21
saqlanayotgan dasturlar va berilganlar yo’q bo’lib ketadi. Shuning uchun ularni
qattiq diskda yoki disketalarda saqlab qolish kerak.
Doimiy xotira. Kompyuterlarda berilganlar unga
avvaldan joylashtirilgan
doimiy xotira
(BIOS-Basic Input- Output System-kiritish chiqarishning asosiy
tizimi) mavjud. Bunday xotiradan faqat o’qish mumkin. Shuning uchun ham u ROM
(Read Only Memory-faqat o’qish uchun) deb ataladi. IBM PC kompyuterlarda bu
xotira kompyuter jihozlarini ishlashini tekshirish, amaliyot tizimini boshlang’ich
yuklanishini ta’minlash, qurilmalarga xizmat ko’rsatishning
asosiy funksiyalarini
bajarish uchun ishlatiladi.
Kesh xotira.
Kesh xotira
kompyuter ishlash tezligini oshirish uchun
ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprosessor orasida joylashgan bo’lib, uning
yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez
bajariladi. Shuning uchun kompyuter xotirasining ko’proq
ishlatiladigan qismi
nushasini kesh xotirada saqlab turadi. Mikroprotsessorning xotiraga murojaatida,
avvalo, kerakli dastur va berilganlar kesh xotirada qidiriladi.
Videoxotira. Videoxotira monitor ekraniga video ma’lumotlarni
(videotasvirlarni) saqlab turish uchun ishlatiladi. Shuni aytish lozimki,
videotasvirlar (ayniqsa rangli) kompyuter xotirasida ko’p joy egallaydi.
Shuning
uchun video xotira hajmi qancha katta bo’lsa, shuncha yaxshi albatta.
Videoxotiraning 1 Mbaytdan kam bo’lmagani maqsaa muvofiq.
Tashqi xotiralar
Kompyuter o’chiq yoki yoqiq holatida ham bunday xotiralardagi ma’lumotlar
saqlanib qoladi va uni yana ishlatish mumkin.
Egiluvchan disklar. Ularning diametri 3.5 dyum (89 mm) bo’lib, hajmi 1,44
Kbgacha ma’lumotni saqlashga mo’ljallangan magnit qobiqli diskdan iborat.
Bunday diskdan ma’lumotni o’qish va unga ma’lumotlarni yozish tezligi juda
kichik.
Qattiq disklar. Qattiq disklar ma’lumotlarni uzoq vaqt saqlashga
mo’ljallangan disklardir. Ular ikki tarafi magnit qobig’i bilan qoplangan 1 tadan 5
tagacha aylana metal plastinalardan iborat bo’lib, umumiy o’qda
katta tezlikda
22
to’xtovsiz aylanib turadi. Bunday disklarni mexanik buzilishini oldini olish
maqsadida maxsus metal korpus bilan himoyalab qo’yiladi. Ularning hajmi hozirda
300 Gbgachani tashkil qiladi.
Lazerli (kompakt) disk. Keyingi paytda bu qurilma juda muhim rol
o’ynamoqda. Uning asosiy sababi unga 650 - 700 Mbayt hajmdagi ma’lumotni
sig’ishi bo’lsa, ikkinchi tomondan uni ishlatishda qulayligi bilan alohida etiborga
loyiq.
Uning CD ROM, CD R va CD RW ko’rinishdagilari mavjud Bunday
disklarning ikki tarafiga ham yoziladiganlari hozirgi kunda keng qo’llanilayapti.
DVD disklar. Bu nomdagi disklar raqamli ko’pmaqsadli audio-video
ma’lumotlarni saqlashga mo’ljallangan bo’lib, ularning ma’lumot sig’imi 4.7 Gbdir.
Ularning ham faqat bir marta va ko’p marta yoziladigan ko’rinishlari mavjud.
Bunday disklarning ham ikki tarafiga yoziladiganlari bor.
Flesh-xotira. Bunday xotira qurilmasi mikrosxemelardan iborat bo’lib
kompyuterning USB portiga ulanadi. hlarning 256, 512, 1, 2
Gb va undan katta
hajmlilari ham mavjud. Ularga ma’lumotlarni katta tezlikda yozib olish va saqlash
imkoni bor.
Dostları ilə paylaş: