ASSONANS (lot. assonare - uygʻun jaranglash; fr. assonance -ohangdoshlik) - 1) she’riy nutqda (nasrda nisbatan kam) bir xil unlilar takroriga asoslangan ifodaviylikni kuchaytiruvchi vosita, takrorning fonetik sathdagi xususiy koʻrinishi; she’rga xushohanglik baxsh etadi, musiqiylikni kuchaytiradi. M: E.Shukurdan olingan quyidagi parchada “O” tovushining takrori A.ni yuzaga keltiradi:
Oltin oyga olma otar Oybodom,
Oybotarda yigʻlab yotar Oybodom
13.ATRIBUSIYA (lot. attribution - nisbat bermoq) – matnshunoslik sohasi oldida turuvchi asosiy ilmiy muammo (vazifa)lardan biri, adabiy asarning muallifi, yozilgan vaqti yoki joyini aniqlash, evristika. Bu muammo turli manbalardan (m: tazkiralar, tarixiy asarlar, arxiv materiallari, xotiralar va b.) Hujjatli dalillar topish.
14. BADIZD (ar. - oʻylovsiz, birdaniga aytilgan chiroyli soʻz,topqirlik) - avvaldan maxsus tayyorlanmasdan, daf’atan aytilgan she’r; ekspromt (k.). B. biror voqeadan qattiq ta’sirlanish, mushoiralarda oʻzga shoir aytgan she’rga javoban yoki qaltis vaziyatdan hizirjavoblik bilan chiqish zarurati tufayli yaratiladi.
15. BAYOZ (ar. - oq, oqqa koʻchirilgan nusxa) - XIX asrdan boshlab keng tarqalgan she’riy toʻplam boʻlib, an’anaviy devonlardan farqli qator jihatlarga ega. Jumladan, devon bir shoir qalamiga mansub she’rlardan tuzilsa, B. bir muallif she’rlaridan ham, bir necha shoir asarlaridan ham tarkiblanishi mumkin. Yana bir farqi, B.da devondagi kabi she’rlarni joylashtirishning qat’iy tartibi belgilanmaydi.
16. BAYT (ar. - uy) - Sharq she’riyatidagi ikki misrali band turi. Har qanday ikki misra she’rning, garchi amaliyotda shunday hol kuzatilsa-da, B. deb atalishi toʻgʻri emas. Chunki B. ritmik-intonasion va mazmun jihatidan nisbiy mustaqillik kasb etishi, ya’ni band maqomiga ega boʻlishi lozim.
17. BALLADA (fr. ballade - raqsbop qoʻshiq) - 1) oʻrta asrlar fransuz adabiyotidagi qat’iy she’riy shakl, bir xil qofiyalanish tartibidagi (ababbcbc) har biri sakkiz misrdan tashkil topgan uchta band, bandning oxirgi misrasi tarje’ sifatida takrorlanadigan, oʻquvchiga murojaat qilingan yarim band (toʻrt misralik - bcbc) bilan yakunlanuvchi she’r.
18.
Dostları ilə paylaş: |