Amaliy mashg‘ulot 1-modul



Yüklə 14,04 Mb.
səhifə21/61
tarix07.01.2024
ölçüsü14,04 Mb.
#203354
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   61
matmetodika

Bilaman

Bilmоqchiman

Bilib оldim











T/r

Savollar

Mumkin bolgan javoblar

1

Boshlang‘ich matematika o‘qitish metodikasi bilan pedagogika necha
tomonlama bog‘langan?

А

Har tomonlama

B

Ikki tomonlama

V

Bir tomonlama

D

Bog‘lanmagan

2

Odatdagi sharoitda kuzatish natijalarini tegishlicha qayd qilish bilan pedagogik
jarayonni bevosita maqsadga
yo‘naltirilgan holda idrok

А

Maqsadli izlanish metodi

B

Eksperiment metodi

V

Kuzatish metodi

D

O‘quvchilar ishlari va



Testlar bilan ishlash:






qilish bu -…?




hujjatlarini o‘rganish metodi

3

Matematika darslarida kichik yoshdagi o‘quvchilarning bilish faoliyatlari qanday kuzatish turiga kiradi?

А

Sodda kuzatish

B

O‘quvchilarni
o‘rganish

V

Tutash kuzatish

D

Tanlama kuzatish

4

Matematika darslarida o‘quvchilarning mustaqil ishlari qanday kuzatish turiga kiradi?

А

Tanlama kuzatish

B

O‘quvchilarni
o‘rganish

V

Bevosita kuzatish

D

Ilmiy tadqiqot metodlari

5

Maxsus tashkil qilingan, tadqiqotchi tomonidan
nazorat qilib turiladigan va sistematik ravishda o‘zgartirib turiladigan sharoitda o‘tkaziladigan metod bu -…?

А

Eksperiment

B

Anketalashtirish

V

Suhbat

D

Kuzatish

6

O‘quvchilar bilan aloqa o‘rnatishda, ular bilan bemalol, erkin muloqotda bo‘lish imkoniyati qaysi metodda ko‘proq?

А

Suhbat

B

Kuzatish

V

Anketalashtirish

D

Eksperiment

7

Boshlang‘ich ta’limning muhim masalalaridan biri -
....

А

o‘quvchilarda ongli va mustahkam hisoblash malakalarini
shakllantirishdan iborat.

B

o‘quvchilarning matеmatik bilimlarini
rivojlantirishdan iborat.

V

o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini
rivojlantirish.

D

o‘quvchilarning
hayotiy tasavvurlarini



34












rivojlantirish.

8

Suhbat metodida kimlarni nazarda tutish
mumkin?

А

Ilmiy tadqiqotchi bilan o‘quvchini, o‘qituvchini,
ota-onalarni

B

Ilmiy tadqiqotchi bilan
o‘quvchini

V

Ilmiy tadqiqotchi bilan
o‘qituvchini

D

Ilmiy tadqiqotchi bilan ota-onalarni

9

Biror masalaga nisbatan fikrlarni aniqlash ba’zi faktlarni to‘plash talab qilingan hollarda qanday
metoddan foydalaniladi?

A

Anketalashtirish

B

Kuzatish

V

Eksperiment

D

Nazariy metod

10

Tadqiq etilayotgan manbaga tegishli adabiy manbalarni o‘rganish va tahlil qilish qanday metodga tegishli?

A

Nazariy metod

B

Kuzatish

V

Eksperiment

D

Anketalashtirish

1-guruh
1. 1-sinfda biror aniq mavzuda induksiya metodini qo‘llab ko‘rsating.
2. 100 ichida qo‘shish va ayirish mavzusida analiz va sintez metodlarini qo‘llang.
2-guruh
1. 3-sinfda biror aniq mavzuda deduksiya metodini qo‘llab ko‘rsating.
2. Jadvaldan tashqari ko‘paytirish va bo‘lish mavzusida analogiya metodini qo‘llab ko‘rsating.
Talabalarga buning uchun 15 daqiqa vaqt beriladi
Uyga vazifa: o‘qitish metodlari, turlari haqida tushunchalarni yanada mustahkamlash. Boshlang‘ich sinflarda qanday og‘zaki o‘qitish metodlari ko‘proq ishlatilatilishini misollar yordamida izohlash. Induksiya, deduksiya va anologiya metodlariga misollar keltirish.
Boshlang‘ich sinflarda qanday interfaol metodlardan foydalanish haqida tayyorlanib kelish.
4-MAVZU: BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA ITERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
Maqsad: boshlang‘ich sinflarda matematika darslarida interfaol metodlardan foydalanish ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda 1-4-sinf matematika darslarida interfaol metodlardan (aqliy hujum, zig-zag, klaster, BBB, zakovatli zukko va boshqalar)dan foydalanishga o‘rgatish.
Dars materiallari: Jumayev M.E. Matematika o‘qitish metodikasi (OO‘Y uchun darslik). -Toshkent.: “Turon-Iqbol” 2016- yil. -426 b.
Jumayеv M.E, Tadjiyeva Z.G‘. Boshlang‘ich sinflarda matеmatika o‘qitish mеtodikasi (OO‘Y uchun darslik). -Toshkеnt.: “Fan va texnologiyai”, 2005-yil.
Jumayеv M.E, Boshlang‘ich sinflarda matеmatika o‘qitish
mеtodikasidan praktikum (O O‘Y uchun). -Toshkеnt.: “O‘qituvchi”,
2004-yil.
Jumayеv M.E. Boshlang‘ich sinflarda matеmatikadan laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish mеtodikasi. -Toshkеnt.: “Yangi asr avlodi”, 2006-yil. -20 b.
Tadjiyeva Z.G., Abdullayeva B.S., Jumayev M.E., Sidelnikova R.I., Sadikova A.V. Metodika prepodavaniya matematiki. -T.: “Turon- Iqbol”, 2011. -336 s.
Jumayеv M.E, Boshlang‘ich sinflarda matеmatika o‘qitish mеtodikasidan praktikum. (O O‘Y uchun ) Toshkеnt. “O‘qituvchi”
2004 yil.
Tayanch tushunchalar: metod, o‘qitish, aqliy hujum, zig-zag, klaster, BBB, zakovatli zukko, 6x6x6,
Mashgulot rejasi:
1. Iterfaol metodi tushunchasi talqini.
2. Aqliy hujum metodlari haqida tushuncha.
3. Klaster metodining mohiyati. Insert usuli.
Mashgulotning borishi:


4. 1. Iterfaol metodi tushunchasi talqini


O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishuvi, bozor iqtisodiyotiga asta-sekin, bosqichma–bosqich o‘tishimiz, jamiyatimizda ro‘y berayotgan ijtimoiy–siyosiy o‘zgarishlar va fan- texnikaning jadallik bilan rivojlanishi ta’lim mazmuning takomillashuviga obyektiv omil vazifasini bajaradi.
Respublikamizda ta’lim sohasida chuqur islohotlarning o‘tkazilayotganligi xorijdagi ta’lim tizimidagi ijobiy o‘zgarishlar, jahon ta’lim standartlariga yaqinlashishga intilish, darslik va o‘quv dasrurlari yangi avlodining yaratilishi, darsni ixcham va qiziqarliroq shaklda tashkil etishimiz uchun zamin bo‘ladi. Ta’limning interfaol usullarining markazida o‘quvchi shaxsining mustaqil tafakkurlay olishga o‘rgatish masalasi turadi. Ko‘p yillik qolipga o‘rnashgan, eski tipdagi darslar tizimi o‘quvchilarning erkin fikrlashiga to‘siq bo‘lib, faqatgina o‘qituvchining ma’lumot berishiga asoslangan edi. Ta’limda intefaol usullarni qo‘llashning muhim tarbiyaviy ahamiyati shundaki, o‘quvchida yashirinib turgan qobiliyat va ist’dodlarni ro‘yobga chiqarish hamda ularda o‘z imkoniyatlariga ishonch bilan yondashishni tarbiyalaydi. Ta’limning intefaol usullarini maktab amaliyotida qo‘llash, o‘quvchiga har bir fandan o‘rganiladigan ilmiy tushuncha va qonuniyatlarni shunchaki o‘rganib qolmasdan, balki uni keltirib chiqaruvchi sabablarni ham aniqlashtirishga yordam beradi.


4. 2. Aqliy hujum metodlari haqida tushuncha


Aqliy hujum- g‘oyalarni generatsiya qilish usuli. Qatnashchilar birlashgan holda qiyin muammoni yechishga harakat qiladilar: uni yechish uchun shaxsiy g‘oyalarini ilgari suradilar (generatsiya kiradi). U ishtirokchilarni o‘z tasavvurlari va ijodlaridan foydalanishga rag‘batlantiradi. “Aqliy hujum”ning vazifasi kichik guruhlar yordamida yangi-yangi g‘oyalarni yaratishdir. Bu usul muammoni hal qilayotgan kishilarning ko‘proq aql bovar qilmaydigan va hatto fantastik g‘oyalarni yaratishga undaydi. G‘oyalar qancha ko‘p bo‘lsa, ularning hech bo‘lmaganda bittasi ayni muddao bo‘lishi mumkin.
Aqliy hujum”ning qoidalari:
1. Fikr va g‘oyalar hech qanday cheklanmagan holda iloji boricha qattiqroq aytilishi lozim;
2. Bildirilgan fikr va g‘oyalar takliflar berish to‘xtatilmaguncha muhokama qilinmaydi, baholanmaydi;
3. Bildirilgan har qanday g‘oya va fikrlar hisobga olinadi;
4. Qancha ko‘p g‘oya va fikrlar bildirilsa shuncha yaxshi;
5. Bildirilgan g‘oya va fikrlarni to‘ldirish va yanada kengaytirish mumkin;
6. Barcha aytilgan takliflar yozib boriladi;
7. Takliflarni bildirish uchun vaqt aniq belgilanadi.



Yüklə 14,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin