Amaliy mashg’ulot №1 Mavzu: Zamonaviy o’quv-texnik vositalari tasnifi va ulardan samarali foydalanish



Yüklə 234,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix19.12.2023
ölçüsü234,26 Kb.
#186980
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-amaliy mashg‘ulot

Yordamchi
qurilmalar
Bundan tashqari har bir shaxsiy kompyuterga tashqi qurilmalar deb ataluvchi 
vositalarni ham ulash imkoni mavjud bo’lib ulardan ayrimlari bilan tanishib 
chiqamiz. 
Printer. Printerlar kompyuterda olingan natijalarni, dastur va berilganlarni 
bosmaga chiqarish uchun ishlatiladi. Printer yordamida matnlarni, grafiklarni, 


19 
rasmlarni rangli va rangsiz ko’rinishda bosmaga chiqarish mumkin. Printerlar 
asosan uch xil bo’ladi: 
matritsali, oqimli va lazerli

Matrisali printerlar nuqtalar yordamida bosmaga chiqaradi. Shuning uchun 
ham ularni nuqta-matrisali printerlar deb ham atashadi. Bunday printerlar nisbatan 
sekin ishlaydi, chop qilish sifati uncha yaxshi emas va chop qilish tezligi ham katta 
emas. Ular keng (A3) va oddiy (A4) chop etish formatiga ega. 24, 48 ignali (nuqtali) 
printerlar mavjud bo’lib, albatta ignalar soni ko’pligi yaxshi ekanligi tushunarlidir. 
Oqimli printerlar. Bunday printerlar maxsus (rangli va rangsiz) siyohlarni 
purkash yo’li bilan ishlagani uchun ular oqimli deb ataladi. Bu printerlarning turli 
ranglarda chop qilish sifati tiniq va ravshan bo’lib, ularning-kamchiligi siyohining 
tez tamom bo’lib qolishi va uning nozikligidir. Bu printerlar matnlarni nisbatan tez
grafik tasvirlarni esa sekinroq chop etadi. 
Lazer printerlar. Lazer printerlar ham sifati, ham tezligi 
jihatidan eng yaxshi printer hisoblanadi. Ular rangli va rangsiz 
bo’ladi.8-Rasm. 
Bunday printerlarning andozasi sifatida HEWLETT-PACKARD (HP) firmasi 
chiqaradigan HP LaserJet rusumli printerlar qabul qilingan. Lazer printerlarda chop 
etish juda qulay bo’lib, u tez (minutiga 8-15 hatto 40 varaqqacha) chop etishi 
mumkin. Ammo tabiiyki, bunday printerlarning narxlari nisbatan balandroqdir. 
Uning bir kamchiligi - unda ishlatiladigan toner rang va katrejning tez almashtirib 
turilishidadir. Uning bir toneri taxminan 1500-2500 varaqqa yetadi. Albatta bu 
raqam tejab ishlatishga bog’liq albatta. Shuning uchun lazer printerda chiqarilgan 
nusxani kseroks orqali ko’paytirish maqsadga muvofiqdir. 
Modem. Modem modulyatsiya, demodulyatsiya so’zlaridan olingan bo’lib, 
uzluksiz signallarni raqamli (modulyatsiya) va raqamli ma’lumotlarni uzluksiz 
(demodulyatsiya) signalga almashtirib beradigan qurilmadir. Uning asosiy vazifasi 
kompyuterlararo aloqani o’rnatishdir. U o’zining kommunikatsion dasturlariga ega 
bo’lib, bu dasturlar yordamida uzoq masofalarga ma’lumotlarni uzatishi va qabul 
qilishi mumkin. Modem ichki va tashqi bo’lishi mumkin. Hozirda ko’p 
kompyuterlar modem bilan birga sotilmoqda. 


20 
Skaner. Skaner-matn, grafika, tasvirlarni kompyuterga 
kiritishni avtomatlashtirish uchun xizmat qiluvchi qurilma. 9-
Rasm. U hozir asosan rangli ko’rinishda chiqarilayapti. Uning 
andozasi sifatida HP (hewlett packard) firmasi ishlab chiqaradigan HP Scanjet 
rusumli skanerlar qabul qilingan. Uning asosiy tavsifi ma’lumotlarni aniq, tiniq, 
lozim bo’lgan rangda (xususan qora rangli) ko’rinishda chiqarish qobiliyatidir. 
Ushbu tasvirlash qobiliyati gorizontal va vertikal chiziqlardagi nuqtalar (piksellar) 
soni orqali belgilanadi. 
Skaner dastur boshqaruvida ishlaydi. Matnlarni yaxshi tanish uchun maxsus 
obrazlarni tanuvchi dastur vositalaridan foydalaniladi. Bunday dasturlar hatto 
qo’lyozmani ham tanish qobiliyatiga ega. Shunday dasturlar Fine Reader va Cunei 
Form nomlari bilan ataladi. 
Strimmer. Ma’lumotlarni kassetali tasma ko’rinishidagi 
xotira qurilmasiga yozish va undan o’qish uchun ishlatiladigan 
moslama. 10-Rasm. 
Proyektor. Kompyuterdagi ma’lumotlarni proyektsion ekranda kattalashtirib 
ko’rsatish uchun xizmat qiladi. 

Yüklə 234,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin