Allegoriya (yun alios oʻzgacha, agoreuo gapiraman) 1) mavhum tushuncha yoki hodisani konkret narsa orqali ifodalashga asoslangan koʻchim turi. Bu holda konkret narsani ifodalovchi soʻz mavhum tushunchani



Yüklə 74,68 Kb.
səhifə16/18
tarix25.12.2023
ölçüsü74,68 Kb.
#196444
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Adabiyotshunoslik

PROTOTIP (yun. prototypon - obraz asosi) - adabiy asardagi obrazning yaratilishiga asos boʻlgan real shaxs. P. badiiy obraz uchun material boʻlib, uning yozuvchi badiiy niyatiga muvofiq qayta ishlanishi asosida badiiy personaj - badiiy obraz yaratiladi. Ya’ni badiiy personaj hech vaqt P.ning aynan oʻzi emas, balki uning yozuvchi ijodiy tafakkuri mahsuli oʻlaroq dunyoga kelgan “badiiy egizagi”dir: ular orasida oʻxshashlik bor, aynan moslik emas.
78. PYESA (fr. piece - parcha, qiyim) - dramatik turga mansub har qanday asar. Termin XX asrdan boshlab shu ma’noda qoʻllanadi, dramatik asar, janridan qat’i nazar - u tragediya, komediya yo drama boʻladimi, P. deb ham yuritilaveradi.

79. RAVIY (ar. i / j j - yukni tuyaga bogʻlaydigan arqon) – qofiyalanib kelayotgan soʻz oʻzagi yoki negizi oxirida aynan takrorlanib keluvchi choʻziq unli yoki undosh. Mumtoz poetikada qofiyalanayotgan soʻzlarda R.ning aynan takrorlanishi shart hisoblangan.

80. RADD UL-MATLA’ (ar. _ matla’ning qaytarilishi, takrorlanishi) - mumtoz adabiyotdagi she’riy san’at. Nomlanishi “matla’ni takrorlash" ma’nosini bersa ham, amalda gʻazal matla’si yoki qasidaning birinchi bayti tarkibidagi misralardan birining soʻnggi baytda (ba’zan oraliqdagi baytlardan birida) takrorlanishi ham R.m. deb yuritilaveradi.

81. RADIF (ar. otning orqasiga ergashib, mingashib keluvchi, izma-iz boruvchi) - mumtoz lirikadagi she’r unsurlaridan biri, she’r davomida barcha bayt (yoki misra)lar oxirida qofiyadan soʻng aynan takrorlanib keluvchi soʻz, soʻz birikmasi. Ya’ni, mohiyatan, R. ham soʻz takrorining xususiy koʻrinishi boʻlib, faqat uning takrorlanish oʻrni qat’iy belgilangan.

82. RAJAZ (ar. - tuya holdan toyganda paydo boʻladigan qaltiroq kasali) - aruz bahrlaridan biri, mustaf’ilun aslining (— v —) takroridan hosil buladi. Mazkur bahr iztirobli ohangga egaligi uchun shunday nomlangan.

83. RAMAL (ar. - tuyaning loʻkillashi, kuy nomi) – aruz bahrlaridan biri, foilotun asli (- v -----) takroridan hosil buladi. Bahrning ohangi tuyaning loʻkillashiga oʻxshagani uchun shunday nomlangan.


84. RAMZ (ar. imo, ishora, imlash) - simvol; koʻchim turlaridan biri, faqat shartli ravishda va shu matn doirasida koʻchma ma’no kasb etuvchi soʻz yoki soʻz birikmasi; obrazlilik turi. R. mohiyatan allegoriyaga yaqin, undan farqi shuki, R. kontekst doirasida ham oʻz ma’nosida, ham koʻchma ma’noda qoʻllanadi. R.ning ma’nosi kontekst doirasida va shartdan xabardorlik boʻlganda reallashadi. M: Choʻlpon she’riyatidagi “yulduz", “bulut”, “bahor”, “qish” obrazlari R.ning yorqin misoli boʻla oladi.

85. REMARKA (fr. remarque - izoh) - dramatik asarlarda mual lif tomonidan sahna voqesining boshlanishi oldidan beriluvchi yoki uning kechishi davomida qavs ichida berib boriluvchi izohlar. R. parda yoki koʻrinish oldidan berilgan hollarda voqea kechayotgan joy, vaqt, ishtirok etuvchilar va sh.klar haqidagi zarur ma’lumotlardan iborat boʻladi.

86.


Yüklə 74,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin