KIRISH.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston bolalar
sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to’g’risida” 2002-yil 24-
oktyabrdagi PF-3154 sonli farmonida “Bolalarni jismoniy va ma’naviy
tarbiyalashning
zamonaviy shakl va uslublarini, jinsi va yoshiga qarab
bolalarga sport ko’nikmalarini singdirish, sport sohasida iqtidorli
bolalarni ixtisoslashtirilgan sport maktablari va markazlaridagi
mashg’ulotlarga tanlab olishning ilmiy asoslangan
tizimlarini ishlab
chiqishni tashkil etish hamda ularni tatbiq qilishga ko'maklashish"
lozimligi alohida ta’kidlangan.
Yengil atletika mashqlarining xilma-xilligi yurish,
yugurish, sakrash
va uloqtirishda kuch va tezkorlik mashqlarda mushakdagi kuchni
o’zgarib turishi har xil yoshdagi va jinsdagi bolalar va kattalarda yengil
atletika mashg’ulotlarida qatnashish imkonini yaratadi. Bu mashqlarning
ko’pchiligini texnik jihatdan bajarish qiyin emas, o’rgatish uchun oson,
ularni oddiy maydonchalar va ochiq joylarda bajarish mumkin. Yengil
atletika mashg’ulotlari maktabda jismoniy tarbiya darslarida, maktab
sport to’garagida o’tkaziladi.
Yengil atletika bilan shug’ullanuvchilarning tayyorgarlik darajasini
baholash, bu sport turi bilan shug’ullanishni rag’batlantirish va
musoboqalarni yaxshiroq tashkil etish uchun, razryadlarga bo’lish qabul
qilingan. Yengil atletika sporti
ommaviy rivojlanayotgani, undagi
natijalar doimiy oshib borayotgani sababli razryad mezonlari har to’rt
yilda o’zgartirilib turadi.
Yengil atletika mashqlari bilan muntazam shug’ullanuvchilarda
yurak-qon tomir va nafas olish tizimi mustahkamlanadi, mushaklarning
gormonik rivojlanishi ta’minlanadi, bo’g’inlardagi harakatchanlik
yaxshilanadi va asab-mushak koordinatsiyasi takomillashadi.
Bolalar, o’smirlar va o’spirinlar bilan o’tkaziladigan yengil atletika
mashg’ulotlarining mazmuni ularning yosh xususiyatlariga bog’liq
bo’lib, mashg’ulotlarni rejalashtirish va o’tkazish vaqtida buni e’tiborga
olish zarur. Ma’lumki kishi organizmining o’sishi,
shakllanishi va
rivojlanishi o’rta hisobda 25 yoshgacha davom etadi. Organizmning
shakllanishi bilan birga bolaning suyak tizimi ham rivojlanadi.
To’qimalardagi zich g’ovak moddalar tuzilishi o’zgaradi, suyaklar
bo’yiga va eniga o’sadi.
Turli xil mashqlar ichida yengil atletika mashqlari insonni har
tomonlama jismoniy rivojlantirishda asosiy o’rinni egallaydi. Xususan,
turli xil yugurish, sakrash, uloqtirishlar
har bir jismoniy tarbiya
darsining tarkibiy qismiga kiritilgan. Yengil atletika mashqlaridan
maktabda sport to’garaklari mashg’ulotlarida, shuningdek yozgi dam
olish oromgohlarida ham keng qo’llaniladi. Yengil atletika turlaridan
“Alpomish” va “Barchinoy” maxsus test sinovlari majmuasiga ko’pgina
mashqlar kiritilgan.
Yengil atletika mashqlarini aniq tasnifga tushurish uchun uni besh
bo’limga bo’lib (yurish, yugurish, sakrasah, uloqtirish, ko’pkurash)
tavsiflash maqsadga muvofiqdir. Ular o’z navbatida turlarga, turning
xillariga hamda variantlar va masofalarga ajratiladi.
Hozirgi vaqtda
yengil atletikaning erkaklar uchun 24 turi, ayollar uchun 23 turi
Olimpiya o’yinlari dasturiga kiritilgan.
Yurish, yugurish, sakrash va uloqtirish kabi yengil atletika
mashg’ulotlarida qo’llaniladigan turli maxsus mashqlar bolalar uchun
qulaydir. Maktab o’quvchilarining yengil atletika mashqlarini bajarishi
ularning
harakat
imkoniyatlarini
kengaytirib,
boshqara
olish
qobiliyatlarini yaxshilabgina qolmay, sportda texnik mahoratga erishish
uchun ham zamin yaratadi.
Yengil atletika to’garagining asosiy vazifasi o’quvchilarni
sog’lomlashtirish, ma’nan barkamol
yetuk shaxsni tarbiyalashga
qaratilgan bo’lishi kerak. Maktabda yengil atletika sportining yurish,
yugurish, uloqtirish va sakrash turlariga qiziqishlari va iqtidorini
inobatga olgan holda o’quvchilarni jalb qilish zarur.