Statistik usullar
Matematik modelning tahlili, hatto sonli usullar yordamida ham natija keltirmagan holatlarda imitatsion model yaratiladi, unda virtual muhitda bo‘lib o‘tayotgan jarayonlar tegishli elementlarning kirish va chiqishlarning qiymatlarini taqdim etuvchi sonlar ustidagi amallar ketma-ketligi sifatida tasniflanadi. Imitatsion model alohida elementlarning xususiyatlarini yagona tizimga birlashtiradi. Imitatsion model yaratuvchi hisoblarni bajarib alohida elementlarning xususiyatlari asosida butun tizim xususiyatlarini aniqlashi mumkin. Imitatsion modellarni qurishda statistik tajribalar usuli (Monte-Karlo usuli) keng ishlatiladi. Imitatsion modellarni statistik tajribalar usuli yordamida qurish va tahlil qilish protsedurasi statistik modellashtirish deb nomlanadi. Statistik modellashtirish modellashtiriluvchi tizim xususiyatlari haqida statistik ma’lumotlarni olish jarayonidir. Statistik modellashtirishning afzalligi uning universalligidir, u ihtiyoriy murakkablikdagi tizimlarni istalgan batafsillik darajasida tahlilini prinsipial imkonini kafolatlaydi. Statistik modellashtirishning kamchiligi – modellashtirish jarayonining sermashaqqatligi va natijalarning xususiy xarakterda ekanligi, bunda bog‘lanishlar ochilmaydi, alohida nuqtalarda aniqlanadi xolos. Statistik modellashtirish analitik va sonli usullarining xatoliklarini baholash uchun keng ishlatiladi.
Aralash usullar
Aralash usullar yuqorida aytilgan usullarni kombinatsiyasi bo‘ladi, xususan:
• sonli-analitik, ularda natijalar qismi sonli olinadi, qolgani esa analitik bog‘lanishlardan foydalanib;
• analitik-imitatsion, imitatsion modellashtirish analitik usullar bilan to‘ldiriladi, imitatsion modellashtirish natijalarini statistik qayta ishlash yo‘li bilan topilgan bitta yoki bir nechta xarakteristikalarning qiymatlari bo‘yicha analitik bog‘lanishlar asosida qator xarakteristikalarning qiymatlarini aniqlash evaziga modellashtirish vaqtini kamaytirishga imkon yaratiladi.
Dostları ilə paylaş: |