Mul’timedia qurilmalari
Raqamli foto- va videokameralar kompyuterga tasvirli va tovushli
ma’lumotlarni (fototasvir va videofilg’mlarni) kiritish uchun mo’ljallangan.
Mikrofon tovushli ma’lumotlarni kiritish uchun mo’ljallangan.
Kolonkalar va quloqga taqiladigan uskuna tovushli ma’lumotlarni eshitish
uchun mo’ljallangan.
12-Rasm.
Vebkamera kompyuterga videotasvirli ma’lumotlarni to’g’ridan-to’g’ri
kiritish uchun xizmat qiladi.
Zamonaviy elektron doskalarning turlari va ulardan foydalanish.
25
O’quv jarayonidagi asosiy muammolardan biri talabalarning o’zlashtirish
darajasini oshirish, berilayotgan bilimlarni tushunishlarini, xotiralarida saqlash va
qo’llash yo’llarini egallashni yaxshilashdan iborat bo’lmoqda. Ma’lumki, inson
ma’lumotlarning 80 foizini ko’rish, 15 foiziga yaqinini eshitish va qolgan 5 foizini
maza-tam bilish sezgi organlari orqali oladi. Biroq hayotda ma’lumotlarni faqat
qabul qilibgina qolmay, uni yodda saqlash ham kerak.
Ta’lim sohasidagi qo’llanilayotgan ilg’or TA’LIMDA Axborot
texnologiyalarining asosiylaridan biri — interfaol elektron doskalari hisoblanadi. Bu
mo’jiza doskalar zamonaviy texnologiyalar rivojlanishining eng yuqori
cho’qqilaridan hisoblanadi. Ular oddiy markerli doskalar kabi ko’rinishga ega
bo’lib, ularda yozilayotgan har bir matn, grafik ko’rinish, chizma, jadval kabilar
daqiqalarda tez kompyuter ekranida paydo bo’ladi. Elektron doskalarning asosiy
afzalliklari
qo’yidagilar:
—
ma’lumotni
tahrirlash
ko’lamining
kengligi;
— natijalardan nusxa olish, elektron pochta orqali jo’natish, saqlash
imkoniyatlarining
mavjudligi;
— matn, tovush, animatsiya, grafikalardan birgalikda foydalanish imkoniyatining
kengligi;
— virtual auditoriya yaratish imkonida namoyon bo’ladi.
Yozib olingan ma’lumotlar fayl ko’rinishida saqlanadi va oddiy printerda
chop etilishi mumkin. Interfaol elektron doskada yozilgan matn va grafik
ko’rinishlar rangli markerlar bilan shakllantirilishi hamda printer rangli bo’lgan
hollarda chop etiladigan nusxalar ham rangli bo’lishi mumkin. Ranglardan
foydalanish ma’lumotlarni ajratish va uni samarali qabul qilishga imkon beradi.
Interfaol elektron doskalar aqliy hujumlar uchun ajoyib vositadir. Unda
yozilgan axborotlarni, nafaqat muhokama qilish davrida xotirada saqlanadi, balki
uni ketma-ket tiklash imkonini ham yaratadi.
26
Bu doskalar bilan birgalikda, taklif etiladigan dasturiy ta’minotlar, bir
vaqtning o’zida bir necha shaharlarda, joylarda seminar o’tkazish va sezilarli
darajada auditoriyani geografik jihatdan kengaytirishga imkon yaratadi. Seminar
tinglovchilari o’zlarining monitorlarida uzatiladigan axborotlarni o’qish yoki jamoa
holda muhokama qilishlari uchun uni katta ekranda namoyish etish mumkin.
Sensorli elektron doska markerlar yordamida har xil foydalanuvchi
interfeysini chaqirib oladigan, hajm jihatidan katta bo’lgan sensor ekrandir. Ular
klassik taqdimotlarda yuqori texnologiyalar imkoniyatlari bilan birgalikda, barcha
imkoniyatlardan foydalanishga sharoit yaratadi. Interfaol elektron doskalarga
ulangan multimedia-proyektorlar multimediali muhitda ishlash uchun, axborotlarni
internet orqali, magnitofon, kompyuter, DVD-disklar, flesh xotira yoki
videokameralar bilan taqdimot tipida namoyish qilish uchun sharoit yaratadi
5
.
Interfaol elektron doskalarda yozilgan barcha axborotlar ketma-ketligini
kompyuterda namoyish etish uchun dasturiy ta’minotlarda imkoniyatlar ishlab
chiqilgan bo’lib, bunday namoyish etishlar ham to’g’ri, ham teskari holda amalga
oshirilishi mumkin.
Interfaol elektron doskalarda qanday texnologiyalardan foydalaniladi?
Hozirgi vaqtda ikkita texnologiya, sensor ekranli va elektromagnit nurlanishli
texnologiyaga asoslangan interfaol doskalar ishlab chiqarilmoqda.
Sensor interfaol elektron doskalar ingichka o’tkazgichli ikkita qatlamdan
iborat. Bunday doskalar o’quv muassasalari uchun juda qulay hisoblanadi. Ular
ishonarli va agar axborotlar o’chsa yoki yo’qolib qolsa, hech qanday maxsus
usullarni talab qilmaydi. Ularning yana bir afzalligi — ma’lumotlarni nafaqat
marker bilan, balki qo’l bilan ham yozish mumkinligidadir. Bu texnologiya maxsus
markerlarni talab qilmaydi, ishlash uchun hech qanday nurlanishdan
foydalanilmaydi va tashqi shovqinlar ta’sir etmaydi. Kamchiligi-markerni yoki uni
5
I.Tillaboyev, Interfaol doskadan foydalanish, 16 b. N.2015 y.
27
boshqa vosita bilan almashtirilganda matritsalar reaksiyasida unchalik katta
bo’lmagan ushlanishlar bo’ladi.
Elektromagnitli texnologiya yozuvchi qurilmalardan uzatilgan elektron
signallarga asoslangan. Bunday qurilma sifatida elektron qalam, elektron
ushlagichga kiritilgan marker bo’lishi mumkin. Afzalligi-qattiq va mustahkam
yuzani yaratish imkoniyatining mumkinligidir. Kamchiligi-elektromagnitli
nurlanishlar bilan ishlash va maxsus markerdan foydalanish zaruriyatining
mavjudligida ko’rinadi.
Bu ikki texnologiya yaxshi ishlab chiqarilgan va keng tarqalgan. Bu tipdagi
doskalar uchun o’quv jarayonida qo’llanishga maxsus tayyorlangan, shunga
yo’naltirilgan va to’liq holda yetkazib beradigan standart komplektiga kiruvchi
dasturiy ta’minotlar ishlab chiqilgan.
Hozirgi vaqtda marker holatini aniqlash uchun infraqizil va ultratovushli
datchiklardan foydalanuvchi doskalar ishlab chiqilmoqda. Ularning kamchiligi-
datchiklar boshqa nurlanishlarga ham sezuvchandir. Gohida datchiklar o’rniga
infraqizil lazerlardan foydalaniladi. Infraqizil markerlar markerning tegishli holatini
yuqori aniqlikda hisoblaydi.
Bu texnologiyalardan qaysi biri ommabop bo’lishi mumkinligini aytish qiyin,
lekin barcha yangi texnologiyalarning rivoji maxsuslashtirilgan dasturiy ta’minotga
bog’liq bo’ladi.
Interfaol elektron doskalar bilan savdo qiluvchi kompaniyalar faqat bitta
texnologiya asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotmoqda. «De Layt 2000»
kompaniyasi bu ikki texnologiya bilan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish
bo’yicha o’z mavqeiga ega. Sensorli texnologiya Polyvision kompaniyasi interfaol
elektron doskalar uchun ishlab chiqarilgan, ikki seriyadagi TS/TSL va WT/WTL
doskalarda qo’llaniladi. Mazkur seriyadagi doskalar yuqori aniqligi bilan ajralib
turadi (8000×8000 nuqta), harakatlarni tasvirlashning yuqori tezligiga ega bo’lib,
ular markerlar yoki qo’l bilan bajariladi. TSL va WTL seriyalarining asosiy
28
ko’rsatkichlaridan, ularda avtomatik tebranish funksiyasi ishlab chiqilgan. Agar ish
jarayonida behosdan doskaga tegib ketilsa, pultdagi tugmachani bosish yetarli va
tebranish avtomatik holatga o’tadi. WT\WTL seriyasidagi doskalar afzalligi Walk-
and-Talk masofadan boshqarish pultining mavjudligidadir.
Sahara kompaniyasining elektromagnitli doskalaridan Communicator 77 va
Penbord modellari o’quv auditoriyalari uchun mo’ljallangan. Bu modellarda
kompyuter sichqonchasi o’rniga maxsus multimediyali marker ishlatiladi. Bu
texnologiyadan foydalanish yuqori tezlikli va aniqlikdagi (1000 liniya dyuym)
doskalar bilan ishlash imkonini beradi.
Antivandal qoplama interfaol elektron doskalarni chizilish, shikastlanishdan
himoyalaydi va uzoq vaqt ishonarli ishlashini kafolatlaydi. Ozroq joyi ishdan chiqsa
ham doskaning ishlash qobiliyati yo’qolmaydi.
O’quv auditoriyalari uchun maxsus ishlab chiqarilgan Penbord doskalarining
och-kulrang qatlami uzoq vaqt ishlaganda ko’zlarning charchamasligini ta’minlaydi.
Barcha elektromagnitli doskalar ichida bu doskaning ajralib turuvchi belgisi, unda
oddiy marker bilan yozish imkoni mavjudligidadir.
Communicator 77 doskasi 20 ta qaynoq tugmaga ega bo’lib, ular ekranning
ikki tomonida joylashgan. Qaynoq tugmalar har xil funksiyalarni tez bajarishga
imkon beradi. Ulardan 17 tasi dasturlanishi, ya’ni ularga boshqa funksiyalar
yuklanishi mumkin.
Activboard interfaol elektron doskasini Prometneon LTD firmasi ishlab
chiqargan va u konferensiya prezentatsiyalarini namoyish etish uchun
mo’ljallangan.
Prometneon LTD interfaol elektron doskalarda ish olib borilganda, ushbu
doska barcha imkoniyatlaringizni ko’rsatishga yordam beradi. Interfaol elektron
doska ACTIVboard dasturiy ta’minotlarda ishlash imkoniyatini beradi va bu orqali
sizni tinglab turuvchi auditoriya a’zolariga ma’lumotlarni yetkazish sifatini oshiradi.
29
ACTIVboard — interfaol elektron doska 1,25 m, 1,62 m, 1,99 m yoki 2,45 m
diagonalli bo’lib, kompyuter va proyektor bilan birgalikda ishlaydi. Elektron qalam
faol ekran orqali kompyuterni boshqarib, Windows tizimining istalgan ilovasida
ishlay oladi. Infraqizil portli panel yordamida faol ekranni auditoriyaning istalgan
joyidan turib boshqarish mumkin. Aktivtest simsiz radiopultdan foydalanib,
audiotoriyada test tayyorlash va uni o’tkazish imkonini yaratadi.
Activboard interfaol elektron doskalaridan foydalanish auditoriyadagi har bir
qatnashuvchining faol ishtirokiga imkon yaratadi. Elektron qalam orqali
kompyuterni sichqoncha kabi boshqarib, Interfaol elektron doska ACTIVboard-
konferensiyalar, prezentatsiyalar va masofadan o’qitishlarni sifatli o’tkazish uchun
mo’ljallangan.
Activboardda — namoyish etiladigan o’quv ma’lumotlarini tayyorlashda va
namoyish etishda ACTIVTable — plansheti sodda va qulay yordamchidir. Bu
planshet kompyuter sichqonchasi vazifasini bajaradi. Ma’lumotlarni tayyorlashda
prezentatsiya yoki konferensiya uchun ACTIVStudio2 yoki ACTIVPrimary
texnologiyalarini qo’llaydi. ACTIVTable kompyuterga USB-porti orqali ulanadi va
dasturiy ta’minotni barcha funksiyasidan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Simsiz
qalam orqali, flipchart oynasida matn yozishda yengillik tug’diradi.
ACTIVote — bu prezentatsiya konferensiya o’tkazish paytida doimiy «teskari
aloqa»
texnolgiyasidir.
ACTIVote2 test sistemasi barcha konferensiya qatnashchisiga, savollarga javob
berish, ko’rsatilgan bir nechta javoblardan to’g’ri variantni tanlash radiopult
tugmasini bosish yordamida amalga oshiriladi. Aktivboard radiopult uzatgan
ma’lumotni qabul qilib, uni qayta ishlab, konferensiya qatnashchilari bilan uzluksiz
aloqada bo’lishini ta’minlaydi. Ushbu texnologiyada auditoriya bilan aloqa
o’rnatishda qo’llaniladi. Masalan, muhokamada, ma’lu-motlarni yig’ishda yoki
testda AKTIVVote2 sistemasi odatda 16 yoki 32 ta pult komplekti mavjud bo’lib,
ular tinglovchilarga tarqatiladi va doimiy aloqa o’rnatadi.
30
ACTIVWAND
6
elektron ko’rsatkich uzunligi 54 sm bo’lib, bo’yi past
foydalanuvchilarga elektron doskaning yuqori qismini namoyish etishda qulay.
elektron ko’rsatkich yon tomonida tugmalar mavjud bo’lib u kompyuter
sichqonchasini chap tugmasi funksiyasini bajaradi. Ko’rsatkich ish jarayonida
«Rollover» va «Hover» funksiyalari mavjud, bu funksiyalar dasturiy vositalarni
boshqarish va veb-sahifalar ustida ishlash vazifalarini yengillashtiradi. Elektron
ko’rsatkichning afzallik tomoni shundaki, u proyektordan ACTIVboard doskasiga
tushayotgan nurni qaytarmaydi
7
.
1.3. Bugungi kun talabalari ham o‘qituvchilari ham jadal rivojlanib
borayotgan axborot tеxnologiyalari yangiliklarini o‘zlashtirishga intilmoqdalar.
O‘quv muassasalari zamonaviy elеktron uskunalari bilan ta’minlanmoqda. Talabalar
va o’qituvchilar displеylar, vidеoaloqa tizimlari, elеktron, intеraktiv darsliklardan
foydalanmoqdalar. Axborot tеxnologiyalari ta’lim sohasi oldida ham katta
imkoniyatlar yaratayotganligi barchani quvontiradi, biroq ba’zi fanlarni o‘qitishda
o’qituvchilar yangi ta’lim shakllaridan foydalanib darsni taqdim etishga muhtoj
ekanligini esdan chiqarmaslik kеrak.
Bugungi kunda jahon ta’lim tizimida kеng qo‘llanilayotgan, elеktron
qurilmalardan biri — intеraktiv doska hisoblanadi. U displеy va multimеdia-
proyеktordan tashkil topgan bo‘lib, maxsus kabеl yordamida kompyutеr yoki
boshqa manbaga ulanadi: tеlеvizor, vidеomagnitofon, vidеokamеradan vidеosignal
ekranga yеtkazib bеriladi.
Mana shunday doska yordamida o‘qituvchi talabalarga elеktron ko‘rinishdagi
grafiklar, diagrammalar, xaritalar va jadvallarni taqdim etishi, vidеoroliklar yoki
o‘quv filmlarini namoyish etishi mumkin. Bunday doskada intеrnеtdan olingan
ma’lumotlar darhol aks ettiriladi. Proyеktsion uskunalarning ba’zi modеllari o‘quv
matеriallarini ekranga o‘qituvchining xohishiga ko‘ra navbat bilan yoki bir vaqtda
6
www.google.ru
materiallari.
7
I.Tillaboyev, Interfaol doskadan foydalanish, 16 b. N.2015 y.
31
namoyish etishni ko‘zda tutadi. Lеkin “aqlli” doskaning imkoniyatlari shu bilan
chеklanmaydi.
Lеksiya davomida o‘qituvchi “Marker” yoki oddiygina, barmog‘i bilan
doskaga yozishi, tasvir lavhalarini ta’kidlashi yoki ajratib ko‘rsatishi va bajarilgan
barcha harakatlarni kеyingi ishlar uchun saqlab qo’yishi mumkin. Chiziqlar rangi va
qalinligini o’qituvchi o‘zi tanlaydi. “Flomastеrning” o‘zi — moslashuvchan
qurilma: markеrni qo‘lga olganda, ishga tushadigan sеnsorlari o‘zida emas, balki
lotokda joylashgan
8
.
Bundan tashqari, maxsus dasturiy ta’minot intеraktiv doskada qo‘lda yozilgan
matnni bosma matnga aylantirishga imkon bеradi. Kursor (flomastеr yoki
barmoqning) harakatlari kеtma-kеt portga ulangan boshqarish kabеli yordamida
kompyutеrga uzatiladi. Harakatlarni qayd etish usulini tanlash intеraktiv doska
turiga bog‘liq bo‘ladi. Lеkin doska flomastеr yoki o‘qituvchining barmog‘i
harakatlarini qanday “his” qiladi?
Intеraktiv doskalarning ikki turini ko‘rib chiqamiz. To‘g‘ridan-to‘g‘ri
namoyish etish tizimlarida ishni boshlashdan avval doska kompyutеrga va
proyеktorga ulanadi va unga ekran sifatida tasvir uzatiladi. Intеraktivligi maxsus
dasturiy ta’minot yordamida yaratiladi. Kursorning doskadagi harakatlarini nazorat
qilib borish uchun sеnsorli rеzistiv dеb ataluvchi tеxnologiya –havo oralig‘i bilan
ajratilgan ingichka o‘tkazuvchilar ikki qatlam to‘ri qo‘llaniladi. Uning zichligi
(2000x2000 nuqtalar) har qanday zamonaviy monitorlar va proyеktorlarni to‘la
“qoplaydi”.
Tеskari proyеksiya doskasida proyеktor ekran ortida joylashadi, bu juda
qulay: ekranni ma’ruzachining soyasi to‘smaydi, proyеktorning yorqin nuri ko‘zga
tushmaydi. Doska ancha katta — barcha asosiy va yordamchi uskunalari
(multimеdia-proyеktor, tizimli bloki, printеr, audio va vidеotеxnikalar) maxsus
shkaf-g‘ilofda o‘rnatilishi yoki joylashtirilishi mumkin.
8
I.Tillaboyev, Interfaol doskadan foydalanish, 16 b. N.2015 y.
32
Mana shunday doskaning burchaklarida kichik raqamli vidеokamеra-
sеnsorlar o‘rnatilgan bo‘lib, ular kursor (flamastеr yoki barmoq) koordinatalarini
aniqlaydi. DViT (Digital Vision Touch) dеb ataluvchi ushbu tеxnologiya dеyarli har
qanday qiya katta ekranni intеraktiv qilishga imkon bеradi.
Zamonaviy tеxnologiyalar sanoqli daqiqalarda har qanday plazmali panеl
yoki LCD monitorni intеraktiv ekranga aylantirish imkonini bеradi, faqatgina
displеyga maxsus moslamani mahkamlash zarur. Uning yordamida inson
fikrlovchidan faol foydalanuvchiga aylanadi.
Intеraktiv ekranga barmog‘ini tеkkazib, Intеrnеtga ulanadi, dasturlardan
foydalanishi mumkin bo‘ladi. Bunday ma’lumotlar panеllari chеt ellarda
do‘konlarda, ko‘rgazmalarda, aeroportlar, muzеylarda, banklarning mijozlar uchun
zallarida o‘rnatilmoqda.
Ta’lim jarayonini yana qulaylashtirish qurilmalari ro‘yxati Intеraktiv doska
bilan chеklanmaydi. Kompyutеrning intеraktiv monitoridan iborat bo‘lgan maxsus
planshеt o‘qituvchilar uchun juda qulay.
13-rasm. Planshet
Planshеt orqali boshqarish ekranga maxsus ruchkani (“smartfonlar” va
“naladonniklarda” foydalaniladigan tеxnologiyaga o‘xshash) tеkkazish yordamida
amalga oshiriladi. Ushbu planshetda ruchka orqali yoziladigan ma’lumotlar, rasm
va grafiklar proyеktor yordamida ma’ruzachi bajaradigan barcha harakatlar
taqdimot ekraniga chiqariladi.
33
Mana shuning hisobiga hatto juda katta auditoriya ham o‘qituvchining
harakatlarini kuzatishi mumkin bo‘ladi. Planshеtlar odatda stollarda yoki ma’ruzachi
kafеdralarida o‘rnatiladi. Endi o‘qituvchi auditoriya tomonga qarab turib, intеraktiv
doskada yozishi yoki ko‘rsatishi mumkin.
O‘quv jarayoniga multimеdia-tеxnologiyalarini tatbiq etish matеriallarni
o‘zlashtirish uchun qulay emotsional muhit yaratish imkonini bеradi. Axborot
tеxnologiyalari ushbu holatda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
O‘quv auditoriyalarida qulay emotsional muhitni ta’minlash uchun faqatgina
axborot tеxnologiyalari yangiliklari emas, balki boshqa, ancha oddiy mеtodlar ham
o‘qituvchiga yordamga kеladi. Misol uchun o‘quv sinflarida maxsus aromatizatorlar
o‘rnatish taklif qilinadi. O‘qituvchilarning o‘zlarining fikrlari bo‘yicha bunday
xonalarda matеriallarni o‘zlashtirish samaradorligi bir nеcha barobarga oshadi.
Intеraktiv elеktron darsliklarning yangi avlodini yaratish — o‘quv jarayonini
modеrnizatsiyalashtirish yana bir istiqbolli yo‘llaridan biri hisoblanadi. Darsliklar
CD, DVD larga yozib olingan bo‘lishi yoki Intеrnеtda biror-bir o‘quv saytida
bo‘lishi mumkin.
Zamonaviy elеktron darslik dеyarli ma’lum mavzudagi ma’lumotlar
bazasidan iborat hisoblanadi. O‘quvchilar so‘rovnomalar tuzadilar va matnlar,
grafiklar, illyustratsiyalar, diagrammalar, ovozli fayllar ko‘rinishidagi zarur
axborotlarni oladilar. Biroq elеktron darsliklar qanchalik qiziqarli bo‘lmasin, ular
ko‘pchilik hollarda pеdagoglar va psixologlar tomonidan emas, balki yosh
dasturchilar tomonidan yaratilishini esdan chiqarmaslik kеrak.
Bunday qo‘llanmalar foydalanuvchi va o‘quvchilarning idrok etishga
qiziqishlarini yo‘qotadi. Shuning uchun elеktron darsliklar pеdagoglar, psixologlar,
musavvirlar va dasturchilarning hamkorlikdagi ijod mahsulotlari bo‘lishi kеrak.
Ta’lim tizimini va jamiyatni axborotlashtirishni rivojlantirishda bugungi
kunda butun jahon tarmog‘i — Internet alohida ahamiyatga egadir. Internet tarmog‘i
foydalanuvchiga o‘zaro bog‘langan kompyuterlar tarmog‘i orqali axborotlar,
34
ma’lumotlar, xabarlari, grafik va hatto tovushli axborotlarni oddiy pochtadan ko‘ra
ancha sifatli darajada tez uzatish imkonini beradi. Qisqa daqiqalar ichida Internet
orqali kerakli ma`lumotni olish mumkin. Intеrnеt zamonaviy ta’lim tizimida borgan
sari muhim o‘rin egallab borayotganligi barchaga ma’lum. Global tarmoq faqatgina
izlash tizimi emas, balki foydalanuvchilar o‘zlarining matеriallarini ham joylashtira
oladigan tarmoq ekanligini hisobga olish zarur.
Bugungi kunda o‘quv kursini o‘rganishi davomida talaba Intеrnеtda o‘zining
shaxsiy tеmatik rеsursini tuzishi hollari uchraydi. Bu olgan bilimlarini
tizimlashtirish va qo‘llashga yanada chuqurroq va mas’uliyat bilan asosiysi,
mustaqil yondashishga imkon bеruvchi Intеrnеt tеxnologiyalaridan foydalanish
bilan o‘quv jarayoni umuman yangi shakli hisoblanadi. Shu bilan bir vaqtda,
talabalar vеb-dizayn va vеb-dasturlashtirish asoslarini o‘zlashtiradilar.
Axborot tеxnologiyalari asosiy qo‘shimchalaridan biri–ulardan masofali
ta’lim tizimida foydalanish hisoblanadi, ular talabalarga qulay paytda masofadagi
sеrvеrga ulanish, o‘qituvchidan kеrakli axborotni bilib olish va maslahat olish
imkonini bеradi.
Ta’lim tizimida vidеoaloqani amalga oshirish uchun uskunalar ma’lumotlar
uzatish turli protokollari bo‘yicha ishlaydi, ularning orasida IP (Internet protocol) va
ISDN (Integrated Services Digital Network) eng ko‘p tarqalgan hisoblanadi. ISDN
tеxnologiyasida ma’lumotlar tеlеfon kabеli orqali uzatiladi, bu esa axborot uzatish
tеzligini biroz chеklaydi. IP-tеxnologiyasida bunday chеklanish yo‘q. Bu
tеxnologiyada Intеrnеt ma’lumotlar uzatish muhiti sifatida xizmat qiladi.
Hozirgi kunda IP va ISDN protokollari bo‘yicha ma’lumotlar uzatish
vidеokonfеrеns aloqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kеngayib bormoqda.
Tеxnik vositalarni takomillashtirish jarayoni chеksiz, lеkin bu masalaning
muammoli tomonlari ham bor. Taqdim etilayotgan matеriallarning ko‘rgazmaliligi,
namoyish etilishi o‘quvchilarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
35
Dars yaxshi o‘zlashtiriladi va uzoq vaqtga xotirada qoladi. Biroq eng
zamonaviy multimеdia-vositalar yordamida taqdim etilgan matеriallar talabalar
e’tiboridan chеtda qoladi: ular o‘z aqllari bilan analitik fikrlamaydilar. Natijada
talabalarning barchasi ham o‘z bilimlarini amaliyotda qo‘llay olmaydi, ularni ijodiy
anglab yеtmaydi.
Shunga
qaramasdan,
yangi
tеxnologiyalar
pеdagogikaning
asosiy
masalalaridan biri-talabalarda bilimlarga intilish va yangi cho‘qqilarni zabt etish
istagini hosil qilish masalasini hal etish vositasi bo‘lib qolishi mumkin. Yangi
tеxnologiyalar talabalarni qiziqtiradi, ularni ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga
chorlaydi dеb ishonamiz. So’zimizni yakunlab bugungi kunda ta’lim sohasidagi
zamonaviy vositalarga qo’yidagilar kiradi deb ayta olamiz:
-internet (masofaviy ta’limda);
-elektron doskalar;
-elektron o’quv adabiyotlar va boshqalar.
Mamlakatimizda
ta'lim
jarayonini
kompyuterlashtirish,
axborot-
kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish, ushbu sohada yoshlarni o'qitishni
rag'batlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda. O'quv jarayonidagi asosiy
muammolardan biri talabalarning o'zlashtirish darajasini oshirish, berilayotgan
bilimlarni tushunishlarini, xotiralarida saqlash va qo'llash yo'llarini egallashni
yaxshilashdan iborat bo'lmoqda. Xuddi shuning uchun ham ta'lim jarayonida
samaradorlikni oshirish maqsadida turli xil texnik va texnologik vositalardan
foydalanilmoqda. Ipboard elektron doska ham yangi texnologiyalardan biri bo’lib
ulardan foydalanish bo’yicha o’zbek tilidagi adabiyotlar shakllanmagan.
Ta'lim sohasida yaratilayotgan yangi va ilg'or TA’LIMDA Axborot
texnologiyalaring qo'llanilishi natijasida ta'limning zamonaviy vositalari vujudga
kelmoqda.
Bugungi kunda keng qo'llanilayotgan ta'limning zamonaviy vositalariga:
36
kompyuter, uning asosiy va qo'shimcha kurilmalari, maxsus oq doska ,
plipchard, video tasvir, videoproektor, kodoskop, multemidiali dasturiy vositalar,
IPad planshetlari, IPBOARD elektron doskasi va hakozolar kiradi.
Elektron interaktiv doska – ta’limda TA’LIMDA Axborot texnologiyalarni
qo’llashning yangi bosqichi.14-
Rasm. O’qitish
jarayoning
samaradorligi yuqori bo’lishining
asosiy omillaridan biri, fanning
ko’rgazmali
axborot
bilan
ta’minlanganligidir.
Xozirda
o’quvchi turli zamonaviy vositalar
bilan qurollangan bo’lishi davr talabiga aylandi. Shuningdek bugungi o’qituvchi
o’quvchilariga sifatli ta’lim berishni istasa, turli usul va vositalar bilan birga
zamonaviy , ilg’or texnologiyalar bilan ham jihozlangan bo’lishi darkor. Xozirgi
kunda biz bilamizki dars jarayonida turli xil multimediya vositalaridan
foydalaniladi. Ular dars samaradorligini oshirish bilan birga o’quvchlaming
soddaroq tushunishiga zamin yaratadi. Yoki barcha foydalanadigan qo’l
telefonlarini olsak: telefonlaming yangi modellari bilan tanishib shu xulosaga
keldikki, tugmali telefondan foydalangandan ko’ra sensorli telefondan foydalangan
qulayroq. Chunlki undan foydalanish ham oson, ham qulay, bir vaqtning o’zida bir
nechta vazifani bajarish orqali vaqtni tejaydi.
Xuddi shuningdek o’qitish jarayonini samarali tashkil etishda interaktiv
doskaning o’rni beqiyos. Ulaming turlari, ishlash tamoyillari hamda o’qitishni
samarali tashkil qilishdagi imkoniyatlari juda yuqori.
1.
Elektron interaktiv doskaning afzalliklari:
2.
Doskada tushuntirishda yon tomonga turish shart emas.
3.
O’quvchi, o’qituvchi doskada ruchka bilan yozish imkoniyatiga
ega bo’ladi.
4.
Doska sensorli bo’lib tasvirni boshqarish mumkin.
37
5.
Dars jarayonida foydalaniladigan proyektorlar bilan kelib
chiqadigan noqulayliklardan holi. Masalan proyektorlarni ishga tushurish,
kabellarni ulash vaqt talab etadi. Interaktiv doskani ishga tushirish ma’lum
daqiqalarda amalga oshiriladi xolos. Bu esa vaqtni tejab, o’quvchilarga
ko’proq ma’lumot berish uchun zamin yaratadi.
6.
Internetga ulanib har qanday resurslardan to’g’ridan to’g’ri
foydalanish mumkin, boshqa manzil bilan ham bir vaqtning o’zida muloqot
qilish ham mumkin. Matematikada slayd usulidan foydalansa ham bo’ladi:
geometrik figuralarni tushuntirishda fazoviy usullardan ham foydalanish
orqali o’quvchilar tasavvurini oshirish mumkin.
7.
Bizning hududda ham yoshlar va aholi o’rtasida texnologiyaning
oxirgi ko’rinishlaridan unumli foydalanib kelinmoqda. Axborot tezligi oshib
borayotgan xozirgi zamonda o’quvchilar ham ma’lumot bilan ishlashning
oson va qulay usullaridan foydalanishni yo’lga qo’ygan.
Masalan:avvallari biz lug’atni kitobdan qidirsak, o’quvchilar telefondagi
lug’at programmalaridan qidirayapti. Bu esa ishning unumdorligini yanada oshiradi.
8.
Komputerga ketadigan ko’rgazmali qurollarni, kitoblarni qog’ozga tushirib
tahlasak xonamizga sig’masligi mumkin. Interaktiv doska esa ma’lumotlarni
saqlash va ulardan foydalanishda qulaylik yaratadi.
9.
Odatdagi darslarda foydalaniladigan bo’r va latta bilan kelib
chiqadigan noqulayliklardan ham holi. Maxsus ruchka orqali istalgancha
ma’lumotni o’quvchilarga hech qiyinchiliksiz yetkazish mumkin.
Yuqorida sensorli doskaning afzalliklari haqida to’xtalib o’tdim.
O’ylaymanki, bu ixtiro darslarimizni yanada samarali tashkil qilishimizda bizga
ko’makchi bo’ladi. Tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, eski maktablarda ota-
bobolarimiz utirib doskasiz o’qigan bo’lishsa, bizga kelib sizga tanish doskalardan
foydalanilmoqda. Darslaming sifati qulayliklarga mos holda o’zgarib boraveradi.
|