maqsadli bozorlar to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash jarayonida, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat
mahsulotlari savdosini ilgari surishda O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalarining rolini
oshirish;
o‘simlik navlari mualliflari huquqlarini (shu jumladan, patent sinovlarini) muhofaza qilish
tizimini takomillashtirish;
agrologistika markazlari negizida yagona savdo tizimini (auksion va birja savdolari asosida)
joriy etish;
qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni
takomillashtirish, yangi ekin turlarini saqlash maqsadida Milliy genlar bankini yaratish;
qishloq xo‘jaligini standartlashtirish markazi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar turlarini
takomillashtirish;
paxta xomashyosi yetishtirish va paxta-to‘qimachilik sohasida bozor mexanizmlarini keng joriy
etish;
O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha xalqaro konvensiyaga (IPPC) qo‘shilish;
dehqon xo‘jaliklari faoliyatini kengaytirishni rag‘batlantirish maqsadida yer uchastkalarini
imtiyozli shartlarda ajratish tartibini ishlab chiqish;
xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilgan holda genetik modifikatsiyalangan ekinlar
navlarini sinash uchun maxsus laboratoriya tashkil qilish;
savdo infratuzilmasi va agrologistika markazlari, oziq-ovqat xavfsizligi laboratoriyalari,
sanitariya va fitosanitariya tizimi, zarur uskunalar va inventarlar uchun investitsiyalar jalb qilishni
yanada rag‘batlantirish;
o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha xalqaro konvensiya va boshqa xalqaro standartlarga
muvofiq pestitsidlarni va pestitsidlarning ruxsat etilgan maksimal miqdorlarini (MRL) ro‘yxatga
olish, eksport qiluvchilar va ishlab chiqaruvchilarni axborot bilan ta’minlash tizimini
takomillashtirish;
urug‘chilik va meva-sabzavotchilik sohasi ilmiy-tadqiqot institutlarining moddiy-texnik
bazasini modernizatsiya qilishga xalqaro moliya institutlari grantlari hamda texnik ko‘mak
mablag‘larini jalb qilish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida kooperatsiyani rag‘batlantirish
hamda ularni ichki va tashqi bozorlarda zamonaviy ishlab chiqarish-sotish zanjiriga integratsiya
qilish choralarini ishlab chiqish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va bu sohada xizmat ko‘rsatishni
muvofiqlashtirish, tezkor qarorlar qabul qilish va tarmoq siyosatini shakllantirish bo‘yicha
muzokaralarda ishtirok etuvchi birlashmalarni (kooperativlar va boshqalar) tashkil etish;
qishloq xo‘jaligi birlashmalari, fermer va dehqon xo‘jaliklarining qayta ishlash sanoati
korxonalari (shu jumladan klasterlar) bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlash;
agrar sohada kichik tadbirkorlikni rivojlantirish va faoliyatini diversifikatsiya qilishni qo‘llab-
quvvatlash uchun tajriba — sinov tariqasida investitsiyaviy dasturlarni amalga oshirish;
meva-sabzavotchilik va chorvachilik tarmoqlarini baholash natijalariga ko‘ra (dastlab ko‘p yillik
ma’lumotlar va bozor tendensiyalari tahlili asosida eksport qilinuvchi asosiy 10 — 15 ta mahsulot turi
bo‘yicha) eksportni oshirish strategiyasini ishlab chiqish;
oziq-ovqat xavfsizligi va sifatini nazorat qilish tizimini modernizatsiya qilish.
Dostları ilə paylaş: