Aloqa tizimlarini modellashtirish va simulyatsiyalash


Xarakteristikalarni tahlil qilish



Yüklə 14,29 Mb.
səhifə6/11
tarix14.12.2023
ölçüsü14,29 Mb.
#176791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
IL2

Xarakteristikalarni tahlil qilish

Tizimning xarakteristikalarini ishlab chiqilgan model yordamida tahlil qilish har xil tashkillangan tizimlarda bajarilayotgan jarayonlarga xos bo‘lgan xususiyat va qonuniyatlarni aniqlashda va tizimli loyihalashtirishning asosiy vazifasini - sintezlash vazifasini bajarish uchun tavsiyalarni ishlab chiqishdadir.




Tizimni sintezlash

Tizimni sintezlash deganda tizim xarakteristikalariga qo‘yilgan talablarni qanoatlantiruvchi parametrlarni aniqlash tushuniladi. Sintezlash masalasini yechimi tizimning harakatlanish xarakteristikalarining murakkab matematik konstruksiyalar bilan taqdim etiluvchi parametrlardan bog‘lanishlarni aniqlash bilan bog‘liq. Bunda sintezlash masalalarini yechish jarayonida ularning murakkabligi va katta mehnat talab qilishi evaziga hamda real tizimlarning maxsus xususiyatlarini hisobga olish bilan maqbul natijalarni olish imkoni optimallashtirishning matematik usullarining imkoniyatlari doirasidan chiqib ketadi va sintezlashning masalasi umumiy ko‘rinishda matematik nuqtai nazardan yechimsiz hisoblanadi. Sintezlash masalasini osonlashtirish uchun loyihalashtirish jarayonini bosqichlar ketma-ketligiga bo‘lib chiqiladi, ularning har birida sintezlashning ayrim masalalari yechimi topiladi – u yoki bu modellardan foydalanib tizimni tashkillashning alohida aspektlari bilan bog‘liq parametrlar aniqlanadi.


Maqsadga qarab sintezlashning quyidagi alohida masalalarini ajratish mumkin:
- tuzilmaviy sintez, bunda texnik topshiriqning talablari qanoatlanishi mumkin bo‘lgan tizimning tuzilmaviy tashkillanishining tarzini tanlanadi; tuzilmaviy sintez ikkita bosqichdan tashkil topadi:
- elementli sintez, unda tizimning alohida elementlarining parametrlariga talablar aniqlanadi;
- topologik (konfiguratsion) sintez, unda tizim elementlarining o‘zaro ishlash usuli aniqlanadi, ya’ni tizim topologiyasi(konfiguratsiyasi);
- funksional sintez, unda tizimning harakatlanish tartibi (usuli) tanlanadi;
- yuklama sintezi, unda tizimni berilgan sifat bilan harakatlanishini ta’minlovchi yuklama parametrlariga talablar aniqlanadi.
Sintezning aytilgan har bir bosqichida tizimning tuzilmaviy, funksional tashkillanishini yoki tizimga qo‘yiladigan yuklamani xarakterlovchi parametrlarning tegishli to‘plamining qiymatlari belgilanadi. Bunda parametrlarni qiymatlari butun tizimga nisbatan emas, balki faqat sintezlashning har bir bosqichida hisobga olinuvchi omillarga nisbatan optimallashtiriladi. Shuning uchun ko‘p bosqichli sintezlash yaqinlashtirilgan optimal yechimlarni olishga imkon beradi, ulaning sifati sintezlangan tizimni batafsil tahlil qilish yo‘li bilan tekshiriladi.
Sintezlashda ob’ektning kerakli xarakteristikalari beriladi, berilgan xarakteristikalarni ta’minlovchi modelni hosil qilish kerak. Agar eng yaxshi tuzilma va parametrlar aniqlansa, sintez optimallashtirish deb aytiladi, vaziyatga qarab tuzilmaviy yoki parametrik turlarga ajratiladi. Sintez bosqichlari:
1) tadqiqot modelini yaratish;
2) bu modelni tahlil qilish va uning funksiyalarini aniqlash;
3) olingan natijalarni qo‘yilgan talablar bilan taqqoslash.
Agar natija va talablar mos kelmasa, boshidan sintezlashtirish kerak, ya’ni jarayon iteratsiyali.



Yüklə 14,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin