Avtogarov: Garovga qo’yilatotgan transport vositalarini kompleks sug’urtalash sug’urta qoplamasi.
Sug‘urta qoplamasi yuridik shaxslarning transport vositalari (shu jumladan, unga o‘rnatilgan qo‘shimcha uskunalar) uchun, quyidagi hollarda taqdim etiladi:
Avtoulovning yo‘qolishi, shikastlanishi yoki o‘g‘irlanishi (o‘g‘irlik, talonchilik, bosqinchilik, yo‘l-transport hodisasi, jismlar urilishi, yong‘in, portlash, tabiiy ofatlar, uchinchi shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari, yaroqli ko‘rinishinini yo‘qotishi va boshqalar);
Yaroqli ko‘rinishini yo‘qotish - transport vositasiga yetkazilgan zarar miqdori transport vositasining sug‘urta qilingan miqdorining 5%idan oshmasa (uchinchi tomonlar ishtirokida sodir bo‘lgan avtohalokat, yong‘in, portlash va transport vositasini o‘g‘irlash natijasida sodir bo‘lgan holatlar bundan mustasno), YXHB dalolatnomasi talab etilmaydi.
Qoplash tartibi Transport vositasining yo‘qotilishi yoki o‘g‘irlanishida yetkazilgan zarar miqdorida, sug‘urta summasi doirasida franshizaning belgilangan miqdori olib tashlanranshizaning belgilangan miqdori olib tashlangan holda zarar qoplanadi.
Transport vositasiga zarar yetkazilganda transport vositasi ta’mirlab beriladi yoki belgilangan franshiza summasi olib tashlangan holda sug‘urta summasi doirasida litsenziyalangan baholovchining mashinaga yetkazilgan zarar uchun hisob-kitobi miqdorida sug‘urta qoplamasi to‘lab berilar ekan.
Franshiza
Zararning qoplanmaydigan qismi;
Franshiza miqdori qancha katta bo‘lsa, bizning xizmatlarimiz uchun shuncha kam pul to‘laysiz;
Sug'urta qoplamasini to'lab berishda franshiza miqdori chiqarib tashlanar ekan.
Sug’urta summasi Yo‘qotish, shikastlanish yoki o‘g‘irlikda — avtomobilning haqiqiy balans qiymati yoki bozor qiymatiga muvofiq belgilanar ekan.