Aloqa tizimlarini modellashtirish va simulyatsiyalash


Sintezlangan tizimni batafsil tahlil qilish



Yüklə 14,29 Mb.
səhifə7/11
tarix14.12.2023
ölçüsü14,29 Mb.
#176791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
IL2

Sintezlangan tizimni batafsil tahlil qilish

Sintezlangan tizimni batafsil tahlili tizimli loyihalash masalasini yechimini va sintezlash natijasida olingan tizimning parametrlarini baholash maqsadida, xamda tizimning chegaraviy imkoniyatlarini aniqlash, tizimdagi tor joylarni topish va b.lar uchun bajariladi.


Sintezlash masalasi odatda yechimni osonlashtiruvchi tahmin va farazlardan foydalanuvchi modellarda yechilishini hisobga olib xarakteristikalarning aniq qiymatlarining faktga assoslangan samaradorligini aniqlash maqsadida bajariluvchi sintezlangan tizimning tahlili odatda batafsilroq modellar asosida bajariladi, bu modellar sifatida ko‘proq imitatsion yoki aralash (kombinatsiyalashgan) (masalan, analitik-imitatsion) modellar ishlatiladi.
Modellashtirish usullari

Maqsadlariga ko‘ra modellashtirish ikkita qatlamda bajarilishi mumkin:


sifat;
miqdor.
Shunga qarab modellar quyidagicha ishlatiladi:
tasviriy(ko‘rgazmali);
konstruktiv.
Matematik modellashtirish odatda miqdoriy qatlamda konstruktiv modellardan foydalanib bajariladi. Harakatlanishi diskret xarakterga ega bo‘lgan texnik tizimlarni tadqiqot qilishda matematik modellashtirishning quyidagi usullari keng qo‘llaniladi:
• analitik (ehtimollik nazariyasining, ommaviy hizmat ko‘rsatish nazariyasining, tasodifiy jarayonlar nazariyasining apparati, optimallash usullari va b.;
• sonli (xarakteristikalarni parametrlardan analitik bog‘lanishlarini aniq ko‘rinishda olish mumkin bo‘lmagan holatlarda yakuniy natijalarni sonli shaklda olish uchun sonli tahlil usullaridan foydalanish);
statistik yoki imitatsion (statistik tajribalar usuliga asoslangan va maxsus dasturiy vosita va modellashtirish tillaridan foydalanishni ko‘zda tutgan EHMdagi tadqiqotlar: GPSS [4, 18], AnyLogic, SIMULA, IMSS[11] va b.).
• aralash.
Analitik usullar

Analitik usullar matematik modelni matematik belgi va munosabatlar ko‘rinishida qurish deganidir, bunda kerak bo‘lgan bog‘lanishlar matematik modeldan matematik qoidalarni ketma-ket qo‘llash yo‘li bilan chiqariladi. Analitik usullarning afzalligi yechimni aniq analitik shaklda olish mumkinligida bo‘lib, o‘rganilayotgan tizimda bajarilayotgan jarayonlarni tizimning parametrlarini keng diapazondagi o‘zgarishlarida batafsil tahlilini bajarishga imkon beradi. Analitik shakldagi natijalar sintezlash bosqichida tizimning tuzilmaviy-funksional tashkillanishining optimal variantlarini tanlash uchun asos bo‘ladi. Analitik usullarning kamchiligi – matematik modellarni qurish jarayonida bir qator tahmin va farazlarga yo‘l qo‘yilishi va ba’zi xollarda analitik shakldagi tenglamalarni aniq yechimga ega emasligi, integralligi, funksiyalar uchun dastlabki shakllari yo‘qligi va b. masala yechimi topilmasligidir. Bu xollarda sonli usullar keng qo‘llaniladi. Analitik usullarni quydagilarga ajratish mumkin:


• aniq;
• yaqinlashtirilgan;
• evristik.
Sonli usullar

Sonli usullar sonlar ustida bajariluvchi amallarning yakuniy ketma-ketligini qurishga asoslanadi. Sonli usullarni ishlatish matematik amal va nisbatlarni tegishli sonlar ustidagi amallarga almashtirishga tenglashtiriladi, masalan, integrallarni yig‘indilarga, cheksiz yig‘indilarni – chekli va x. Sonli usullarni qo‘llashning natijasi ob’ektning xususiyatlarini ochib beruvchi bog‘lanishlar jadval va grafiklari bo‘ladi. Natija aniq ko‘rinishda olinishi mumkin bo‘lmagan xollarda sonli usullar analitik usullarining davomchisi bo‘ladi. Sonli usullar analitik usullarga nisbatan kengroq doiradagi masalalarni yechishga imkon beradi.





Yüklə 14,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin