MASNAVIY (ar. ikkilik) - ikkita oʻzaro qofiyalangan misralardan tarkib topuvchi band turi, shunday bandlardan tarkib topuvchi she’riy asar; she’r shakli. Misralarining oʻzaro qofiyalanishi (aa, bb, ss, dd kabi) M.ni voqealar bayoni uchun juda qulay shaklga aylantiradi. Shuning uchun ham Sharq adabiyotida voqeaband she’rlar va dostonlar, asosan, M. shaklida yaratilgan boʻlib, ular birdek M. deb yuritilavergan.
46. MATLA’ (ar. boshlanish, quyosh chiqishi) - gʻazal yoki qasidaning misralari oʻzaro kofiyalangan (a-a) birinchi bayti, mabda’ deb ham yuritiladi. Mumtoz shoirlarimiz M.ning shakl va mazmun jihatidan mukammal, husni matla’ san’ati talablariga muvofiq boʻlishiga jiddiy e’tibor qaratganlar. M.da shoirning gʻazal yoki qasidada aytmoqchi boʻlgan fikri oʻrtaga tashlanadi, bu fikr keyingi baytlarda rivojlantirib boriladi, dalillanadi, asoslanadi va maqta’da xulosalanadi.
47. MAQTA’ (ar. tugash joyi, kesmoq) - gʻazal yoki qasidaning oxirgi, yakunlovchi bayti. M.da she’r davomida bildirilgan fikrlar, izhor etilgan his-tuygʻular xulosalanadi, shoirning ularga munosabati ifoda etiladi. Mumtoz adabiyotshunoslikda she’rni chiroyli, ta’sirli va mazmundor qilib yakunlash gʻoyatda muhim sanalgan, husni maqta’ga (k.) alohida e’tibor berilgan. Darhaqiqat, oxirgi bayt she’r mazmun-mohiyatini oʻzida mujassam ifoda etib, uning badiiy saviyasini belgilovchi mu*him omil boʻla oladi. An’anaga koʻra, aksariyat M.larda shoir taxallusi keltiriladiki, u she’r muallifini koʻrsatib turuvchi oʻziga xos imzo, tamʼa vazifasini oʻtaydi.
48. METAFORA (yun. metaphora - koʻchirish) - ma’no koʻchishining keng tarqalgan turlaridan biri, narsa-hodisalar orasidagi oʻxshashlikka asoslanuvchi koʻchim turi, trop. M. mohiyatan yashirin oʻxshatish boʻlib, unda oʻxshatilayotgan narsa tilga olinmagani holda, uning ma’nosini oʻxshayotgan narsa (ya’ni uni ifodalayotgan soʻz) bildiradi. Albatta, bu oʻrinda oʻxshatilayotgan narsa-hodisalarning aynan oʻxshashligi talab qilinmaydi, balki ikki narsa- hodisaga xos belgilardan birortasi asos uchun olinadi. Deylik, “oltin kuz”, “oltin davr” birikmalarining birinchisida oʻxshatish asosi uchun “rang”, ikkinchisida esa “qimmat” olingan.
49.
Dostları ilə paylaş: |