AMALIY ISH №10 MAVZU: Putur etkazmasdan nazorat turlarining qisqacha tavsifi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish. Integral sxemalar va yarimo’tkazgichli asboblar bazasida yaratilgan zamonaviy asboblar fizik-texnologik nuqtai nazaridan murakkab struktura kabi nomoyon bo’ladi, ya’ni yarimo’tkazgichlardan, dielektriklardan, metall va rezistiv qatlam yoki plyonkalardan tashkil topgan bo’lib ularda modda almashinish jarayonlari (diffuziya, elektrdiffuziya), turli metallarni o’zaro va atrof muxit bilan kimyoviy tasirlashuvlari (oksidlanish reaktsiyalari, almashinish, qayta tiklanish va x.k.), kristallik strukturani o’zgarishi (kristallanish, kristalsizlanish) ro’y beradi. SHu vaqtning o’zida asbob konstruktsiyasining detallarida issiqlik almashinish, magnit va elektr maydon paydo bo’lishi, plastik va qattiqdeformatsiyalar ro’y berish jarayonlari kechadi. Bu jarayonlar qaytuvchan va qaytmas xarakterga ega.
Agar mahsulotga ta’sir qilayotgan ta’sirlarni olib tashlansa uning parametrlari dastlabki parametrlarga qaytsa bunday jarayonni qaytuvchan jarayon deb nomlaymiz. Agar mahsulotga ta’sir qilayotgan ta’sirlarni olib tashlagandan so’ng dastlabki xolatga qaytmasa, bunday mahsulotning fizik strukturasida qaytmas jarayon yuz berganligini anglatadi. Real sharoitlarda asboblarda qaytuvchan va qaytmas jarayonlar yuz beradi. SHu vaqtning o’zida shuni yodda tutish kerakki konstruktsiya detallarining ayrimlarini yemirilishi va materiallarning eskirishi natijasida mahsulotning ishchi faoliyatini yo’qotilishi nostabillik yoki degradatsiyaga olib keladi. Eskirish so’zining ma’nosida – mahsulotni ekspluatatsiyasi, tashilishi va saqlanishi jarayonida material xususiyatining qaytmas o’zgarish jarayoniga aytiladi. Eskirish – bu asbob elementlarini bir – biri bilan ishqalanishi yoki elektr toki ta’siri ostida elementlarning maxsus buzilish ko’rinishi xisoblanadi.
Asboblar konstruktsiyasining detallarida va elementlarning fizik strukturasida ro’y berayotgan o’zgarishlar ta’siriga bog’liq. Ushbu ta’sirlar tabiati turlicha, chunki mahsulotni ekspluatatsiya sharoitlari xam turlicha bo’ladi. Ekspluatatsiya sharoimahsulottlariga ko’ra yer usti, kemadagi va samalyotdagi, shuningdek qatoriga kosmik mahsulotlarga ajratishimiz mumkin. mahsulotlarning stabil ishlashi ularning turli ta’sirlarga bardoshliligiga xam bog’liq.
Ta’sirlar klassifikatsiyasi.Mahsulotlarga ta’sir qilayotgan barcha ta’sirlarni tashqi va ichkilarga (5.1 - rasm) ajratishimiz mumkin.
Tashqi ta’sirlar – mahsulotni ekspluatatsiya rejimiga bog’liq emas va mahsulotni saqlash sharoiti, transportirovkasi va ekspluatatsiyasi bilan aniqlanadi.tashqi ta’sirlar tabiiy ta’sirlarga va ob’ekt ta’sirlariga bo’linadi, ularning tarkibida mahsulot xaqida ma’lumot mavjud bo’ladi. Tabiiy ta’sirlar deganda, ob’ekt joylashgan joydagi atrof muxit xolati sababi bilan kelib chiqadigan klimatik, biologik, kosmik va mexanik ta’sirlar yig’indisi tushuniladi.
5.1 – rasm. Mahsulotga ta’sir qilayotgan ta’sirlar klassifikatsiyasi.
Mahsulotni ekspluatatsiya sharoiti deganda mahsulotni ishlash sharoitiga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi ta’sirlar yig’indisi tushuniladi.
Mahsulot o’rnatilgan ob’ekt ta’siri, uning ishlashi bilan bog’liq. Bunday ta’sirlarga klimatik, mexanik, radiatsion va x.k.; elektr va magnit maydonlar kiradi. Sanab o’tilganlar ichida eng muximi mexanik ta’sir xisoblanadi.
Ichki ta’sirlar mahsulotni ishlash rejimi bilan aniqlanadiva yuklama bilan xarakterlanadi, misol uchun mahsulotni ishlashi bilan bog’liq bo’lgan elektr va mexanik ta’sirlar. Mahsulotlar zanjirlaridagi elektr signallarni o’zgartirishi va shakillantirishi kerakligi sababli kelib chiqadigan elektr yuklamalar mahsulotni eskirishiga olib keladigan issiqlik, elektr va elektr kimyoviy jarayonlarni uyg’otadi. Mexanik yuklamalar mahsulotlarda turli chiziqli kengayishga ega bo’lgan temperatura koeffitsientli materiallar birlashuvi bilan bog’liq. Ekspluatatsiya jarayonida ko’rib o’tilgan komponentlar yemirilad.