Dam olishdaqiqasi. Ajoyib bir kitobni
18 000 sekundda o‘qibman Qancha soat sarfladim? Hisoblab aytchi, do‘stim. Javob: 5 soat.
IV. Yangi mavzunimustahkamlash Yangi mavzuni mustahkamlashda trenajor mashqdan foydalaniladi. Bunda faqat fazoviy jismlar orqali yurib, maymunga banan olishida yordam berish lozim bo‘ladi.
Agar maymunga to‘g‘ri yordam berilsa, u banan oldiga yetib boradi.
V.Baholash. Dars davomida faol qatnashgan barcha o‘quvchilar baholanadi va rag‘batlantiriladi. Darsning qaysi qismi yoqqanligi so‘raladi.
VI. Uygavazifa berish. 510- masala va 511- misollar sharti tushuntiriladi.
Dars ishlanma namunalari
Fan: Matematika - 4-sinf. Sana: Mavzu: Mustaqil ish
Darsning maqsadi: Ta’limiy:o‘quvchilarni sonni ikki ayirma bo‘yicha topishga doir masalalar yechishni mustahkamlash. Shakl yuzasini topishga doir masalalar bajarish. TK1: fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish; TK2:axborotlarni statistik ma’lumotlar ko‘rinishlarning bir turidan boshqa ko‘rinishga o‘tkaza olish; FK1: ikki ayirma bo‘yicha noma’lum sonni topishga doir masalalarni yecha olish.
Tarbiyaviy: tabiatni ne’matlaridan oqilona foydalanishga chaqirish, uni asrashga undash; TK4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash.
Rivojlantiruvchi:O‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish. FK2:o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qila olish.