Prognozlarga ko‘ra, kelgusi 30 yil mobaynida sug‘oriladigan yer maydonlari yana 20 — 25
foizga qisqarishi mumkin.
Yerdan foydalanish huquqining yetarli darajada kafolatlanmaganligi xo‘jaliklarni
boshqarish
samaradorligini oshirishga to‘sqinlik qilmoqda va investitsiyalarni jalb qilishni cheklamoqda.
Hozirgi vaqtda yer uchastkalarini taqsimlashning hamda yerdan foydalanuvchilar huquqlarini
himoya qilishning aniq va shaffof mexanizmlari to‘liq yaratilmagan.
Shuningdek, yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish nazarda tutilmaganligi qishloq
xo‘jaligi yerlarini nisbatan salohiyatli yerdan foydalanuvchilarga o‘tishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Mamlakat suv resurslarining qariyb 80 foizi transchegaraviy suv havzalari hisobiga
shakllanadi. Mazkur holat Markaziy Osiyoda, xususan O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini
barqaror boshqarish uchun mintaqaviy hamkorlikning muhimligini belgilaydi.
Mamlakatda
irrigatsiya tarmoqlarining 70 foizi filtratsiyaga qarshi qoplamaga ega emas, oqibatda suvning bir
qismi dalagacha yetkazish jarayonida yo‘qotilmoqda.
Mavjud irrigatsiya infratuzilmasi, nasos stansiyalarining katta qismi 30 — 40 yildan ortiq
foydalanilmoqda va rekonstruksiya yoki kapital ta’mirga muhtoj.
Hozirgi vaqtda sug‘oriladigan yerlarning faqatgina 1,7 foizida tomchilatib sug‘orish joriy
etilgan.
Dehqonchilikning irrigatsiyaga yuqori darajada bog‘liqligi sababli an’anaviy sug‘orish
uslublarini qo‘llashning davom etayotganligi hamda iqlim o‘zgarishi natijasida qurg‘oqchilikning
keskin kuchayishi bilan vaziyat yanada murakkablashishi mumkin.
Jahon resurslari institutining prognoziga ko‘ra, 2040-yilga borib O‘zbekiston suv tanqisligi eng
yuqori bo‘lgan 33 ta mamlakatning biriga aylanadi. Hosildorlikning kamayishi oziq-ovqat xavfsizligi
va to‘lov balansi uchun jiddiy salbiy
oqibatlarni keltirib chiqaradi, bu esa suv resurslarini barqaror
boshqarish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda resurstejamkor texnologiyalarni qo‘llash
zaruratini yuzaga keltiradi.
Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv yetkazib berish xarajatlarini qoplash mexanizmining
mavjud emasligi suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy qilishga to‘sqinlik qilmoqda.
Yevropa Ittifoqi Parlamentining suv bo‘yicha direktivasiga (2000/60/YI) mos yangi zamonaviy
suv qonunchiligining joriy qilinishi, kelgusida suv siyosatini tartibga soladigan zarur normativ-
huquqiy baza ishlab chiqilishini va suv resurslarini boshqarishning uyg‘unlashgan
uslublari joriy
qilinishini ta’minlaydi.
Mamlakat tabiiy resurslarining asosiy tarkibiy qismlaridan biri o‘rmon fondi yerlari bo‘lib, 11,1
mln gektarni yoki umumiy maydonning 25 foizini tashkil etadi. O‘rmon bilan qoplangan maydonlar
esa 3,2 mln gektarga (29 foiz) teng.
So‘nggi yillarda Hukumat tomonidan o‘rmon resurslarini boshqarishga alohida e’tibor
qaratilmoqda. 2017-yilda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tashkil etildi, o‘rmonlar maydonini 2,3 mln
gektarga kengaytirish, 12 ta yangi o‘rmon xo‘jaliklarini tashkil etish va moddiy-texnik bazasini
mustahkamlash bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Shuningdek, Orol dengizining qurigan sathida o‘rmonlar barpo qilish, himoya o‘rmonzorlar
maydonlarini kengaytirish, qishloq xo‘jaligi yerlarida shamoldan himoyalovchi yashil yo‘laklarni
ko‘paytirish, mukammal monitoring tizimini yaratish va ekologik ta’lim dasturlarini takomillashtirish
ishlari olib borildi.
Shu
bilan birga, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanish natijasida atrof-muhit va iqlim
uchun yuzaga keladigan salbiy oqibatlarni kamaytirishga qaratilgan qishloq xo‘jaligi va qishloq
hududlarining barqaror rivojlanishi uchun tabiiy resurslarni samarali boshqarish asosiy ustuvor
yo‘nalish bo‘lib hisoblanadi.
Mamlakatda minimal agroekologik standartlar mavjud bo‘lsada, ularning asosiy qismi eski
texnologiyalarga asoslangan. Qishloq xo‘jaligi amaliyotlarini ishlab
chiqishda ekologik omillar
hisobga olinmaydi.
Agroekologik amaliyotlarni yaxshilash va tabiiy resurslarni muhofaza qilish standartlari va
mexanizmlarini ishlab chiqishda ekologik omillarga integratsiya qilish talab etiladi.
Qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishda tabiiy resurslardan oqilona va samarali
foydalanishni ta’minlash hamda atrof-muhitni muhofaza qilish mazkur ustuvor yo‘nalishning asosiy
maqsadi bo‘lib hisoblanadi.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
maqbul qishloq xo‘jaligi va ekologik amaliyotni (GAEP) ishlab chiqish va joriy etish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga mo‘ljallangan maqbul qishloq xo‘jaligi
va ekologik amaliyot (GAEP) tamoyillariga rioya etish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqish;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga maqbul qishloq xo‘jaligi va ekologik amaliyoti (GAEP),
shuningdek, agrar tadbirkorlikka maqbul ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) hamda boshqa sifat
standartlarini joriy etishga ko‘maklashish choralarini ko‘rish;
qishloq xo‘jaligida ekologiya va iqlim uchun xavfsiz amaliyotni targ‘ib qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Yer
kodeksiga
yerdan foydalanish huquqini himoya qilish
mexanizmini takomillashtirish va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini saqlab
qolgan holda dehqon xo‘jaliklari yerlarini vaqtincha foydalanish uchun berish tartibini joriy etish
hamda belgilangan tartibda yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar bekor qilinganda tutash
hududdagi yerdan foydalanuvchilar tomonidan dastlabki rad etish
huquqini nazarda tutuvchi
o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish;
2030-yilga qadar bir gektar maydonni sug‘orish uchun ishlatiladigan suv sarfini 20 foizga
kamaytirish;
mahalliy suv tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqaruvchilar va xaridorlarni davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish;
o‘rmon resurslarini boshqarish sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini
takomillashtirish;
iqlim o‘zgarishi ta’sirini oldini olish bo‘yicha harakatlar milliy rejasini qabul qilish;
tuproqni tahlil qilishning mobil laboratoriyalarini xarid qilish orqali tuproq-iqlim sharoitlaridan
kelib chiqqan holda o‘g‘itdan foydalanishning samarali amaliyotini joriy etib, tuproq unumdorligini
saqlash va oshirish;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni hisobga olishning kadastr tizimini takomillashtirish
hamda yerdan foydalanish va mulk huquqlarining hisobini yuritish uchun ko‘chmas mulkka egalik
huquqini hisobga olish tizimi bilan yagona axborot tizimini birlashtirish;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning kadastr bahosini aniqlash tizimini qayta ko‘rib
chiqish;
suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish;
smart texnologiyalaridan (mini o‘lchov stansiyalari va “aqlli tayoqcha”)
foydalangan holda
qishloq xo‘jaligida suv bilan ta’minlash xarajatlarini qoplash tartibini ishlab chiqish;
o‘rmon resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish;
o‘rmon resurslarini baholash va uning monitoringini yuritishning zamonaviy usullarini joriy
etish;
bozor bahosida o‘rmon resurslarining hisobini yuritishni ta’minlovchi mezonlar va
ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish;
biologik xavfsizlikni ta’minlash, qishloq xo‘jaligida tabiiy resurslar, pestitsidlar va kimyoviy
vositalardan foydalanishni nazorat qilish borasida institutsional salohiyatni mustahkamlash;
ekotizim va biotoplarning holatiga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining ta’sirini
monitoring
qilish uchun Maqbul qishloq xo‘jalik va ekologik amaliyot (GAEP) asosida minimal ekologik
standartlar va talablarni ishlab chiqish;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning kadastr tizimini rivojlantirish, yer resurslarini
boshqarish sohasidagi muassasalarning imkoniyatlari va infratuzilmasini modernizatsiya qilish;
er va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda qishloq xo‘jaligiga xususiy
investitsiyalarni jalb etish maqsadida sug‘orish sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ishlab