Tizimlar xilma-xilligi ularning tuzilmaviy funksional tashkillanishi ko‘p xilligida ko‘rinadi va har xil modellardan foydalanishni belgilaydi, bu modellar quyidagilarga ko‘ra tasniflash mumkin:
1) o‘rganilayotgan tizimning harakatlanish xarakteriga ko‘ra:
• determinik, ularning harakatlanishi determinik kattaliklar yordamida tasniflanadi;
• stoxastik yoki ehtimolli, ularning harakatlanishi tasodifiy kattaliklar yordamida tasniflanadi;
2) o‘rganilayotgan tizim ichida bajarilayotgan jarayonlar xarakteriga ko‘ra:
• uzluksiz, unda jarayonlar vaqt bo‘yicha uzluksiz bajariladi;
• diskret, unda jarayonlar holati vaqtning diskret momentlarida o‘zgaradi;
3) o‘rganilayotgan tizim haqida dastlabki ma’lumotlarning haqiqiylik darajasiga ko‘ra:
• aprior ma’lum parametrli;
• noma’lum parametrli;
4) tizim harakatlanish tartibiga ko‘ra:
• statsionar, unda xarakteristikalar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydi;
• statsionar emas, unda xarakteristikalar vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi;
5) maqsadiga ko‘ra:
• statik yoki tuzilmaviy, tizimning tarkibi va tuzilishini aks ettiradi;
• dinamik yoki funksional, tizimni vaqt mobaynida harakatlanishini aks ettiradi;
• tuzilmaviy-funksional, o‘rganilayotgan tizimning tashkillanishining tuzilmaviy va funksional xususiyatlarini aks ettiradi;
6) taqdim etish (tasnif) va amalga oshirish usuliga ko‘ra:
• kontseptual yoki mazmunli, o‘rganilayotgan tizimning tuzilmaviy-funksional tashkillanishning eng muhim xususiyatlarining tasnifini (eng sodda holatda so‘z bilan) taqdim etadi;
• jismoniy yoki material – originalga ekvivalent yoki o‘xshash modellar (maketlar) yoki harakatlanish jarayonida original bilan bir xil yoki boshqacha jismoniy tabiatga ega bo‘lgan modellar;
• matematik yoki abstrakt, tizimni abstrakt tili yordamida formallashgan tasnifi bo‘ladi, xususan, tizimning harakatlanish jarayonlarini aks ettiruvchi matematik nisbatlar yordamida;
• dasturiy (algoritmik, kompyuter) – EHMlar uchun dasturlar, ular o‘rganilayotgan ob’ektni imitatsiya yordamida yoki izlanilayotgan ob’ektni tasniflovchi matematik bog‘liqliklarni grafik aksi yordamida ko‘rgazmali taqdim etishga imkon beradi.
Shulardan kelib chiqib, modellashtirish -fizik, matematik va imitatsion modellashtirishga ajratiladi. Tizim va modellar sinflari bir biriga mos kelishi shart emas. Masalan, diskret tizimlar uzluksiz modellar ko‘rinishda, determinlashgan tizimlar – ehtimolli modellar ko‘rinishida va aksincha taqdim etilishi mumkin.