Alisher Navoiy va Zaxiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kuniga bag’ishlangan bayram ertaligining kompozisiyasi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə49/87
tarix25.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#196990
növüKompozisiya
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   87
ALISHER-NAVOIY-TADBIRI

Mashg’ulotning boorish; (Tarbiyachi bolalarga Alisher Navoiy bobomizning suratini ko’rsatib, xayoti va ijodi xaqida qisqacha tushuncha beradi.)
Tarbiyachi: Bolalar men sizga Alisher Navoiy bobomizning suratini olib keldim. Alisher Navoiy bobomizning rasmiga qarang, bobomiz ko’zlari mexr bilan boqib turibdilar. Rasimda bobomiz nuroniy bo'lib tushganlar , chunki oppoq soqolli , boshida sallasi bor. Alisher Navoiy bobomiz 1441-yil 9-fevralda Hirotning Bog’i Davlatxona qishlog’ida to’g’lgan. Otasi G’iyosiddin Muhammad ( G’iyosiddin kichkina deb ham atashgan) .Onasining ismi noma’lum . Kobul amirzodalardan Shayx Abusaid Changning qizi bo’lgan.
Alisher Navoiy bobomiz, siz kabi bolalik choqlaridayoq juda ziyrak, aqlli , odobli bola bo’lgan ekanlar. Bobomiz ota-onasidan kitob o’qib berishlarini, she'r o’qib berishlarini juda ko’p so’rar ekanlar. Ular she’r o’qib berishganda u darrov yodlab olar ekan. Bobomiz nihoyatda aqlli , zexinli bo’lganligi uchun otasi uni 4 yoshida, sizlarday vaqtida, maktabga bergan. Bobomiz kichkina bo’lishiga qaramay, hammani qoyilqoldirib, juda yaxshi o’qigan. Alisher Navoiy bobomiz 7 yoshida she'rlar yozgan.
Alisher Navoiy bobomiz ko’plab kitob yozganlar. Bobomiz o’z kitoblarida bizni odobli bola bo’lishimiz kerakligini takitlaganlar. Biz doimo bobomiz aytganlarini bajarib, odamlarga yaxshilik qilishga xarakat qilishimiz zarur. Alisher Navoiy bobomiz , “Kishining eng yaxshii ishlaridan biri ota-onani xurmat qilishdir“ , deb aytganlar. Kitoblaridan birida ”Ota-onani aziz tutmoq kerak. Onani xurmat qilish xar bir kishining burchi. Chunki onalarning muxabbati cheksizdir. Mexrga mexr bilan javob berish kerak. Ona hurmatini joyiga qo’yish , mexnatini ezozlash, bu unga bo’gan mexrdir . Ota-onani hurmatlash har bir farzandning burchidir” , deb yozganlar.
Tarbiyachi: Alisher Navoiy bobomizni nasixatlarini doimo yodda tutib, ota, onalarimizni aytganlarini bajaramiz , uy ishlarida yordam beramiz, xarxasha qilib ularni xafa qilmasligimiz kerak. Shunda biz ota-onamizni xurmat qilamiz xamda bobomizning nasixatlarini bajargan bo’lammiz. Alisher Navoiy bobomizni tanib oldingizmi? Bundan buyon men sizga ularni bolalar uchun yozgan hikoyalaridan o’qib beraman. Bugun men sizga bobomizning hikmatli so’z laridan birini aytib beraman.
“Yaxshilik qila olmasang, yomonlik xam qilma”
Alisher Navoiy bobomizning xikmatli so’zlarining ma’nosini tushundingizmi?
Demak, doimo odamlarga yaxshilik qilishimiz, o’rtoqlarimiz bilan axil, o’ynashimiz, xech kimga yomonlik qilmasligimiz kerak ekan. Bolalar sizlar ham bobomizning hikmatli so'zlaridan bilasizlarmi?
Akbar: Oz-oz o'rganib dono bo'lur,
Qatra qatra yig'ilib daryo bo'lur.
Jasur: Boshni fido ayla ato qoshig'a,
Jsmni qil sadqa ano boshig'a.
Kamola: Odamiy ersang demagil odamiy,
Onikim yo'q xalq g'amidin g'ami.
Shabnam: Kimki falak sari otar toshni,
Tosh ila ozurda qilar boshni.
Parizoda: Chin so'z mo''tabar, yaxshi so'z muxtasar.
Tarbiyachi: Bolalar Navoiy bobomizni ruboiylaridan ham bilasizlarmi?
Farzona: G'urbatda g'arib shodmon bo'lmas emish,
El anga shafiq-u mehribon bo'mas emish.
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulga tikandek oshiyon bo'lmas emish.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin