Allegoriya (yun alios oʻzgacha, agoreuo gapiraman) 1) mavhum tushuncha yoki hodisani konkret narsa orqali ifodalashga asoslangan koʻchim turi. Bu holda konkret narsani ifodalovchi soʻz mavhum tushunchani



Yüklə 74,68 Kb.
səhifə14/18
tarix25.12.2023
ölçüsü74,68 Kb.
#196444
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Adabiyotshunoslik

PERIPETIYA (yun. peripeteia - kutilmagan burilish) - syujetshunoslik kategoriyalaridan biri, voqea rivoji va qahramon taqdiridagi kutilmagan keskin burilish.
69. PERIFRAZ(A) (yun. peri - yakin, atrofida, phrasis - gapiraman) - narsa-hodisa, joy yoki shaxsni oʻz nomi bilan emas, unga xos tavsifiy belgilarni ifodalovchi soʻz birikmasi bilan atash; mohiyatan koʻchimga yaqin boʻlgani uchun manbalarda koʻchim turi deb koʻrsatiladi. Yoki “Sharqning yulduzi” (Oʻzbekistan), “yurtimning yuragi” (Toshkent), “Sharq darvozasi” (Toshkent) kabi P.larda ham oʻxshashlik, funksiyadoshlik asosidagi ma’no koʻchishi mavjud.

70 PERSONAJ (lot. persona - shaxe, teatr maskasi) – badiiy adabiyotdagi inson obrazi, adabiy asardagi voaea ishtirokchisi, his-kechinma va nutq subyekti. P. termini qahramon, ishtirok etuvchi (dramatik asarda), xarakter terminlari bilan bitta sinonimik qatorni tashkil qilib, ma’no jihatidan neytral boʻlgani bois bu qatorda dominanta vazifasini oʻtaydi. Ya’ni P. termini ularning oʻrnida bemalol qoʻllanishi mumkin, biroq hamma P.larga nisbatan ham qahramon, ishtirok etuvchi yoki xarakter terminini ishlatib boʻlmaydi. Zero, ular oʻzining asarda tutgan mavqei, tashiyotgan gʻoyaviy-badiiy yukning salmogʻi, voqealardagi ishtiroki, umumlashtirish darajasi kabi qator jihatlardan farqlanadi,

71. PLAGIAT (lot. plagio - oʻgʻirlamoq) - adabiy oʻgʻirlik, oʻzga ijodkorning asarini oʻzlashtirib, oʻzining nomidan (yoki taxallus ostida) e’lon qilish. Shuningdek, birovning asaridan ayrim parchalarni aynan oʻzlashtirib olish ham, mazmunini saqlagan holda shaklini biroz (jumla tuzilishini, uslubini, ayrim soʻzlarni va sh.k.) oʻzgartirib oʻzlashtirish ham P. sanaladi.

72. PLEONAZM (yun. pleonasmos - ortikchalik) - koʻpsoʻzlilik; nafaqat muayyan mazmunni toʻliq ifodalash uchun, balki uslubiy jihatdan ham ortiqcha soʻz qoʻllash. P. stilistik figuralar sirasiga kiritiladi, lekin me’yordan birozgina chekinish uni uslubiy kamchilikka aylantiradi. Fikrni kuchaytirib ifodalovchi vosita sifatida soʻzlashuv nutqida ( m: “oʻz koʻzim bilan koʻrdim”), folklor asarlarida (“qora siyoh qoshlari... Qaro-qaro sochlari...”) keng qoʻllanadi.

73. PORTRET (fr. portraire - tasvirlamoq) - 1) personajning soʻz vositasida tasvirlangan tashqi koʻrinishi (qiyofasi, jussasi, kiyimi, yuz-kuz ifodalari, tana holati va harakatlari, qiliqlari), oʻquvchi tasavvurida jonlanadigan toʻlaqonli inson obrazini yaratish va uning xarakterini ochish vositalaridan biri. P. epik asarning kompozision unsuri boʻlmish tavsifning bir koʻrinishidir. Shartli ravishda statik va dinamik P. turlari farqlanadi. Statik deyilishiga sabab shuki, P.ning bu navida personajning tashqi qiyofasi syujet voqeasi toʻxtatilgan holda ancha mufassal, detallashtirib chiziladi. Odatda, bunday P.lar personaj asar voqeligiga ilk bor kirib kelgan pallada (m: “Kecha"dagi Razzoq soʻfi P.i) beriladi. Dinamik P. deganda esa mufassal tasvir emas, balki voqea va dialoglar tasvirida, ya’ni harakat davomida berib boriluvchi personaj tashqi koʻrinishiga xos ayrim detallar nazarda tutiladi.

74.


Yüklə 74,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin