I. Aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash
Oziq-ovqat xavfsizligi keng
qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy, demografik va ekologik omillarga
bog‘liq bo‘lib, mamlakat rivojlanishining asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.
Oziq-ovqat xavfsizligining to‘rt tarkibiy qismlari (oziq-ovqatning mavjudligi,
uni xarid qilish
qobiliyati, undan foydalanish va uning barqarorligi) bo‘yicha oziq-ovqat xavfsizligining davlat
siyosati ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
Aholi sonining o‘sishi, er, suv va energiya resurslariga bo‘lgan talabning ortishi,
shuningdek,
iqlimning keskin o‘zgarishi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga ta’sir etuvchi asosiy omillardir.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha bir qator
choralar amalga oshirilishi natijasida O‘zbekiston dunyoda egallagan o‘rnini mustahkamlashga
erishdi va bosqichma-bosqich global reytinglarda o‘z mavqeyini yaxshilab oldi. O‘zbekiston
Respublikasi 2018-yilda Global ochlik indeksi bo‘yicha 119 mamlakat orasida 52-o‘rinni egallab, 12,1
ko‘rsatkich bilan “mo‘tadil” darajaga erishdi.
Biroq, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami uchun oziq-ovqat mahsulotlari ta’minoti
barqarorligiga
erishish, kam daromadli oilalarning xarid qobiliyatini oshirish, mahsulotlar narxi va
miqdori keskin o‘zgarishining oldini olish hal etilishi zarur bo‘lgan muammolardan hisoblanadi.
Mazkur ustuvor yo‘nalishning asosiy maqsadi — respublikaning
barcha aholisi oziq-ovqat
xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan davlat siyosatini ishlab chiqish va uni samarali amalga
oshirishdan iborat.
Ustuvor yo‘nalish aholini barqaror narxlardagi xavfsiz va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan
ta’minlashga qaratilgan. Bu esa O‘zbekiston Respublikasining barqaror
rivojlanish maqsadlariga
(BRM), shu jumladan BMTning 2-BRM “Ochlikka barham berish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash,
iste’molni yaxshilash va barqaror qishloq xo‘jaligini targ‘ib qilish”da belgilangan maqsadlarga
erishishga xizmat qiladi.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini oziq-ovqat bilan ta’minlash mexanizmlarini
takomillashtirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab
chiqaruvchilarini ijtimoiy
obyektlar bilan integratsiyalash;
boshoqli don yetishtirishda davlat intervension xaridlar tizimini joriy qilish, qishloq xo‘jaligi va
oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmidan bosqichma-
bosqich voz kechish hamda boshoqli donni kvota asosida bozor narxlarida sotib olish mexanizmini
joriy etish;
sog‘lom iste’mol madaniyatini targ‘ib qilish bo‘yicha uzoq muddatli dastur ishlab chiqish;
xalqaro darajada tan olingan uslubiyatlar va ilg‘or tajribalar asosida oziq-ovqat xavfsizligini
baholash tizimini joriy qilish hamda doimiy monitoring qilish;
ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulot turlari ishlab chiqarishni intensivlashtirishga
doir tarmoq
dasturlarini ishlab chiqish;
chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish, baliq va parranda go‘shti, shuningdek,
sut ishlab
chiqarishni barqaror intensivlashtirishga qaratilgan tadqiqot ishlarini olib borish.
Dostları ilə paylaş: