Allegoriya (yun alios oʻzgacha, agoreuo gapiraman) 1) mavhum tushuncha yoki hodisani konkret narsa orqali ifodalashga asoslangan koʻchim turi. Bu holda konkret narsani ifodalovchi soʻz mavhum tushunchani



Yüklə 74,68 Kb.
səhifə18/18
tarix25.12.2023
ölçüsü74,68 Kb.
#196444
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Adabiyotshunoslik

TARJIBAND (ar. takrorlash, aylantirmoq, fors.-bogʻlash) - mumtoz adabiyotdagi oʻziga xos kompozision qurilishga ega yirik hajmli lirik janr. T. bir necha baytdan tashkil topib, uning har bir bandi gʻazal tipida qofiyalanuvchi (a-a, b-a, v-a, g- a...) bir necha baytdan tarkiblanadi, har bir band oxirida esa masnaviy tipida qofiyalangan bir bayt aynan takrorlanadi. T.lar, odatda, har biri 8 - 11 baytdan tarkiblanuvchi 7 - 8 banddan tashkil topadi, biroq bu borada qat’iy me’yorlar belgilangan emas. T.lar, koʻproq, falsafiy-axloqiy mavzuda yoziladi, she’r.

99. TARKIBBAND (ar. - tuzilish, fors. - bogʻlash) - mumtoz adabiyotdagi oʻziga xos kompozision qurilishga ega yirik hajmli lirik janr. T.ning har bir bandi gazal tipida qofiyalanuvchi bir necha baytdan tarkiblanib, oxirida masnaviy tipida qofiyalanuvchi bayt keltiriladi. Qurilishidagi bu jihatlari bilan T. tarjibandga oʻxshash, faqat unda bandlar oxiridagi bayt tarje’ emas, har bir band oxirida butunlay yangi bayt keltiriladi. T.ning bandlari gʻazalni eslatadi, fakat unda taxallus keltirilmaydi. T. bandlaridagi baytlar soni qat’iy belgilangan emas, lekin har bir T.da bandlardagi baytlar soni bir xil boʻlishi lozim.



100. TASBE’ (ar. - barmoq bilan koʻrsatish) - mumtoz adabiyotdagi she’riy san’at, baytning birinchi misrasi qaysi soʻz bilan tugasa, keyingi misrani shu soʻz bilan boshlash, takror turlaridan biri. Birinchi misra oxirida va ikkinchi misra boshida takrorlanayotgan soʻz shoir fikrini ta’kidlash, ma’noni kuchaytirish vazifalarini oʻtaydi. M:, Navoiyning: Yoʻq, demakim, ul quyosh yodida faryod aylamon,
Aylamon faryodkim, gardunni barbod aylamon, - baytida takrorlanayotgan “aylamon” soʻzi T.ni yuzaga keltirmoqda.
Yüklə 74,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin