Amaldagi versiyaga o‘tish


V. Davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish



Yüklə 248,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/25
tarix13.09.2022
ölçüsü248,59 Kb.
#63626
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
PF-5853-сон 23.10.2019. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida

V. Davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish
Agrosanoat majmuidagi davlat organlarining funksiyalari asosan ishlab chiqarish jarayonlarini
boshqarishga yo‘naltirilgan va ularning ayrimlari xususiy sektorga o‘tkazilishi mumkin.
Meva-sabzavotchilik va chorvachilik sohalarida sezilarli o‘sish kuzatilishiga qaramasdan,
xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi, moddiy resurslar ta’minoti hamda ilmiy-tadqiqot va ta’lim
muassasalarining aksariyat qismi paxta xom-ashyosi va boshoqli don yetishtirishga mo‘ljallangan.
Xalqaro standart va talablarga javob beradigan zamonaviy va sifatli xizmat ko‘rsatish
infratuzilmasining yetishmasligi sohadagi muammolarni yanada murakkablashtirmoqda. Bu
birinchi navbatda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, veterinariya va fitosanitariya bilan bog‘liq
davlat xizmatlariga taalluqlidir.
Yangi bozorlarga chiqish uchun ishlab chiqaruvchilar va qayta ishlovchilarga sertifikatsiyalash
va maslahat xizmatlarini ko‘rsatuvchi xususiy sektorni rivojlantirish zarur.
Bugungi kunda davlat korxonalari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar monopol ko‘rinishga
ega bo‘lib, sohaga xususiy investitsiyalarni jalb qilish, resurslar bilan ta’minlash va marketing
xizmatlarini ko‘rsatishda raqobatni shakllantirishga salbiy ta’sir qilmoqda.
Agrar bozorning ehtiyojlarini qondira oladigan tizimlar, xizmatlar va muvofiqlashtirish
mexanizmlarini yaratish orqali mavjud institutsional tuzilmani qayta ko‘rib chiqish mazkur ustuvor
yo‘nalishning asosiy maqsadi bo‘lib hisoblanadi.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
qishloq xo‘jaligi vazirligini funksional baholash (Management Functional Assessment Model
— MFAM) va uning natijalari bo‘yicha yangi vakolat va faoliyat yo‘nalishlarini belgilash maqsadida
vazirlikning tuzilmasi va bo‘linmalari faoliyatini qayta ko‘rib chiqish;
Strategiyani amalga oshirishga mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish;
tarmoq vazirlik va idoralar faoliyatining samaradorligini baholash orqali rag‘batlantirish
mexanizmlarini ishlab chiqish hamda boshqaruv xodimlarning strategik va loyiha boshqaruvidagi
salohiyatini oshirish;
tarmoqda qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatish maqsadida davlat-xususiy sheriklik modelini
rivojlantirish;
sohaning manfaatdor tomonlari (davlat, xususiy va jamoat tashkilotlaridan iborat) forumini
tashkil etish;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasini rivojlantirish bo‘yicha Hukumat va hamkorlar (sohani
qo‘llab-quvvatlashga jalb etilgan barcha donorlar va xalqaro moliya institutlari) forumini tashkil
etish.

Yüklə 248,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin