek, qisqa masofaga yugurish 
texnikasining xususiyatlari, uni o’rgatish vosita va uslubiyatlari o’z 
aksini topadi. 
Sportchilarning 
barcha 
asosiy 
va 
qo’shimcha 
sifatlarini 
rivojlantirish, ularning umumiy jasmoniy tayyorgarligi va maxsus 
jismoniy tayyorgarliklarini rivojlantirish sport mashg’upotlarini 
boshlash va yillar davomida mashg’ulotlarni tashlamasdan shug’ullanib 
borishda shug’ullanuvchi, ya’ni sportchi pldida turgan eng asosiy 
masalalardan biri hisoblanadi. Zero jismoniy sifatlarni rivojlantirmasdan 
turib hech qanday natijaga erishishga umid qilmasa ham bo’ladi. Chunki 
jismoniy sifatlar mashg’ulot va musoboqa jarayonida bir – biri bilan 
bevosita bog’liq bo’ladi. Sportchida tezkorlik jismoniy sifati yaxshi 
rivojlangan bo’lsa ham unda kuch yaxshi takomillashtirilmagan bo’lsa, u 
natija ko’rsata olmaydi. Kuch ham yetarli darajada rivojlangan bo’lib 
chidamlilik yaxshi bo’lmasa masofani oxirigacha bosib o’tishga yoki 
mashg’ulotning oxirigacha uning bardoshi yetishmaydi. Shunga ko’ra 
sportchining barcha jismoniy sifatlari bir xilda yaxshi tarbiyalanib 
borishi kerak.
Sport mashg’ulotlariga shug’ullanuvchilarni (shogirdlarini) 
qiziqtira olishi va mashg’ulotda shug’ullanuvchilarda o’zgarishlar 
yaxshi tomonga ketayotganligini sezilishi uchun murabbiy sport 
mashg’ulotlarini to’g’ri rejalashtira olishi va har bir shug’ullanuvchining 
individual xususiyatlarini bilgan holda ularga yuklamalarni to’g’ri 
taqsimlay olishi lozim, chunki har qanday buyuk sportchini ham 
mashg’ulotda noto’g’ri yuklamalar berib uning sog’ligini buzishi va 
sportga bo’lgan qiziqishini so’ndirish mumkin. 



Yüklə 243,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin