Modellarni parametrlash
Murakkab tizimlarni nazariy tadqiqotlari tadqiqot maqsadini tashkil qiluvchi natijalarni olish uchun tadqiqot ob’ektini zarur va yetarli bo‘lgan shaklda aks ettiruvchi modellardan foydalanishga asoslanadi. Har qanday model va unga mos keluvchi tizim miqdor tomondan kattaliklar to‘plami yordamida tasniflanadi, bu kattaliklar parametr va xarakteristikalarga bo‘linishi mumkin. Modelning parametr va xarakteristikalar tarkibi o‘rganilayotgan tizimning parametr va xarakteristikalar tarkibi bilan belgilanadi va ideal holatda ular bir xil bo‘ladi. Umumiy xollarda model va tizimning parametr va xarakteristikalar tarkiblari farqlanadi, chunki birinchisida ular model yaratilishida ishlatilgan matematik apparat atamalarida ifodalanadi, tizimning parametr va xarakteristikalari esa tizim mansub bo‘lgan amaliy sohaning atamalarida ifodalanadi. Umumiy xolda tizim va model parametr va xarakteristikalari farqlanishi sababli ularni shunga mos xolda tizimli va modelli deb aytishadi.
Tizimli va modelli parametr va xarakteristikalarning tarkibi va nomenklaturasi umumiy xolda farqlanishi uchun tizimli va modelli parametr va xarakteristikalar qiymatlari o‘rtasida tenglikni o‘rnatishga zaruriyat tug‘iladi, va bu modelni parametrlash bosqichida bajariladi.
Modellashtirish vazifalari
Modellashtirish murakkab tizimlarni tadqiqot qilish jarayoni sifatida umumiy xolda quyidagi o‘zaro bog‘langan masalalarni yechimini nazarda tutadi:
• modelni ishlab chiqish;
• tizim xarakteristikalarini tahlil qilish;
• tizimni sintezlash;
• sintezlangan tizimni batafsil tahlilini bajarish.
Modelni ishlab chiqish
Modelni ishlab chiqish modelni atamalarda ifodalovchi aniq matematik apparatni tanlash va tizimning tuzilmaviy-funksional tashkillanishining mumkin bo‘lgan variantlarini aks ettiruvchi o‘rganilayotgan tizimning modeli yoki modellar to‘plamini qurishdan iborat bo‘ladi. Modelni ishlab chiqish jarayonida tanlangan matematik apparat atamalarida modelning parametr va xarakteristikalarini tarkib va ro‘yxatini aniqlash va ularing o‘rganilayotgan tizimning parametr va xarakteristikalari bilan o‘zaro aloqasini o‘rnatish kerak, ya’ni model parametrlanishini bajarish kerak.
Dostları ilə paylaş: |