moliyaviy va kredit dasturlari (3,5 mlrd AQSh dollardan ortiq) va davlatning yirik investitsiya
dasturlari yoki strategik rejalashtirish jarayonlari o‘rtasida aloqa mavjud emas.
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun quyidagi yo‘nalishlardagi davlat dasturlari va
xizmatlariga ajratilayotgan budjet mablag‘lari miqdorini qayta ko‘rib
chiqish hamda moliyalash
tizimini takomillashtirish lozim bo‘ladi:
atrof-muhitni muhofaza qilish, tuproq unumdorligini oshirish va suv tejovchi texnologiyalarni
joriy etish;
oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, hayvonlar kasalliklariga qarshi kurash,
veterinariya va
fitosanitariya xizmatlari;
birlashmalarning turli shakllarini qo‘llab-quvvatlash (kooperativlar, klasterlar, ishlab chiqarish
birlashmalari);
statistik ma’lumotlarni yig‘ish va agrar bozorlar monitoringini yuritish tizimini
takomillashtirish, bozor va transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish;
qishloq xo‘jaligi sohasidagi amaliy tadqiqotlar va izlanishlar, ta’lim
va bilimlarni tarqatish
tizimini rivojlantirish.
Mazkur yo‘nalishning asosiy maqsadi agrar siyosatning yangi ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq
asosiy davlat xizmatlarini ko‘rsatish va tarkibiy o‘zgarishlar dasturlarini amalga oshirishga
yo‘naltiriladigan qishloq xo‘jaligiga ajratilayotgan davlat moliyaviy resurslarini bosqichma-bosqich
qayta taqsimlash orqali mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish hisoblanadi.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish uchun xarajatlar taqsimotini qayta ko‘rib chiqib,
ilmiy-
tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari va qishloq xo‘jaligi bilimlarini tarqatish tizimi, axborot va
maslahat xizmatlari uchun ajratiladigan mablag‘lar hajmini oshirish;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘i bilan bog‘liq bo‘lgan
barcha budjetdan tashqari
jamg‘armalar faoliyatini to‘liq auditdan o‘tkazish va ko‘rsatilayotgan xizmatlarni xususiy sektorga
berish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
o‘rta muddatli budjet dasturlarini samarali amalga oshirish maqsadida xalqaro texnik ko‘mak
mablag‘laridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha dasturlarni joriy etish;
qishloq xo‘jaligi sohasida soliqqa tortish tizimini chuqur tahlil qilish va qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga soliq yukini kamaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni
ishlab chiqish.
Dostları ilə paylaş: