Modellashtirish- bu bitta ob’ektni boshqa ob’ekt bilan almashtirib model bilan tajriba o‘tkazish yo‘li orqali ob’ekt-modeli yordamida ob’ekt-originalining muhim xususiyatlari xaqida axborot olinishdir.
Ob’ekt (lot. objectum - predmet) - inson faoliyati yo‘naltirilgan barcha narsalardir. Texnik ob’ekt – mashina, mexanizm, texnik majmua, texnologik jarayon, shuningdek ularni modellashtirish jarayonida butun ob’ektni alohida blok, qism, elementlarga bo‘lish yo‘li bilan ajratiluvchi ihtiyoriy komponenti ham hisoblanadi.
Gipoteza - tajribaviy ma’lumotlar, kuzatishlar, ehtimollarning ko‘p bo‘lmagan miqdoriga asoslangan ma’lum bashoratlar yoki tahminlar majmuidir.
Analogiya - ikkita ob’ektning xususiy o‘xshashligi haqida muhokama(fikr).
Eksperiment- qaysidir ko‘rinishlarni kuzatishni tashkillash protsedurasi, bu kuzatishlar tabiiy sharoitlarga yaqin yoki imitatsiyalangan sharoitlarda olib boriladi. Bunda sust ilmiy tajriba (unda tadqiqotchi bajarilayotgan jarayonni kuzatadi xolos) va faol tajriba (unda kuzatuvchi jarayon bajarilishiga aralashadi va tashkillaydi)orqali jarayonlar bir-biridan farqlanadi.
Umumiy xolda, modellashtirish jarayoni quyidagicha taqdim etiladi: ob’ekt haqidagi aprior (oldindan ma’lum bo‘lgan) ma’lumotlardan foydalanib faraz (gipoteza) chiqariladi, u bo‘yicha analogiya asosida ko‘rgazmali soddalashtirilgan mantiqiy sxema (model) quriladi va ob’ekt xususiyatlarini o‘rganish uchun u bilan ilmiy tajriba o‘tkaziladi.
Model (lotincha “modulus”- o‘lchov) – ob’ekt-originaliga o‘xshash bo‘lib, originalning ba’zi xususiyatlarini o‘rganishni ta’minlaydi; tahlil qilish va bashorat, shuningdek, to‘g‘ri boshqaruv qarorini qabul qilish uchun kerak bo‘lgan sifat va miqdor natijalarni olish uchun tizimning soddalashtirilgan taqdim etilishi.
Aniq masalani yechishda, o‘rganilayotgan ob’ektni aniq xususiyatini bilish kerak bo‘lganda model nafaqat foydali, balki tadqiqotning yagona instrumenti bo‘lib hizmat qiladi. Bitta ob’ekt bir nechta modelga ega bo‘lishi, har xil ob’ektlar bitta model yordamida tasniflanishi mumkin.
Fan va texnikada “andoza” (model) tushunchasi ko‘p ma’noga egaligi tufayli modellar turini yagona tasniflanishi qiyin masaladir. Uni (tasniflashni) har xil asoslarga ko‘ra bajarish mumkin: model va modellashtiriluvchi ob’ektlar harakatiga ko‘ra, qo‘llanish sohalariga ko‘ra va b.
Avval tarmoq nima uchun kerak degan savolga javob beraylik. Birinchidan, tarmoqdagi kompyuterlar asosiy xotiralaridan umumiy foydalanish uchun, bunda xotira muammosidan qutulish mumkin. Ikkinchidan, tarmoqdagi abonentlar biror masala haqida umumiy ravishda bosh qotirishlari mumkin. Uchinchidan, tarmoqdagi kompyuterlar ulardagi axborotlarni o‘zaro qiyinchiliklarsiz almashishlari mumkin. To‘rtinchidan, kompyuterdagi yuklamani kamaytirish uchun boshqa kompyuterni operativ xotirasidan foydalanish mumkin. Beshinchidan, dasturlar (masalan, tarmoqli o‘yinlar) dan o‘zaro bog‘langan holda foydalanish uchun va shu kabi tarmoq ustunliklarini ko‘pchiligini aytib o‘tishimiz mumkin, lekin shuni ham esda tutaylikki, har bir narsaning o‘z etaloni bo‘lganidek, tarmoq ham biror etalonga asoslanishi kerak, ya’ni muloqotning etalon modeli bo‘lishi kerak. Shu munosabat bilan Xalqaro Standardlar Tashkiloti ISO (International Standards Organization) tomonidan 1984-yili muloqotning etalon modeli – OSI modeli (OSI – Open system interconnection ) taqdim qilingan.