Modelga bo‘lgan asosiy talablar
Modellashtirishda doimo u yoki bu darajadagi ahamiyatga ega bo‘lgan farazlarga yo‘l qo‘yiladi. Bunda modellarga qo‘yilgan quyidagi talablar qanoatlanishi shart:
adekvatlik, bir xillik, ya’ni model dastlabki real tizimga mos kelishi va avvalo eng muhim sifat, aloqa va tavsiflarni hisobga olishidir. Tanlangan modelni bir xilligini baholash, ayniqsa loyihalashning boshlang‘ich bosqichida, yaratilayotgan tizim turi hali ma’lum bo‘lmasdan turib, juda murakkabdir. Bunday holatda ko‘pincha oldingi ishlab chiqish tajribalariga tayanadilar yoki ma’lum uslublarni qo‘llaydilar, masalan, ketma-ket yaqinlashtirish usulidan foydalaniladi.
aniqlik, ya’ni modellashtirish jarayonida olingan natijalarni ilgaridan o‘rnatilgan, talab qilingan natijalar bilan to‘g‘ri kelish darajasi. Bu yerda muhim masala natijalarni kerakli aniqligini va dastlabki ma’lumotlarning mavjud aniqligini baholash, ularning o‘zaro va ishlatilayotgan model aniqligi bilan kelishtirishdadir;
universallik, ya’ni modelni qator, bir xil tizimlarni bitta yoki bir nechta harakatlanish tartib(rejim)larda tahlil qilish uchun ishlatish mumkinligi. Bunday talab modelni katta doiradagi masalalarni yechish uchun ishlatilish soxasini kengaytirishga imkon yaratib beradi;
maqsadga muvofiq tejamkorlik, ya’ni olingan natijalar aniqligi va masalani yechish umumiyligi modellashtirishga ketadigan sarf-xarajatlarni oqlashi kerak. Shuningdek, amaliyotda, modelni muvafaqqiyatli tanlanishi — berilgan (ajratilgan) resurs va foydalanuvchi hamda modelni xususiyatlari o‘rtasidagi mos kelish natijasidir.
Modelni tanlash va modellashtirish aniqligini ta’minlash modellashtirishning eng muxim vazifalaridan biridir.
Modellarning aniqligi
Modellashtirishning xatoliklari ob’ektiv sabablar (real tizimlar soddalashtirilishi bilan bog‘liq) va sub’ektiv sabablar (u yoki bu insonning bilim va ko‘nikmalari yetarli emasligi, xarakterining xususiyatlari bilan bog‘liq) evaziga paydo bo‘ladi. Xatoliklarni oldini olish, kompensatsiyalash yoki hisobga olish mumkin. Shuningdek, doimo olinadigan natijalarni to‘g‘riligini baholash shart bo‘ladi. Texnikada modelni aniqligini tezda baholash quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:
natijalarni jismoniy (aqliy) ma’nosiga mosligini tekshiriladi. Buni qaror (echim) aniq bo‘lganida, modelning xususiy holati uchun bajarish qulay. Ba’zida aytishadiki, masalani yechishdan avval muxandis kutilayotgan natijaning xarakter va tartibini tassavur qilishi kerak. Lekin bunday tassavurning aniqligi jismoniy tassavurning rivojlanganligi va o‘xshash (shu kabi) tizimlar bilan ishlash tajribasi borligiga bog‘liq bo‘ladi;
masalaning xususiy aniq shartlarini bajarilishini tekshiriladi, bunda xam mos kelmagan yechimlar saralanadi;
kattalik va belgilar o‘zgarish tendentsiyalariga rioya qilinishini tekshiriladi (monotonlik, davriylik, ravonlik va b.);
olingan natijaning o‘lchamlari to‘g‘riligi tekshiriladi (ish analitik bog‘liqliklar bilan olib borilayotgan bo‘lsa).
Ma’lumki, qo‘pol o‘lchovlar yordamida, aniqliligi past bo‘lgan nazorat-o‘lchash asboblaridan foydalanib yoki yaqinlashtirilgan dastlabki ma’lumotlar evaziga aniq natijalarni olish mumkin emas. Boshqa tomondan, natijani keyin yuz gramm doirasida yaxlitlash kerak bo‘lsa, hisobni grammgacha aniq qilib bajarish shart emas, yoki o‘rtacha qiymatni uni tashkil qiluvchi qiymatlardan aniqroq berish va x. Shuning uchun quyidagilarni esda tutish kerak:
hisoblash natijalari va modelning eksperimental tadqiqotlarining aniqligi dastlabki ma’lumotlar, ishlatilayotgan asboblar, o‘lchash instrumentlar va b. aniqligidan oshmasligi kerak;
tanlangan model turi dastlabki ma’lumotlar aniqligi va natijalarning talab etilayotgan aniqligi bilan mos kelishi kerak;
natijalarning istalgan aniqligi amaliyotning talablari va hayotiyligiga mos kelishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |