mexanizmlari asosida amalga oshiriladi;
hududlar ixtisoslashtiriladi, bir joyda bir
xil mahsulotlarni yetishtirish, agroinnovatsion
g‘oyalarni joriy etish, hosildorlikni oshirish va mahsulot sifatini yaxshilashga sharoit yaratiladi;
paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirishda davlatning ishtirokidan bosqichma-bosqich
voz kechiladi;
paxta xomashyosi va boshoqli don mahsulotlari yetishtiruvchilari bilan qabul qiluvchilar
o‘rtasida mahsulot hajmiga qarab shartnoma tuzish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
erlarning turiga qarab yuqori hosil beruvchi ekinlar yetishtiruvchilar
tomonidan mustaqil
joylashtiriladi;
mayda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va yerlardan oqilona
foydalanish imkoniyati yaratiladi;
sifatli raqobatbardosh meva va sabzavotlarni ishlab chiqarish, saqlash, chuqur qayta ishlash va
eksport o‘sishi barqarorligini ta’minlashga erishiladi;
ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasi amalga oshiriladi;
kadrlar tayyorlashda oliy va o‘rta ta’lim o‘rtasida uzviy aloqadorlik ta’minlanadi;b
ilmiy-tadqiqot muassasalarining moddiy-texnik bazasi yaxshilanadi, laboratoriya jihozlari
yangilanadi, xodimlarning malakasi oshiriladi;
qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari o‘zini o‘zi moliyalashtirishga o‘tkaziladi;
boshoqli donni birja savdolarida cheklovlarsiz
sotilishiga imkon yaratiladi, davlat xaridlari
kamaytiriladi;
boshoqli don bozorida intervension mexanizmlar joriy etiladi;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hosildorligi va raqobatbardoshligi ortadi;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga maqbul qishloq xo‘jaligi va ekologik amaliyoti (GAEP),
agrar tadbirkorlikka maqbul ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) va boshqa sifat standartlari joriy
etiladi;
qishloq xo‘jaligida xizmat ko‘rsatishning shaffoflik va raqobatga
asoslangan bozor xizmatlari
rivojlanadi;
qishloq xo‘jaligida o‘rtacha mehnat unumdorligi 1,7 barobar oshadi;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha qo‘shimcha 3,4 mln tonna quvvat
yaratiladi;
mahsulotlarni qayta ishlash ko‘rsatkichi 30 foizga yetkaziladi (2030-yilga qadar eksport hajmi
20 mlrd AQSh dollariga yetkaziladi).
O‘zbekiston Respublikasi qishloq
xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 —
2030-yillarga mo‘ljallangan
strategiyasiga
1-ILOVA
Dostları ilə paylaş: