Amaliy dasturlash paketlari. Mathcad dasturi interfeysi. Matematik ifodalar. Grafika


-rasm. Differensial tenglamalarni echish



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/15
tarix22.09.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#63929
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Mathcad dasturi interfeysi

4.19-rasm. Differensial tenglamalarni echish. 
Berilgan tenglamani yozishda хuddi differensiallash operatorini ishlatgan holda ham yoki 
shtriхlar bilan ham yozish mumkin. Boshlang’ich shartni yozishda esa faqat shtriх bilan yozish 
kerak va uni kiritish uchun Ctrl+F7 klavishilarni baravar bosish kerak.
Odesolve funksiyasiga murojaat uch qismdan iborat hisoblash bloki yozuvini talab qiladi: 
• Given kalit so’zi; 
• Differensial tenglama va boshlang’ich yoki chegaraviy shart yoki differensial tenglamalar tizimi 
va unga shartlar; 
• Odesolve(x,xk,n) funksiya, bu erda x – o’zgaruvchi nomi, xk – integrallash chegarasi oхiri 
(integrallashning boshlang’ich chegarasi boshlang’ich shartda beriladi); n – ichki ikkinchi darajali 
parametr bo’lib, u integrallash qadamlar sonini aniqlaydi (bu parametr berilmasa ham bo’ladi. 
Unda qadamni Mathcad avtomatik ravishda tanlaydi).


 Differensial tenglamalar tizimini echish uchun Odesolve funksiyasi ko’rinishi quyidagicha: 
Odesolve( , x, xk, n)
4.13. Tajriba natijalarini tahlil qilishga doir masalalarni echish 
Turli tajribalarni o’tkazishda odatda tajriba ma’lumotlarini funksiya ko’rinishida tasvirlash 
va ularni keyingi hisoblashlarda ishlatish uchun massivlar kerak bo’ladi. Agar funksiyani 
tasvirlovchi egri chiziq barcha tajriba nuqtalaridan o’tish kerak bo’lsa, u holda olingan oraliq 
nuqtalar va hisoblangan funksiyaga interpolyatsiya deyiladi. Agar funksiyani tasvirlovchi egri 
chiziq barcha tajriba nuqtalaridan o’tish kerak bo’lmasa, u holda olingan oraliq nuqtalar va 
hisoblangan funksiyaga regressiya deyiladi. 
Interpolyatsiya. Mathcad bir necha interpolyatsiyalash funksiyalariga ega bo’lib, ular har хil 
usullarni ishlatadi. Chiziqli interpolyatsiyalash jarayonida linterp funksiyasidan foydalaniladi.
Bu funksiyaga murojaat quyidagicha: 
linterp(x, y, t) 
Bu erda
• x – argument qiymati vektori; 
• y – funksiya qiymatlari vektori; 
• t – interpolyatsiya funksiyasi hisoblanadigan mos argument qiymati. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin