Allegoriya (yun alios oʻzgacha, agoreuo gapiraman) 1) mavhum tushuncha yoki hodisani konkret narsa orqali ifodalashga asoslangan koʻchim turi. Bu holda konkret narsani ifodalovchi soʻz mavhum tushunchani



Yüklə 74,68 Kb.
səhifə17/18
tarix25.12.2023
ölçüsü74,68 Kb.
#196444
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Adabiyotshunoslik

RETARDASIYA (lot. retardation - sekinlashtirish, tutib turish) - epik asarlarga xos syujet-kompozision usul, voqealar haqida hikoya qilishni, syujet rivojini sekinlatish. R. asarga syujetdan tashaqari elementlar (lirik chekinishlar, mufassal portret, peyzaj tasviri, personaj xarakteristikasini berish, personajning oʻtmishi haqida hikoya qilish, kiritma hikoyalar, rivoyat va sh.k.lar)ni kiritish orqali amalga oshadi. M: “Mehrobdan chayon”ning boshlanishida shu usulda jar bir personaj haqida tafsilotlar beriladi, natijada Solih maxdum asarning boshida buyurgan manti 17-bobga borib yeyiladi.

87. REPLIKA (fr. replique - javob, e’tiroz) - dialogning nutq subyekti almashishi bilan chegaralanuvchi qismi, bitta nutq subyekti tomonidan aytilgan nutq boʻlagi. Hajm jihatidan R. chegaralangan emas: u birgina tovush, soʻz, soʻz birikmasi, bitta gap yoki bir-biriga bogliq bir necha gapdan iborat boʻlishi mumkin. Shuningdek, dialog ishtirokchilaridan birining boshqasiga javoban jim qolishi (bu yozuvda koʻp nuqta bilan ifodalanadi) ham R.dir, chunki u shaklan nolga teng boʻlsa-da, hamisha mazmunga ega boʻladi.

88. RITORIKA (yun. rhetorike - notiqlik) - 1) notiqlik san’ati haqidagi fan. Antik Yunonistonda mil. av. V asrlarda paydo boʻlgan. Mil. av. II - I asrlarga kelib tizim holini olgan, antik Rimda ham izchil rivojlangan. R.ning nazariy asoslari faylasuflar, amaliyotchi notiqlar tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, bunda Arastu, Sitseron, Kvintilianlarning xizmatlari, ayniqsa, katta.
95. Syujet (fr. sujet - predmet, asosga koʻyilgan narsa) - badiiy shaklning eng muhim elementlaridan biri, asardagi bir-biriga uzviy bogʻliq holda kechadigan, qahramonlarning xatti-harakatlaridan tarkib topuvchi voqealar tizimi.

96. TADRIJ (ar. - saralash) - mumtoz adabiyotdagi she’riy san’at, she’rning boshlanishida qoʻyilgan mavzuning oxiriga qadar izchil davom ettirilishi. Ya’ni T. san’ati matla’da aytilgan fikr (holat, tavsif, ta’rif va sh.k.) keyingi baytlarda muttasil kuchaytirib borilishini taqozo etadi. M: Sayfi Saroyining bir gʻazali: Topilmas husn mulkinda senga teng bir samar manzar,


Na manzar? Manzari shohid. Na shohid? Shohidi dilbar.

97. TAMANNI’ (ar. - orzu qilish) - insho yoʻllaridan biri, fikrni ifodalash usuli, lirik qahramon oʻy-kechinmalari, his-tuygʻularining orzu-istak izhori tarzida ifodalanishi. T.da zohiran lirik qahramon orzusigina ifodalansa ham, botinda boshqa maqsad (ma’shuqa vasfi, oʻz holining bayoni va b.) koʻzda tutiladi. M:, Ogahiyning: Mening maqsudim uldurkim, sening boshingdin aylansam, Oyoqingga boʻlub sadqa, kʼzu qoshingdin aylansam, -

98.


Yüklə 74,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin