Kompyuterning ishlash prinsipi va tashkil etuvchilari
Ixtiyoriy kompyuterning ishlash prinsipini birinchi bo’lib ingliz olimi
Charlg’z Bebidj va uning g’oyasini mukammallashgan ko’rinishini Djon Fon
Neyman taklif qilgan. Uning prinsipi dastur asosida boshqariladigan avtomatik
ravishda ketma-ket ishlash g’oyasidan iborat. Hozirda ko’p rusumli kompyuterlar
shu g’oya asosida ishlaydi. Lekin keyingi paytlarda ko’p protsessorli kompyuterlar,
ya’ni bir vaqtda dasturning bo’laklarini ketma-ket emas, parallel bajaradigan
kompyuterlar ham yaratilganligini eslatib o’tish joizdir. Shunday qilib, kompyuter
avvaldan tuzilgan dastur asosida ishlaydi. O’z navbatida dastur qo’yilgan masalani
kompyuterda yechish uchun qandaydir dasturlash tilida yozilgan buyruqlar
(operatorlar) ketma-ketligidir. Dasturlash tilida tuzilgan dasturlar maxsus tarjimon
dasturlar yordamida kompyuter tiliga o’tkaziladi. Kompyuter tili 0 va 1 lardan
tashkil topgan, ma’lum qoidalar asosida yoziladigan ketma-ketliklardan iborat. Djon
Fon Neyman prinsipi bo’yicha avtomatik ravishda bajariladigan dastur avval
kompyuterning xotirasiga kiritiladi (yuklanadi). Xotirada turgan dastur asosida
dasturni tashkil etuvchi har bir operator ketma-ket bajariladi.
Boshqaruv qurilmasi deb ataluvchi maxsus qurilma hozir qanday operator
bajarilishi va undan keyin qaysi operator bajarilishi ustidan nazorat o’rnatadi va uni
bajarilishini ta’minlaydi. Amal (arifmetik-mantiqiy) esa protsessor deb ataluvchi
qurilmada bajariladi. Dastur ishlash natijasi to’g’ridan-to’g’ri ekranda yoki tashqi
qurilma (chop qiluvchi mexanizm, grafik chizuvchi qurilma, video qurilma va
boshqalar) deb ataluvchi qurilmada ko’rilishi mumkin. Odatda kompyuter ikki
qismdan: hardware (kompyuterni tashkil etuvchilari -
kompyuterning qattiq
qismlari
) va Software (kompyuterning dasturiy tahminoti -
kompyuterning yumshoq
qismlaridan
) tashkil topgan deyiladi.
1
M.Aripоv, A. Xaydarоv, N. Muxitdinоva. Algоritm asоslari va algоritmik tillar
(ma`ruzalar matni). Tоshkent,2000.
12
SHAXSIY KOMPYUTERLARNING TUZILISHI
shaxsiy kompyuterlar qo’yidagi asosiy qurilmalardan tashkil topgan:
-
tizim bloki;
-
monitor;
-
klaviatura;
-
sichqoncha.
IBM firmasiga taalluqli shaxsiy kompyuterlar, inglizcha IBM PC
kompyuterlari atamasida yuritiladi va ular hozirgi kunda eng keng tarqalgandir.
TIZIMLI BLOKI
Tizimli bloki odatda desktop (yassi) yoki town (minora)
ko’rinishida ishlab chiqariladi.
Kompyuterning asosiy qismlari tizimli blokida joylashgan
bo’lib, ular qo’yidagilardir (4-Rasm):
Tezkor xotira (RAM-Random Access Memory-ixtiyoriy kirish
mumkin bo’lgan) mikroprotsessor, qurilmalar nazoratchilari, (yahni kontrollerlar,
adapterlar, elektr manbai bilan tahminlash bloki), yumshoq disk yurituvchi qurilmasi
(FDD-Floppy Disk Driver), qattiq disk yurituvchi qurilmasi (hDD-hard Disk
Driver), faqat o’qish uchun mo’ljallangan (CD ROM-Compact Disk Read Only
Memory) yoki uning o’rniga hozirda ham o’qish ham yozish uchun hizmat qiladigan
lazer disk yurituvchi qurilmasi (CD RW yoki DVD RW) bo’lishi ham mumkin,
shinalar, modem va boshqa qurilmalar. Tizim blokiga uning parallel (LPT) va
ketma-ket (COM) portlari orqali ko’plab tashqi qurilmalarni ulash mumkin.
Mikroprotsessor. Mikroprotsessor kompyuterning amal bajaradigan qismi
bo’lib, u ma’lumotlarni berilgan dastur asosida qayta ishlaydi.
Mikroprotsessor 140 ta atrofida turli arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi.
IBM rusumli kompyuterlarda Intel tipidagi (shu nomli firma ishlab chiqqan)
mikroprotsessorlar ishlatiladi. Bu firma o’z faoliyati mobaynida Intel-8080, 80286,
80386, 80486, pentium, pentium pro (professional) mikroprotsessorlarni ishlab
chiqargan bo’lib, hozirda faqat zamon talablariga javob beradigan pentium-IV
protsessorlarini bozorga chiqarmoqda. Shuni aytish joyizki, bu protsessorlar faqat
13
Intel firmasida ishlab chiqarilishi shart emas. Uning litsenziyasi asosida bunday
mikroprotsessorlar, ishchi kuchi arzon bo’lgan, Janubiy- sharqiy Osiyo
mamlakatlarida ko’plab ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari,
Dostları ilə paylaş: |