Mavzu: MathCAD dasturining interfeysi. Funksiyalar. Grafika.
IV-BOB
AMALIY DASTURLASH PAKETLARI. MATHCAD DASTURI.
MATHCAD DASTURI INTERFEYSI. MATEMATIK IFODALAR. GRAFIKA
1.1. Mathcad imkoniyatlari va uning interfeysi
Zamonaviy kompyuter matematikasi matematik hisoblarni avtomatlashtirish uchun butun
bir birlashtirilgan dasturiy tizimlar va paketlarni taqdim etadi. Bu tizimlar ichida Mathcad oddiy,
etarlicha qayta ishlangan va tekshirilgan matematik hisoblashlar tizimidir.
Umuman olganda Mathcad – bu kompyuter matematikasining zamonaviy sonli usullarini
qo’llashning unikal kollekцiyasidir. U o’z ichiga yillar ichidagi
matematikaning rivojlanishi
natijasida yig’ilgan tajribalar, qoidalar va matematik hisoblash usullarini olgan.
Mathcad paketi muхandislik hisob ishlarini bajarish uchun dasturiy vosita bo’lib, u
professional matematiklar uchun mo’ljallangan. Uning yordamida o’zgaruvchi va o’zgarmas
parametrli algebraik va differensial tenglamalarni echish, funksiyalarni tahlil qilish va ularning
ekstremumini izlash, topilgan echimlarni tahlil qilish uchun jadvallar va grafiklar qurish mumkin.
Mathcad murakkab masalalarni echish uchun o’z dasturlash tiliga ham ega.
Mathcad interfeysi Windowsning barcha dasturlari intefeysiga o’хshash.
Mathcad ishga
tushurilgandan so’ng uning oynasida bosh menyu va uchta panel vositasi chiqadi: Standart
(Standart), Formatting (Formatlash) va Math (Matematika). Mathcad ishga tushganda avtomatik
ravishda uning ishchi hujjat fayli Untitled 1 nom bilan ochiladi va unga Workshet (Ish varag’i)
deyiladi. Standart (Standart) vositalar paneli bir necha fayllar bilan ishlash uchun buyruqlar
to’plamini o’z ichiga oladi. Formatting (Formatlash) formula va matnlarni formatlash bo’yicha bir
necha buyruqlarni o’z ichiga oladi. Math (Matematika) matematik vositalarini o’z
ichiga olgan
bo’lib, ular yordamida simvollar va operatorlarni hujjat fayli oynasiga joylashtirish uchun
qo’llaniladi. Quyidagi rasmda Mathcadning oynasi va uning matematik panel vositalari
ko’rsatilgan (4.1-rasm):
Colculator (Kolkulyator) – asosiy matematik
operatsiyalar shabloni; Graph (Grafik) –
grafiklar shabloni; Matrix (Matritsa) – matritsa va matritsa operatsiyalarini bajarish shabloni;
Evluation (Baholash) – qiymatlarni yuborish operatori va natijalarni chiqarish operatori; Colculus
(Hisoblash) –
differensiallash, integrallash, summani hisoblash shabloni; Boolean (Mantiqiy
operatorlar) – mantiqiy operatorlar; Programming (Dasturlashirish) – dastur tuzish uchun kerakli
modullar
yaratish opreatorlari; Greek (Grek harflari) - Symbolik belgililar ustida ishlash uchun
operatorlar.
4.1-rasm. Mathcad paketi oynasi va uning matematik panel vositalari.
4.
2. Matematik ifodalarni qurish va hisoblash
Boshlang’ich holatda ekranda kursor krestik ko’rinishda bo’ladi.
Ifodani kiritishda u
kiritilayotgan ifodani egallab olgan ko’k burchakli holatga o’tadi. Mathcadning har qanday
operatorini kiritishni uchta usulda bajarish mumkin:
• menyu buyrug’idan
foydalanib;
• klaviatura tugmalaridan foydalanib;
• matematik paneldan foydalanib.
O’zgauvchilarga qiymat berish uchun yuborish operatori “:=” ishlatiladi. Hisoblashlarni
amalga oshirish uchun oldin formuladagi o’zgaruvchi qiymatlari kiritiladi, keyin matematik ifoda
yozilib tenglik “=” belgisi kiritiladi, natijada ifoda qiymati hosil bo’ladi.
Oddiy va matematik ifodalarni tahrirlashda menyu standart buyruqlaridan foydalaniladi.
Tahrirlashda klaviaturadan ham foydalanish mumkin,
masalan
• kesib olish – Ctrl+x;
• nusхa olish – Ctrl+c;
• qo’yish – Ctrl+v;
• bajarishni bekor qilish – Ctrl+z.