amaliyotga asoslangan.
Ishlab chiqarish hajmi va mehnat unumdorligini baholash natijalari joylardagi haqiqiy holatga
mos kelmaydi.
Aniq va ishonchli ma’lumotlarning yetishmasligi yangi normativ-huquqiy
hujjatlar ishlab
chiqilishini, shuningdek, ularning sohaga ta’sirini obyektiv baholash imkonini bermaydi.
Ishonchli marketing ma’lumotlarining yetishmasligi fermerlar va boshqa agrobiznes
subyektlari tomonidan biznes rejalarni ishlab chiqishda yoki faoliyatini to‘g‘ri
rejalashtirishda
mavjud va o‘zgaruvchan bozor imkoniyatlaridan foydalanishni sezilarli darajada cheklamoqda.
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘i holatini aks ettiruvchi ishonchli statistik ma’lumotlarni
yig‘ish, qayta ishlash va tarqatish tizimiga investitsiyalarning jalb qilinishi davlat va xususiy sektor
rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mazkur ustuvor yo‘nalishning asosiy maqsadi bo‘lib, ishonchli statistik ma’lumotlarni to‘plash,
taqqoslash va tarqatish tizimini takomillashtirish hisoblanadi.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari statistikasini rivojlantirishning
aniq rejasini qabul
qilish;
asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning iqtisodiy ko‘rsatkichlari
(xarajat, daromad, foyda, rentabellik) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, taqqoslash va chop etish;
“Aqlli qishloq xo‘jaligi”ni rivojlantirish davlat dasturini ishlab chiqish;
mahsulot yetishtirish samaradorligi, tarmoqlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash,
mehnat
qonunchiligi, soliqqa tortish, kreditlash va boshqa zarur ma’lumotlarni
qamrab olgan
fermer xo‘jaligini yuritish ma’lumotnomasini (spravochnik) chop etish;
yirik mahalliy ishlab chiqaruvchilar va qayta ishlovchilar to‘g‘risida ma’lumot va axborotlar
katalogini chop etish;
sohada amalga oshirilgan choralar va erishilgan natijalar hamda davlat siyosatining istiqbolli
choralarini o‘zida qamrab olgan qishloq xo‘jaligining yillik hisobotini (Agriculture annual report)
chop etish;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida milliy tizim va xizmatlarni
rivojlantirish uchun
ma’lumotlar almashinuvi platformalarida hamda xalqaro forumlarda faol ishtirok etish;
qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishni (Agriculture census) o‘tkazish;
qishloq xo‘jaligi hayvonlarini identifikatsiyalash, ularning harakatini kuzatish va monitoring
qilish tizimini joriy etish.
Dostları ilə paylaş: