Allegoriya (yun alios oʻzgacha, agoreuo gapiraman) 1) mavhum tushuncha yoki hodisani konkret narsa orqali ifodalashga asoslangan koʻchim turi. Bu holda konkret narsani ifodalovchi soʻz mavhum tushunchani



Yüklə 74,68 Kb.
səhifə5/18
tarix25.12.2023
ölçüsü74,68 Kb.
#196444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Adabiyotshunoslik

GRADATSIYA (lot. gradatio - izchil kuchaymoq) - mazmunni izchil kuchaytirib borishga asoslangan stilistik figura. G.ning ikki xil koʻrinishi mavjud boʻlib, birinchisi nutqiy birliklarni ma’nosiga koʻra belgi-xususiyat (holat, harakat va b.)ni kuchaytirish (klimaks), ikkinchisi esa susaytirish (antiklimaks) tartibida ketma- ket keltirish orqali voqe buladi. M: Iqbol Mirzo she’ridan olingan quyidagi parchada ma’noning kuchaytirilgan takrori kuzatiladi:
Sevgilim,
dilsizlar dillarimizni,
toshboʻron qilsalar,
vayron qilsalar,
tikonlar qoplasa yoʻllarimizni...

24. GRAFOMANIYA (yun. grapho - yozmoq, mania - kasallik, dard) - iqtidori boʻlmagan holda yozishga ruju qoʻymoq. G. yozuvchilikni joʻn tushunish, unga shuhrat va boylikka erishishning oson yʼllaridan biri deb ʼqarash, oʻzining ijodiy imkoniyatlarini real baholay olmaslik oqibatida yuzaga keladi. Kitob nashr etish imkoniyatlari kengaygan hozirgi kun sharoitida G. keng tarqalgan hodisaga aylandi. G. ma’lum darajada kasallik sanalishi (“maniya” psixik kasallikka nisbatan ishlatiladi) mumkin, chunki unga yoʻliqqan kishi oʻz bitiklarini tanqidiy baholashdan ojiz boʻlib qoladi, oʻzgalar fikrini qabul qillmaydi, oʻzini tan olinmagan daho deb biladi.


25. DEVON (ar. - yozish, roʻyxatga olish, toʻplam) - Sharq mumtoz adabiyotidagi she’riy toʻplamlarning asosiy turi. D.ga shoirlarning oʻzlari yoki boshqa shaxslar (kotiblar, shogirdlar, muxlislar va sh.k.) tomonidan tartib berilgan. Sharq adabiyotda D. tartib berish anʼanasi shakllangan boʻlib, bu an’anaga qat’iy amal qilingan. D.ga kiritilgan she’rlar, bir tomondan, janriga koʻra, ikkinchi tomondan esa alifbo (bu talab asosan gʻazallarni joylashtirishga qoʻyiladi) tartibiga koʻra joylashtiriladi.
26 DEKADENTLIK (lot. decadentia - tanazzul, tushkunlik) – XIX asr oxiri - XX asr boshlari Yevropa xalqlari badiiy va ijtimoiy tafakkurida kuzatilgan tushkunlik (tanazzul) holatlarini umumlashtirib ifodalovchi termin. Ya’ni D. alohida bir adabiy yoʻnalish yoki oqimga xos boʻlmay, umuman, shu davrda ijod qilgan san’atkorlarga, hatto, ulkan iqtidor egasi boʻlgan ayrim realistlarga ham u yoki bu darajada xos boʻlgan kayfiyat, ruhni anglatadi. D. kayfiyati ertangi kunga, insoniyat kelajagiga umidsiz qarash, inson aql-zakovati, kuch-qudrati, uning oliy hilqat sifatidagi mavjudligiga ishonchsizlik, mavjud voqelikni qabul qila olmaslik kabilarda namoyon boʻladi.

27.


Yüklə 74,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin