Alisher Navoiy va Zaxiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kuniga bag’ishlangan bayram ertaligining kompozisiyasi


Xudoberdi: Xazrat men bir oz qiynalib qoldim. Uyni sotmokchiman. Navoiy



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə70/87
tarix25.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#196990
növüKompozisiya
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   87
ALISHER-NAVOIY-TADBIRI

Xudoberdi: Xazrat men bir oz qiynalib qoldim. Uyni sotmokchiman.
Navoiy: Yaxshi ammo tandirlaring bir oz eski ekan. Buzib yangisini qur. O’yning narxi ikki barobar ortadi.
Boshlovchi: Xudoberdi uyga kelib karasa tandirlari xakikatdan ham eski ekan. U tandirchidan tandir sotib olibdida orkasiga qaytibdi. Yo’lda kelayotib uni sindirib qo’yibdi. Xudoberdi orqaga qaytib Yana bita tandir sotib olibdi. Uni ham yulda sindirib qo’yibdi. Uchinchi tandirni bir ilojini qilib uyiga olib kelibdida quribdi. Ustiga ko’p loy bostirib yuborgan ekan ertalab turib qarasa tandir tushib yotgan emish. Xudoberdining jaxli chiqib Navoiyning oldilariga boribdi.
Xudoberdi: Xazrat tandirni qurolmadim. Mayli arzonga sotsam ham uyni tandirsiz sotaveraman.
Navoiy: Xovliqmay so’zimni eshit. Ko’rdingmi birgina tandirni ham qurolmadingku Yana uyni sotmoqchi bo’lasan. Uyni tiklolmay ko’chalarda qolib ketishingni o’yladingmi. Bor ishla. Uy ham yoninga qoladi. Tirikchiliging ham o’tadi.
Boshlovchi: Alisher Navoiyning aklli va dono so’zligi bilan Xudoberdi uyni sotmagan ekan. Xudoberdi shunday qilib uyni sotmay yaxshi kun kechira boshlabdi.
«JUDA SOZ» AShULASI.
Bola: Ko’xna ona yurtim qadim Turonim
O’z beshik ,o’z tilim, shavkatim shonim.
Yetti iqlim ichra tengi topilmas
Tuproq toshi oltinga teng O’zbekistonim!
«O’ZBEGIMSANEY» AShULASI.
Tuzdi: Ruziyeva Sh.DJ. Farg’ona viloyati Yozyovon tumani.

Zal bayramona bezatilgan, sahnada sham yorug’ida Alisher Navoiy g’azal yozmoqda. “Cho’l iroq” musiqa sadosi ostida bolalar zalga kirib kelishadi.


