Amaliy mashg‘ulot 1-modul



Yüklə 14,04 Mb.
səhifə28/61
tarix07.01.2024
ölçüsü14,04 Mb.
#203354
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   61
matmetodika

Tuzilishi:
1. Dars maqsadini qo‘yish.
2. Uy vazifasini tеkshirish va o‘rganilgan matеrialni o‘quv topshiriqlari vositasida mustahkamlash.
3. Darsni yakunlash va uy vazifasi bеrish.
4. Otilganlarni takrorlash darslari – tuzilishi mustahkamlash dars kabi, takrorlash darslarida asosan o‘rganilgan o‘quv matеriali tizimiga solinadi va umumlashtiriladi. Takrorlash darslari ko‘rinishlari: 1) oquv yili boshida va kundalik takrorlash; 2) mavzu boyicha takrorlash; 3) umumlashtiruvchi takrorlash.
5. Bilimlar malakalari va ko‘ nikmalarni kshirish va hisobga olish darslari
Tuzilish:
1. Dars maqsadini aytish.
2. Nazorat ishining mazmuni bilan tanishtirish.
3. Ishni bajarishga oid qisqacha yo‘l-yo‘riq bеrish.
4. O‘quvchilarning ishlarni mustaqil bajarishlari.
5. Ishni yig‘ib olish.


5. 3. Bir soatlik dars reja konsrektini tayyorlash metodikasi


Dars ishlanma namunalari
Sana: Sinf 4
Mavzu: Jadvallar. Diagrammalar. Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga diagramma, jadval, grafiklar haqida ma’lumot berish, hisoblarni, malumotlarni diagramma, jadval, grafik ko‘rinishda ifodalashning ahamiyatini tushuntirib berish. TK1: fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish; TK2: axborotlarni statistik
ma’lumotlar ko‘rinishlarning bir turidan boshqa ko‘rinishga o‘tkaza olish; FK1: o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar keltira olish.
Tarbiyaviy: bolalarni qiziqishlari haqida qisqa savol-javob tashkil qilish orqali bo‘sh vaqtni unumli o‘tkazish haqida tarbiyaviy suhbat tashkil etish. TK4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob- axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash.
Rivojlantiruvchi: matematik hisoblashlarni bajarish orqali o‘quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish. FK2: o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qila olish
Darsning borishi
I. Tashkiliy qism.
Dars davomida rioya qilinishi lozim bo‘lgan qoidalar belgilanadi. Darsning shiori e’lon qilinadi.
Dars shiori: “Har bir daqiqani besamar o‘tkazma!”
II. Otilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘tilgan mavzuni mustahkamlashda mavzuga oid misollar beriladi.
O‘quvchilardan 3 tasi chiqib bir vaqtda misollarni yechadilar. O‘qituvchi rahbarligida qolgan o‘quvchilar ularning bajargan ishlarini kuzatadilar.
III. Yangi mavzuning bayoni.
“Rolli o‘yin”. O‘quvchilar bilan ularning qiziqishlari haqida suhbat tashkil qilinadi. Bunda qiziqishlar turlari aniqlanadi.
506-misolni bajarishda ekrandan foydalaniladi:
Bo‘ri: 4-sinf o‘quvchilari nimalarga qiziqishini bilasanmi? Quyon: ular sport, musiqa, rasm, teatr, raqs, o‘qishga qiziqishadi. Bo‘ri: kel, quyonvoy 4-A va 4-B sinf o‘quvchilarni qiziqishlarini
solishtiramiz.
Quyon: albatta, so‘ng natijalarni jadval ko‘rinishida tasvirlaymiz va ayiqqa taqdim etamiz.
Ayiq natijalarni quyidagicha ifodaladi.

Nima uchun Ayiq diagrammadan foydalanishga qaror qildi? Jadvalda o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlarni yig‘ish mumkin. Diagramma jadval asosida tuziladi. Diagrammada ma’lumotlarni
solishtirish qulay bo‘ladi. Grafik ham diagramma kabi ma’lumotlarni
yaqqol ko‘rsatib beradi.
Diagrammani ko‘rib chiqib va savollarga javob beradilar.
Qaysi sinf o‘quvchilari teatrga ko‘proq qiziqadi? Sportga-chi?
O‘qishga-chi? Raqsga-chi?
Qaysi sinfda bitta ham o‘quvchi rasm chizishga qiziqmaydi? Har bir sinfda nechta o‘quvchi musiqaga qiziqadi?
Gazeta, jurnal, ma’lumotnoma, ensiklopediyalarda turli xildagi
ma’lumotlarni ko‘rgazmali namoyish etish uchun jadvallar, diagrammalar, grafiklardan foydalaniladi.
O‘quvchilar jadva va diagrammani tahlil qilishadi. 6 guruhga bo‘linishadi. 4-A va 4-B sinflaridagi farqlar jadval va diagramma sosida aniqlanadi. Masalan:
1-guruh. Sportga 4-A dan 15 ta, 4-B dan 10 ta o‘quvchi qiziqadi. Demak 4-A da 4-B ga qaraganda 5 ta ko‘p o‘quvchi qiziqadi.
507-masala bajariladi. Doskaga sonli nur ko‘rinishida masalaning tasviri chiziladi. Tushgacha - 3 soatda 42 km.
Tushdankeyin - 2 soatda 2 km ko‘p. Hammasi - ? km.
Yechish:1) 42÷3=14 (km/soat)
1)14+2=16 (km/soat)
2)16×2=32 km
3)32+42=74 km
Javob: velosipedchi hammasi bo‘lib 74 soat yo‘l yurgan.
508-misol.
13 048: 4 2-756-2 875 46 949: 7
Zinama-zina” metodi orqali misollar yechiladi.
Amallar ketma-ketligini to‘g‘ri bajarsangiz, piramida hosil bo‘ladi.


2893


5768-2875=2893


6524-756=5768
3262×2=6524
13048÷4=3262


509-misol. Mantiqiy topshiriq.
1)C burchakni o‘z ichiga olgan hamma shakllarni yozing.


2) BCD va BKD uchburchaklar uchun umumiy bo‘lgan tomonni yozing.
JAVOB: BD tomoni BCD va BKD uchburchaklar uchun umumiy tomondir.

Yüklə 14,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin