4.14. Tashqi ma’lumotlar bilan bog’lanish Mathcad qayta ishlanadigan ma’lumotlar ko’p bo’lganda ularni fayllarga saqlash va qayta
o’qish imkonini ham yaratadi. Ma’lumotlarni Mathcad prn kengaytma nom bilan oddiy matnli fayl
qilib saqlaydi. Buning uchun WRITEPRN buyrug’ini berish kerak. Bu buyruq ko’rinishi
quyidagicha.
WRITEPRN(“fayl nomi”):= Masalan,
WRITEPRN(“DY”):=Y
Fayl nomini berishda uning kengaytma nomini berish shart emas.
Хuddi shunday, boshqa dasturda yaratilgan fayllardan ham, masalan, Excel
ma’lumotlaridan Fortranga, Fortrandan Matcad ga o’tkazish mumkin. Bu ishni teskarisiga ham
bajarish mukin.
To’g’ri burchakli matritsani yoki vektorni alohida faylga yozib olish uchun quyidagi
ketma-ketlikdagi amallarni bajarish kerak:
1. Standart vositalar panelidan Insert Function (funksiyani qo’yish) tugmasini bosib, muloqot
oynasini chiqarish.
2. Funksiyalar guruhidan File Access (Faylga ruхsat) tanlanadi.
3. Keyin WRITEPRN funksiyasi tanlanadi.
4. Paydo bo’lgan shablanga fayl nomi kiritiladi, keyin yuborish operatori (:=) teriladi va massiv nomi
kiritiladi. Bunda massiv elementi qiymatlari berilgan nom bilan .prn kengaytmada faylga yozilib
saqlanadi.
Biror bir faylda saqlanayotgan ma’lumotlarni Mathcadga o’qib olish uchun READPRN
buyrug’idan foydalaniladi .
Masalan, biror bir massiv elementi qiymatlari faylda saqlanayotgan bo’lsa, uni Mathcadga
qayidagicha o’qib olish:
1. Massiv nomini kiritiladi, keyin yuborish operatori (:=) teriladi.
2. Standart vositalar panelidan Insert Function (funksiyani qo’yish) tugmasini bosib, muloqot oynasi
chiqariladi.
3. Funksiyalar guruhidan File Access (Faylga ruхsat) tanlanadi.
4. Keyin READPRN funksiyasi tanlanadi.