Boshlovch:
Assalomu alaykum hurmatli mehmonlar, aziz ustozlar, qadrli tarbiyachilar va bolajonlar. Mana bugun biz bobokolonimiz buyuk siymo, xazrati, davlat arbobi g’azal so’z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiyning 570 yilligini nishonlash uchun yig’ildik.
Buyuk dahoga ehtirom ila 1 katta guruh bolalari Navoiyhonlik kechasiga taklif etadilar. Marhamat. 
M. Sevinch:
Ko’p jahongir ko’rdi, bu dunyo xammasiga guvoh er osti
Lekin do’stlik she’r axli aro, jahongir kam bo’lar rosti
Besh asrki nazmiy saroyni, titratadi zanjiband she’r,
Temur tig’I tegmagan joyni, qalam bilan odi Alisher
Dunyo bo’ldi, chamanim manim, O’zbekiston Vatanim manim
Nigina:
Hirot tuprog’da voyaga etgan
Qush tili yollarim munavvar yotgan
Yillar tuzog’idansog’ omon o’tgan
Navoiy bobomlar buyuk odamlar.
Ismoil:
Eng ulug’ bobomiz xazrati Navoiy
Savodlarin o’rganmoq, burch bizga oily
Ustoz bizga qoldirgan, ko’plab she’ru g’azal
Ustoz g’azallari misoli asal
Diyor :
G’azal mulki sultoni Mir Alisher Navoiy 1441 yil 9 fevralida Xirot shahrida tavallud topgan. A. Navoiy bolalikdan juda ziyrak, aqlli, odobli bola bo’lib o’sib ulgaydi. A. Navoiy hayoti davomida juda ko’p she’r, g’azal, ruboiylar, hikmatli so’zlar yozdi.
Musiqa yangraydi sahna pardasi ochiladi.
A. Navoiy:
Emas oson bu maydon ichra kirmoq, Nizomiy panjasiga, panja urmoq men Turkiyda yahshi niyat bilan, “Hamsa” yozishni boshladim. Bu yozgan asarlarim avlodlarim qo’liga etkazishni, ularni yahshilikka chorlab she’riyatni sevishga, ezgulikka undashga turtki bo’lur.
Bolalar: Assalomu alaykum Ustoz
A. Navoiy:
Voalaykum assalom bolajonlar, kelinglar bo’talarim hush ko’rdik.
Fazliddin:
Bobojon biz 552 – bolalar bog’chasidan keldik
A. Navoiy:
Barakallo, hush kelibsizlar.
YU. Aziz:
Ustoz, siz she’riyat mulkida sulton bo’lib, olam jahonoga o’zbek shon – shuhratini yoyganingiz, bitmas –tuganmas asarlar bilan avlodlar qalbidan joy olganingiz hammamizga ma’lim.
Bolalar: Mushoiramizga siz bosh bo’ling.Ustoz.
A. Navoiy:
Boshni fido ayla ato qoshig’a
Jismni qil sadqa ano boshig’a
Ikki jahonga tilarsan fazo
Hosil et ushbu ikkisidin rizo
Bolalar: Tasanno
YU. Sevinch:
Ustoz siz yozib qoldirgan hikmatlarni xalq nihoyatda e’zozlaydi. Ustoz siz bu erga o’tiring marhamat.
A. Navoiy:
Xalq yo’lingda kim sanga bir harf o’rgatmish ranj ila
Aylamak oson emas xaqqingni ado ming ganch ila
Islom :
Turk nazmida chu men tortib alam
Ayladim ul mamlakatni yakqalam
Sabina:
Nazmu nasrim kotibi tasanno taxmin shu nos
Yozsa yuz ming bayt etar erdi qiyos
Diyor :
Ranj ko’rmay kishi, toparmu farog’
Ko’ngli o’rtamayin yonarmu chiroq
N. Shaxzoda:
Bilmaganni so’rab o’rgangan olim
Oralanib so’ramagan o’ziga zolim
Asror:
Yahshilikni bilmasang borib
Yahshilarga qo’shil
Aziza:
Oltin, kumushning eskisi bo’lmas
Ota-onaning bahosi bo’lmas
Intilganga tole yor.
K. Davron:
Befoyda so’zni ko’p aytma
Foydasini eshitmasdan qaytma
Fazliddin:
Aytar so’zni ayt,
Aytmas so’zdan qayt.
S. Davron:
Sabr qilsang g’o’radan holvo bitur.
Samandar:
Olamdan g’amsiz o’tay desang
Ilmu hunar o’rgan.
Ismoil:
Odam borki, odamlarning naqshidur
Odam borki, hayvon undan yahshidur.
A. Aziz:
O’qib o’rganilgan har bitta hunar
Hunarmandga bir kun foyda keltirar.
M. Abdulaziz:
Jahl chiqsa aql ketadi, jahl dushman aql do’st.
Risolat:
Odam ersang demagil odamiy
On kim xaq xalq g’amidin g’ami
Sabina:
Xayo insonning chiroyi unga baxt keltiradigan fazilatlarning eng birinchisidir. Xayo insonlarga faqat yahshilik keltiradi. Xayo ulug’ fazilat.
YU. Aziz:
Jahonning shodligi yig’ilsa bu kun
Do’st diydoridan bo’lolmas ustun
Ashula:: «Tinchlik bo’lsin»
Sabina:
Mushoiramiz davom etadi. Bobomiz bizga o’lmas g’azallar meros qoldirganlar.
Orazing yop qoch ko’zimdan, sochilur har lahza yosh
Bo’yla kim paydo erur, yulduz nihon bo’lmas quyosh.
Abdulaziz:
G’urbatda g’arib shodmon bo’lmas emish
El anga shafiq mehribon bo’lmas emish
Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa
Bulbulga tikondek oshiyon bo’lmas emush
Ismoil:
Har kimki vafo qilsa vafo topg’usidir
Har kimki jafo qilsa jafo topg’usidir
Yahshi kishi ko’rmagay yomonlik hargiz
Har kimki yomon bo’lsa jazo topg’usidir.
Tohir:
Kecha kelgumdur debon, ul sarvigulru kelmadi
Ko’zlarimga kecha tong otguncha uyqu kelmadi
Lahza-lahza chekdimu chekdim yo’lida intizor
Keldi jon og’zimgayu ul sarvi gulro kelmadi.
Sahna: Mir A. Navoiy va sulton Xusayn
Qizlar raqsi “Xay – Xay”
Diyor:
A. Navoiy o’z asarlarida odamlarni yahshilikka, halol mehnat qilishga, vatanni sevishga chaqiradi. A. Navoiyning turkiy tilda birinch 5 ta shox asari “Xamsa” ni yaratganlar.
YU. Aziz:
«Xayrat ul-abror»
So’z gulhaniga erur ancha sharaf kim bo’la olmas anga gavhar sadaf.
To’rt sadaf gavharining durji ul etti falak ahtarining burji ul.
Nigina:
«Farhod va Shirin»
Bu durlar kim ko’zimni andin ochdi, mening ilmim ila olamga sochding
Tamannosan hazing ko’nglimdan olma, sochilgan birla tufroq ichiga solma.
Sabina:
«Layli va Majnun»
Yuz shukurki bu fasonai dard, har lafzida yuz nishonaiy dard
Jon pardalaridan andek aroq, jondin berib ul sevurni sevir ushshoq.
YU. Sevinch:
«Saba’ iy Sayyor»
Nasmu nasr ichra bu nisbat bil
Ikkisin bu ikkiga nisbat qil
Nasr aro elga xud makolat bor
Lek nazmu ichra o’zga holat bor
Aziza:
«Saddiy Iskandariy»
Mug’anniy kelu chert turkona soz
Maqomi navo yo’qsa turkiy xijoz
Navoiyning ashoridin necha bayt
Mening xasbi xolim topib turkiy ayt.
Ashula: «Aziz ustozlar»
Azizbek:
Jondin eni ko’p sevarman ey umri aziz
Sondin seni ko’p sevarman ey umri aziz
Har neniki sevmak ondin ortiq bo’lmas
Ondin seni ko’p sevarman ey umri aziz
YU. Sevinch:
O’zbekning o’z kuchi humolari bor
Humo qanotida duolari bor
Muqaddas tuprog’im ko’zga surtgay u
O’z yo’li, o’z so’zi turolari bor.
Sahna: «A. Navoiyga qizlar hazili»
Davron:
Bayram ertaligimiz davom etadi. A. Navoiy bobomiz o’zbek shon – shuhratini dunyoga yoyganlar.
O’zbek tilim so’zga boy sizga ayon xoynaxoy
Bu tilda so’zlaganlar bulbullar qilar xanda
Men shu tilda so’zlayman
Va shu tilda kuylayman.
Shahzoda:
Bilmay qanday ayol bo’lgan Alisherning onasi
Balki uning aqli lol qolgan zamonasi,
Balki uning ko’zlarida bo’lgan og’ir bir hayol
Balki g’amdur bir zamondur balki sho’hchandur bir ayol
O’gil bolalar raqsi: «Choyhona»
Xadicha:
Buyuk siymolarim doim qalbimizdadur
Kim erursan sen o’zin, gar o’zliging bilmasang
Asli zoting kim, eling kim o’z tilingni bilmasang
Qay kuni kelding jahonga ota-onang kim erur
Mir Alisher, shox Mashrab, Bedilingni bilmasang
A.Azizbek:
Navoiyning g’azali
Bu tilda ko’p mazali
Tilin sotganlarni
Gunohga botganlarni
Bo’lding deya havoi
Kechirmagay Navoiy
Ismoil:
Tarix sahifasida Temurning nomi
Unga tole bitmish taqdir qalami
Kimningdir menda ham bordur alami
Jahonni titratgan sohibqironim O’zbekistonim
M. Sevinch:
El qalbida buyuk insonlar qoldi
Metinday mustahkam iymonlar qoldi
Toshlar cho’kib ketdi ummonlar qoldi
O’ldirganlar o’ldi, Cho’lponlar qoldi
Abdulla Qodiriy, Fitrat, Usmonim
O’zbekistonim
A. Navoiy:
Barakallo ofarin nuridiydalarim, meni juda shod qildingiz men sizlardan to abad minnatdormen va rozimen.
Boshlovchi:
Yurtim senga she’r bitdim bu kun
Qiyosingni topmadim also
Shoirlar bor o’z yurtim butun
Olam aro atagan tanho
Ular she’ri uchdi ko’p yiroq
Qanotida kumush diyor
Bir o’lkam bor, dunyoda biroq
Bitilmagan dostondir bari
Faqat ojiz qalamim manim
O’zbekiston Vatanim manim
Shu bilan Navoiyhonlik kechamiz o’z nihoyasiga yetdi, e’tiborlaringiz uchun rahmat

m



mmmmmmmmmmmmmmmmmmmmmmmmmmmm
Alisher Navoiy tavalludining 574 yilligiga bag’ishlab o’tkaziladigan
tadbir ssenariysi
Tadbir o’taziladigan zal va sahna bayramona bezatilgan.
Zal bo’ylab mumtoz kuy pastroq ovozda taraladi. Sahnaga milliy libosda tadbir tashkilotchisi va boshlovchilar chiqishadi.
O’qituvchi:
-Jahonki muqaddas nani ko’ribdi,
Bariga onasan, ey qodir hayot.
Besh yuz yil naridan boqib turibdi,
Nurli bu yuzlarga nuroniy bir zot. (A.Oripov)
1-boshlovchi:
Shu buyuk o’g’lingni ardoqlab dildan,
Xalqim ta’zim etsangarzigay tamom.
Uning nomi bilan birga bitilgan
Dunyo daftariga o’zbek degan nom. (A.Oripov)
2-boshlovchi:
-Baytingga bir bora qovushgan har lab
Takrorlab ketgusi Mashrabgacha to.
Yaratib turibsan bu yon, ne ajab,
Milliard martabali jahonni hatto. (A.Oripov)
O’qituvchi:
Assalomu alaykum, qadrli mehmonlar!
1-boshlovchi:
Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar!
2-boshlovchi:
Assalomu alaykum, aziz maktabdoshar!
.
O’qituvchi: -- Shu kunlarda o’zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, o’zbek adabiy tilining asoschisi, buyuk qomusiy olim va mutafakkir, ulug’ donishmand, davlat arbobi, o’z davrining madaniy hayotiga rahbar, ilm-fan, san’at va adbiyot ahliga homiy, murabbiy va usto, buyuk alloma, nafis musiqashunos, yetik tarixchi, mohir hattot va dunyoga tanilgan komil inson- Hazrat Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 574 yilligi jahon bo’ylab keng nishonlanmoqda.
Har yili 9-fevralni, ayniqsa, xalqimiz zo’r iftixor bilan kutib oladi. An’anaga aylangan ushbu kunda mamlakatimizning barcha ilm dargohlarida Navoiy hayoti va ijdiga bag’ishlanga, ilmiy anjumanlar, uchrashular , ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, navoiyxonlik va she’riyat kechalari bo’ib o’tadi. Shu munosabat bilan maktabimizda o’tkazilayotgan tadbirimizga xush kelibsiz!
1-boshlovchi:
Assalom, Navoiy, g‘azal sultoni
Yetubdur suhbatingiz olmoq mahali.
Siz-la diydorlashmoq zo‘r istak edi,
Muborak yoshingiz bir imkon berdi.
2-boshlovchi:
Buyuk tog‘lar ishra bo‘lib buyukroq,
Suyuk tog‘lar ishra bo‘lib suyukroq
Navoiy ko‘rinar ko‘zimga mening,
Nafasi urilar yuzimga mening.
Shundan keyin davraga Navoiy siymosi kirib keladi.
1-o‘quvchi:
Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasiga panja urmoq.
Kerak she’r oldida hamki she’r jangi,
She’r bo‘lmasa bo‘lg‘ay bori palangi.
Men turkcha boshlabon rivoyat,
Qildim bu fasonani hikoyat.
Yo‘ldasa bu yo‘li Nizomiy yo‘lim,
Qo‘ldasa Xusrav bila Jomiy qo‘lim.
Navoiy o‘tirib ijod qila boshlaydi, shu payt sahna ortidan Abdurahmon Jomiyning Navoiyga ta’rifi aytiladi:
Parda ortida: "Bu qalamga falakdin ofarinlar yog‘ilsin, chunki bu muloyim naqshlarni o‘sha qalam yaratdi. Navoiy forsiy tilda ijod qilganlarga rahm-shavqat qildi va o‘z asarlarini turkiy tilda bitdi. Navoiy asarlarini forsiyda bitganda edi, boshqa shoirlarning ijod qilishiga majoli qolmasdi”.
Navoiy: Ne vajdin fuqaro ajib bir majlis qurmish?
Ushbu anjumanning boisi nedur?
2- o‘quvchi: Sizdek dono ruhini shod etmak maqsadi,
Bizning yurtda har bir o‘zbek navoiyxon
Navoiy:
Nahotki shul damgacha xotirim yod eturlar?
3- o‘quvchi: Navoiy nazmi bilan tili chiqar dilbandin,
Siz birla faxr etar har bir o’zbek farzandi.
Navoiy:
A’sholarimni hozir ham yod eturlarmi?
4- o‘quvchi: Qur’ondek tavof etsa arzir sizning "Xamsa”ngiz
«Chor devon» kirmagan topilmas xonadon.
Navoiy:
Turk nazmida chu men tortib alam,
Ayladim ul mamlakatni qakqalam (Navoiy siymosi baytni aytib sahnadan chiqadi).

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin